|
O‘zgarmas yoki deyarli o‘zgarmas yuklama bilan ishlaydigan iste’molchilar
|
bet | 2/3 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 26,24 Kb. | | #155036 |
Bog'liq Kuchlanish va toklar shakllarining nosinusoidalligi va nosimmetriyaligi1. O‘zgarmas yoki deyarli o‘zgarmas yuklama bilan ishlaydigan iste’molchilar. Bunday rejimda ishlaydigan qurilmalarda uzoq vaqt ishlash davomida ular qismlarining harorati ruxsat etilganidan oshmaydi. Ventilyatorlar, nasoslar, kompressor-larning elektr yuritgichlari ushbu holatda ishlaydilar.
2. Qisqa muddatda ishlaydigan qurilmalar. Bunday holatda mashina yoki apparatlarning ishlash vaqti kichik bo‘lib, ish vaqtida ular qismlarining harorati mo‘ljallangan turo‘un qizish darajasiga etmaydi. Tanaffus vaqti esa uzoq bo‘lib mashina yoki apporatlar qismlarning harorati atrof muhit haroratiga tenglashadi. Misol tariqasida bunday iste’mollarga metallarga ishlov beruvchi stanoklarining yordamchi mexanizmlarining yuritmalarini keltirish mumkin.
1. Umumsanoat kuch qurilmalari. Bu guruh iste’molchilarga kompressorlar, ventilyatorlar, nasoslar va ko‘tarma - transport qurilmalari kiradi. Bu qurilmalarning yuritgichlari o‘zgarmas yuklama bilan uzoq vaqtgacha ishlaydi va quvvatlariga qarab 0,2210 kV kuchlanishda 50 Gs chastotali elektr energiyasi bilan ta’minlanadilar. YUklamalar asosan tekis va simmetrik. Bu qurilmalarning quvvat koeffitsientlari stabil bo‘lib 0,8-0,85 oralio‘ida. Elektr ta’minotida uzilish sodir bo‘lishi kerak emas. Masalan metallurgiya zavodining nasos stansiyalaridagi elektr ta’minotidagi uzilish domna pechlarini ishdan chiqarib juda katta miqdorida zarar keltiradi. YOngin paytida nasos qurilmalarini elektr manbalaridan uzilishi qanday oqibatlarga olib kelishi haqida tushuntirilmasa ham bo‘ladi. Ayrim sexlarda ventilyator yuritgichlarida elektr ta’minotini to‘xtashi ishlayotgan kishilarni yalpi zaharlanishiga olib keladi. Bunday qurilmalar 1 chi toifali iste’molchilar turkumiga kiradi. Ular kamida ikki mustaqil ta’minlash manbalaridan elektr energiyasini olishlari kerak.
Katta quvvatli kompressorlarda, nasoslarda va ventilyatorlarda elektr yuritma sifatida reaktiv quvvat ishlab chikaruvchi sinxron mashinalar ishlatiladi.
Ko‘tarma-transport qurilmalari takroriy qisqa muddatli rejimda ishlaydilar. Bu qurilmalarda yuklamani keskin o‘zgarish hollari ko‘p uchraydi. SHuning uchun quvvat koeffitsienti katta oraliqda o‘zgaradi (0,3-0,8). Bu qurilmalar qaerda o‘rnatilganligiga qarab 1 chi yoki 2 chi toifali bo‘lishi mumkin. Ko‘tarma-transort qurilmalarida 50 Gsli o‘zgaruvchan tok yoki o‘zgarmas tok ishlatiladi. O‘zgaruvchan tok tomonidan yuklama uchta faza uchun simmetrik bo‘ladi.
|
| |