|
-rasm. Energetika sistemasining bir qismi: EUL-elektr uzatish liniyasi, KL-kabel liniyasi, MP-st-markaziy podstansiya
|
bet | 3/6 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #156547 |
Bog'liq Montaj jura 1112-rasm. Energetika sistemasining bir qismi: EUL-elektr uzatish liniyasi, KL-kabel liniyasi, MP-st-markaziy podstansiya.
SHuning uchun katta quvvatlarni uzoq masofaga uzatishda o‘ta yuqori kuchlanishlardan (masalan: 110 kV, 220 kV, 500 kV, 750 kV va xokazo) foydalaniladi. Bunday liniyalarda quvvat isrofi ancha kamayadi, energiya uzatish liniyasining FIK katta bo‘ladi. SHuning uchun ham har bir elektr stansiyada kuchlanishni bir necha o‘n marta oshirib beradigan kuch transformatorlari o‘rnatiladi. 2-rasmdagi sxemada ko‘rsatilgan T-1, T-2, T-5, T-6 transformatorlari kuchlanishni oshirib beradigan transformatorlardir.
Uzatiladigan quvvat qancha katta va masofa qancha uzoq bo‘lsa, elektr uzatuvchi liniya kuchlanishi shuncha katta bo‘ladi. Umuman, ma’lum miqdordagi elektr quvvatini uzoq masofaga uzatishda liniya kuchlanishining qiymati texnika-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqish yo‘li bilan aniqlanadi.
Masalan, O‘zbekiston energetika sistemasida Farhod GESi bilan Toshkent va CHirchiq shaharlaridagi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarini birlashtiruvchi liniyalar orqali elektr energiyasi 110 kV kuchlanishda uzatilmoqda.
SHahar va qishloqlarda joylashgan sanoat va qishloq xo‘jalik korxonalari orasida ham elektr energiyasi yuqori kuchlanishda (masalan, 6 kV, 10 kV va 35 kV) havo liniyalari yoki kabellar yordamida uzatiladi. Sanoat markazlarida uzel podstansiyalari quriladi. Bu podstansiyalarda kuchlanishni pasaytiruvchi kuch transformatorlari o‘rnatiladi. Bundan tashqari, sanoat korxonalari podstansiyalarida ham kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar o‘rnatiladi. Bunday podstansiyalarda kuchlanishni 6,10 va 35 kV dan 660 V yoki 400dan230 V gacha bo‘lgan pasaytiruvchi transformatorlar o‘rnatiladi. 2-rasmda ko‘rsatilgan T-4, T-23, T-7 transformatorlari markaziy uzel podstansiyalarida; T-8, T-9…T-12 transformatorlari esa korxona podstansiyalarida o‘rnatilgan kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlardir.
SHunday qilib, elektr energiyasi stansiyalaridan iste’molchilarga etib kelguncha uning kuchlanishi transformatorlar yordamida bir necha marta o‘zgartirilar ekan. Energetika sistemalarida va elektr tarmoqlarida o‘rnatiladigan, kuchlanishni oshirib yoki pasaytirib beradigan katta tokli transformatorlar deyiladi. Katta tokli transformatorlarning quvvati 50 kVA dan 1000000 kVA gacha (standart shkala bo‘yicha) bo‘lishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
-rasm. Energetika sistemasining bir qismi: EUL-elektr uzatish liniyasi, KL-kabel liniyasi, MP-st-markaziy podstansiya
|