|
Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlari
|
bet | 5/6 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #156547 |
Bog'liq Montaj jura 111Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlari.
Oldingi paragrafda uch fazali transformator chulg‘amlarining ulanish usullari (sxemalari) bilan tanishgan edik. Endi ularning ulanish guruxlari bilan tanishib chiqamiz. Bir fazali transformatorning turli ish sharoitlari (masalan, salt ishlashi va yuklama bilan ishlashi) uchun qurilgan vektor diagrammalarda transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarida hosil bo‘ladigan E{va E2, EYUK lar vektorlarining yo‘nalishi bir xil deb olingan edi. Xaqiqatda esa ular yo bir tomonga yoki qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Ularning qanday yo‘nalganligi transformator chulg‘amlarining ulanish guruxlari bilan aniqlanadi.
Bir va uch fazali transformator chulg‘amlarining ulanish guruxi yoki E^va Egvektorlarning bir-biriga nisbatan qanday yo‘nalganligi birinchidan, birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarni o‘rash yo‘nalishiga; ikkinchidan, chulg‘amlarning bosh va oxirgi uchlarini (qismalarini) qanday belgilashga bog‘liqdir.
A-rasm
Oldin bir fazali transformator chulg‘amlarining ulanish guruxini aniqlaymiz. Agar bir transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlari sterjenlarga bir xil yo‘nalishda o‘ralsa va ularning bosh va oxirgi uchlari bir xilda ifodalansa (20-rasm, a), EYUK lar E{va E2ning vektorlari bir tomonga yo‘nalgan bo‘ladi, ya’ni ular orasida siljish burchagi nolga teng. Agar transformatorning ikkilamchi chulg‘ami uning birlamchi chulg‘amiga nisbatan teskari tomonga o‘ralsa yoki ikkilamchi chulg‘am uchlari teskari ifodalansa (masalan, bosh uchi «x» bilan; oxirgi uchi «a» bilan), E va E2vektorlar qarama-qarshi yo‘naladi, ya’ni vektorlar orasida siljish burchagi 180° bo‘ladi (A-rasm, b).
CHulg‘amlarning ulanish guruhi birlamchi va ikkilamchi chulg‘am EYUK larining vektorlari orasidagi siljish burchagiga qarab aniqlanadi. Odatda, chulg‘amlarning ulanish guruxini aniqlashda soat siferblatidagi raqamlardan foydalaniladi. Soat siferblatidagi raqamlar orasidagi burchak 30° ga teng. Ulanish guruxlari ham 30° ga bo‘linadigan graduslarda (masalan, 60°, 150°, 210°, 270° va hokazo) aniqlanadi. Ulanish guruxini aniqlashda birlamchi chulg‘am EYUK ning vektori soatning katta, ya’ni minut mili bilan belgilanadi. Soatda minut mili doim 12 raqamida turadi deb qabul qilinadi. Ikkilamchi chulg‘am EYUK ning vektori soatning kichik, ya’ni soat mili bilan belgilanadi va chulg‘amlarning ulanish guruxlariga qarab bu strelka 1 dan 12 gacha bo‘lgan turli raqamlarni ko‘rsatishi mumkin. SHunday qilib, soat kichik milining uning minut miliga nisbatan holati ikkilamchi chulg‘am EYUK vektorining birlamchi chulg‘am EYUK vektoriga nisbatan holatini aniqlaydi.
Bir fazali transformatorda chulg‘amlarning ulanish guruxi ikki xil bo‘ladi. Masalan, 20-rasm, a da birlamchi chulg‘am EYUK ning vektori 12 raqamini ko‘rsatsa, ikkinchi chulg‘am EYUK ning vektori ham 12 ni ko‘rsatadi. Bu holda transformatorning ulanish guruhi 12 yoki 0 gruppa bo‘ladi. Bu shartli ravishda 1/1-12 yoki 1/1—0 bilan belgilanadi.
1-rasm. Uch fazali transformatorning ulanish guruxlari
1-rasm, b da ikkilamchi chulg‘am birlamchi chulg‘amga nisbatan teskari o‘ralgan, bunda EYUK lar orasidagi siljish burchagi 180° bo‘ladi. Bu holda Exvektori 12 raqamini ko‘rsatsa, E2vektori 6 ni ko‘rsatadi. Bunda transformator chulg‘amlarining ulanish guruhi 6 bo‘ladi va shartli belgi 1/1—6 bilan ko‘rsatiladi. SHunday qilib, bir fazali transformatorlarda ikkita ulanish guruxi 12 yoki 0 va 6-guruxlar bo‘lar ekan. Agar shu rasmdagi transformator ikkilamchi chulg‘amining bosh va oxirgi uchlari teskari ifodalansa, chulg‘amlarning ulanish guruxi yana 12-gurux bo‘ladi.
Uch fazali transformatorlarda chulg‘amlarning ulanish guruxi, yuqorida keltirilgan ikki shartdan tashqari, chulg‘amlarning ulanish sxemalariga ham bog‘liq bo‘ladi. Uch fazali transformatorlarda ulanish guruxlari 12 xil, ya’ni 1 dan 12 gacha (yoki 30° dan 360° gacha) bo‘lishi mumkin. Uch fazali transformatorlarda chulg‘amlarning ulanish guruhlari birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarga tegishli bir xil liniyaviy kuchlanishlari vektorlarining o‘zaro siljish burchagini ifodalaydi.
Uch fazali transformatorning chulg‘amlari «yulduz-yulduz» usulida ulanganda chulg‘amlarning ulanish guruxini aniqlaymiz. Buning uchun birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar faza kuchlanishlarining vektorlar diagrammasini chizamiz (1-rasm, a). Bu diagrammalardan birlamchi va ikkilamchi liniya kuchlanishlarini, masalan, UAVva Uavvektorlarni aniqlaymiz. Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning ulanish sxemalari bir xil bo‘lsa, faza va liniya kuchlanishlarining vektor diagrammalari bir-biriga o‘xshash bo‘ladi, ular faqat kuchlanishlarning qiymatlari bilan farq qiladi. 1-rasm, a da, masalan, UAV va Uav liniya kuchlanishlari bir xil yo‘nalishga ega. Xuddi shuningdek, Uvs va Uvs hamda USAva Usaliniya kuchlanishlari ham bir xil yo‘nalgan bo‘ladi. Bu holda transformator chulg‘amlarining ulanish guruxi 12 yoki 0 bo‘ladi. Bu U/U—12 yoki U/U—O shartli belgi bilan ko‘rsatiladi. Demak, shartli belgida transformator chulg‘amlarining ulanish usullari va guruxlari ko‘rsatilar ekan.
Agar transformatorning ikkilamchi chulg‘amiga tegishli qismlarni boshqacha ifodalasak, ya’ni a,v,s klemmalari chulg‘amning oxirgi uchlari va x, u, Iklemmalarni chulg‘amning bosh uchlari deb olsak hamda chulg‘amlarni yulduz usulida ulasak, ikkilamchi chulg‘am faza va liniya kuchlanishlarining vektorlari dastlabki vaziyatga nisbati 180° ga siljiydi (1-rasm, b). Bunda birlamchi va ikkilamchi chulg‘am liniya kuchlanishlarining vektorlari qarama-qarshi tomonga yo‘naladi. Bu holda transformator chulg‘amlarining ulanish guruxi 6 bo‘ladi va U/U—6 shartli belgi bilan ko‘rsatiladi.
Transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarining uchlarini to‘g‘ri aniqlash, ularni to‘g‘ri ulash hamda ulanish guruxini to‘g‘ri aniqlash muhim axamiyatga egadir.
2-rasm.
Endi uch fazali transformatorning birlamchi chulg‘ami yulduz usulida va ikkilamchi chulg‘ami uchburchak usulida ulanganda chulg‘amlarning ulanish guruhini aniqlaymiz. Buning uchun birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar faza va liniya kuchlanishlarining vektor diagrammasini quramiz (1-rasm, v). CHulg‘amlar yulduz usulida ulanganda liniya va faza kuchlanishlari orasidagi munosabat va uchburchak usulida ulanganda bo‘lishini esga olamiz. 3-rasm, v da chizilgan vektor diagrammada UAVva Uav kuchlanishlar bir-biridan 330° siljiganligini ko‘ramiz. Agar kuchlanish UAV ning vektori (soatning minut mili) 12 ni ko‘rsatsa, ikkilamchi chulg‘amning Uav kuchlanish vektori (soatning soat mili) 11 ni ko‘rsatadi. Demak, transformatorning ulanish guruxi 11 bo‘ladi va bu U/ —11 shartli belgisi bilan ko‘rsatiladi. Endi shu transformatorning ikkilamchi chulg‘amlarning bosh uchi; a, v, s qismlarni esa chulg‘amlarning uchlari deb, ularni uchburchak usulida ulasak, ikkilamchi chulg‘am kuchlanishining vektori bundan oldin keltirilgan diagrammadagiga qaraganda 180° ga siljigan bo‘ladi (21-rasm, g). Bu holda kuchlanishUAVvektori 12 raqamni ko‘rsatsa, kuchlanish UAVvektori 5 raqamni ko‘rsatadi va uning shartli belgisi U/ —5 bilan ko‘rsatiladi.
Transformatorning ikkilamchi chulg‘amiga tegishli klemmalarni, ya’ni chulg‘amlarning bosh va oxirgi uchlarini turli tartibda belgilab (masalan, a, v, s o‘rnida s, a, v yoki v, s, a bilan belgilab), chulg‘amlarning turli ulanish guruhlarini olish mumkin.
Transformatorning chulg‘amlari Y/Y va usullarida ulanganda juft, ya’ni 2;4;6;8;10 va 0 ulanish guruxini olish mumkin. CHulg‘amlar Y/ va /Y usullarida ulanganda toq guruxlarni, ya’ni 1, 3, 5, 7, 9 va 11 ulanish guruxlarini olish mumkin.
Mamlakatimizda Umumittifoq standartlari asosida uch fazali transformator chulg‘amlari, asosan, Y/Y—0 va Y/ —11 ulanish sxemalarida va 0 (yoki 12) va 11 ulanish guruxlarida ishlab chiqariladi (22-rasm, IV-1 jadvalga qarang). Bu transformatorlarni parallel ulash shartlarini oson bajarilishiga imkon beradi.
|
| |