• Loyiha hujjatlari sifatini rejalashtirish
  • Loyiha tashkilotlarida sifatni boshqarish




    Download 48.66 Kb.
    bet2/6
    Sana26.02.2024
    Hajmi48.66 Kb.
    #162649
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    mustaqil ish
    answer topic 1, 41.1, Тўлиқ олинадига nishlar tibbiyor, Тўлиқ олинадига nishlar tibbiyor xulosa va maruza, ДТ амалий кўникма 1-МАВЗУ, 2017-21 yillardaO`zbekistonni yanada rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasining yo`nalishlari mavzusiga oid glossariy, Savollar 18- asr oxirida ijod qilgan ikki iqtisodchi olimlar A.-fayllar.org
    Loyiha tashkilotlarida sifatni boshqarish loyihaning sifatiga ta’sir
    qiluvchi tashqi va ichki omillarni hisobga olish zarurligini talab qiladi. Loyihani ishlab chiqilishini moliyalashtirish shartlari, normativ hujjatlar sifati, qurilish tashkilotining texnik darajasi va resurs
    imkoniyatlari tashqi omillar qatoriga kiradi.
    Ichki omillarga ishlab chiqarish madaniyati va loyihalashning texnik
    vositalar bilan jihozlanganligi, ishchilarning malakasi va psixologik xususiyatlari va boshqalar kiradi.
    Sifat boshqaruviga tizimli yondoshuv loyihalash tashkilotlarida loyiha
    qidiruv ishlarining kompleks sifat boshqaruvi tizimini ishlab chiqishni yoki Sifat to‘g‘risidagi nizomni qo‘llashni joriy qilishni talab qiladi.
    Ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistikaqo‘mitasining
    "Qurilishda sertifikatlash tizimi", xalqaro standartlar
    ISO 8402, ISO 9000 va boshqalar asosida ishlab chiqilishi kerak bo‘ladi.
    Ushbu tizim loyihalash tashkilotida loyiha-smeta hujjatlari tuzilishi va
    tartibini, loyihalashtirish, rejalashtirish, axborot bilan ta’minlash, ishlab chiqish texnologiyasi, loyihalash sifatini monitoring
    qilish va baholash, ishlab chiqarish sifatini yaxshilash uchun
    ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishni belgilovchi korxona
    standartlarini qo‘llashni ko‘zda tutadi.
    Loyiha ishlarining sifatini boshqarish jarayoni tashkilotni boshqarish
    funksiyalari yopiq siklining har bir boshqaruv darajasida (direksiya, bo‘limlar, loyihalash guruhlari) va rejalashtirish,ta’minlash,
    tashkil etish, koordinatsiya qilish, rag‘batlantirish, buxgalteriya
    hisobi, nazorat, tahlil va baholash, tartibga solish, hisobot berish
    ishlarida amalga oshirilishi kerak.


    Loyiha hujjatlari sifatini rejalashtirish loyiha sifatining etalon (tayanch) ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va sifat darajasini
    belgilashni o‘z ichiga oladi.
    Loyiha ishlarining ta’minlanishi loyiha-smeta hujjatlarini yaratish
    jarayonida barcha ishtirokchilar tomonidan zarur bo‘lgan resurslarni, shu jumladan ma’lumotni (normativ, texnik, iqtisodiy) olishlari
    uchun shartsharoitlarni yaratishga mo‘ljallangan.
    Loyiha ishlarining sifat boshqarishini tashkil etish ushbu ish bilan
    shug‘ullanidan tegishli tuzilmani shakllantirishga va loyihalash hujjatlari sifati darajasini aniqlash bo‘yicha ishlarning
    tartibini va tarkibini belgilash maqsadiga qaratilgan.
    Loyiha sifatini boshqarish bo‘yicha ishlarni koordinatsiya qilish boshqaruv jarayoniga jalb qilingan va loyiha sifati darajasini
    oshirishdan manfaatdor bo‘lgan shaxslarning harakatlarini
    muvofiqlashtirish uchun amalga oshiriladi.
    Loyiha ishlarining sifatini hisobga olish loyihani amalga oshirayotgan
    mutaxassislar va tashkilotlarning bildirgan mulohazalariga munosabatni va sifati pastligi sababli loyihadagi o‘zgarishlarni
    hisobga olish kelajakda bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik
    va loyihachilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil qilishni nazarda tutadi.



    Download 48.66 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 48.66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Loyiha tashkilotlarida sifatni boshqarish

    Download 48.66 Kb.