Mavzu: maktab psixologining o’zlashtira olmayotgan bolalar bilan faoliyati reja: kirish I bob. Maktab psixologining o'zlashtira olmayotgan bolalar bilan ıshlash




Download 80,8 Kb.
bet13/14
Sana29.11.2023
Hajmi80,8 Kb.
#107944
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Maktab psixologining o’zlashtira olmayotgan bolalar bilan faoliyati

XULOSA


O’zlashtirmaslikni vujudga keltiruvchi omillar, o’zlashtirmovchi o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini o’rganish ta’lim jarayonida o’quvchi o’zlashtirmasligining oldini olishga yo’naltirilgan chora – tadbirlar tizimini ishlab chiqish imkonini beradi. O’zlashtirmaslikning oldini olish bo’yicha tadbirlar tizimi har bir o’quvchi real o’quv imkoniyatlarining barcha asosiy tarkibiy qismlarini kompleks rivojlantirishga, ya’ni shaxsning intellektual, irodaviy, hissiy sohalarini bir vaqtda rivojlantirishga, uning ta’lim va tarbiyasini ta’minlash, o’qishga va jamoaga ijobiy munosabatini rivojlantirish, uning ishga qobiliyatini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. O’quvchi real o’quv imkoniyatlaridan birining shakllanishi muhimligini yetarlicha baholamaslik, bu tizimning yaxlitligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada o’zlashtirmaslikning muvafaqqiyatli oldini olishga olib kelmaydi.
Bunday kompleks yondashuv maktabda, sinfda, guruhiy va tarbiyaviy tadbirlar birgalikda olib borilgandagina amalga oshirilishi mumkin.
O’tkazilgan nazariy va eksperimental tadqiqotlar asosida quyidagi xulosaga
keldik:

  1. O’zlashtirmovchi o’quvchiga qo’yiladigan baho uning shaxsi

shakllanishiga ta’sir qiladi.

  1. Bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchining kichik muvaffaqqiyatini ham hammaning oldida maqtash, ozgina yuqori baholash, uni yangi muvaffaqqiyatlarga undaydi.

  2. Ko’pchilik o’qituvchilar o’zlashtirmaslikning vujudga kelishida ko’proq ota – ona aybdor deb o’ylashadi. Demak ota – onaning farzandlari bilan uyda shug’ullanmasliklari, nazorat qilmasliklari, o’tilgan mavzularning uy vazifalarida mustahkamlanmasligi o’zlashtirmovchilikni keltirib chiqaruvchi yetarli omildir.

  3. Boshlang’ich sinflarda o’zlashtirmaslikning vujudga kelishi bolaning psixik jarayonlarining yetarlicha rivojlanmaganligi bilan bog’liq.

  4. O’zlashtirmovchi o’quvchilar narsa va hodisalar orasidagi muhim belgini ajratish, predmetlarni , bir umumiy guruhga umumlashtirishga qiynalishadi.




  1. O’zlashtirmovchi o’quvchilarda diqqat, xotira, tafakkur qiyin rivojlangan bo’lib, bunday o’quvchilar individual shug’ullanishga ehtiyoj sezadilar.

  2. O’zlashtirmaslikni keltirib chiqaruvchi omillardan yana biri bolaning maktabda o’qishga psixologik jihatdan tayyor bo’lmay kelishidir.

  3. O’zlashtirmovchi o’quvchilarda ijobiy o’quv motivatsiyasi shakllanmagan. Ma’lumki, psixologik jixatdan tayyorgarlikning asosiy tarkibiy qismi motivatsion tayyorgarlikdir.

  4. Maxsus tashkil etilgan mashg’ulotlarda bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni bilim jarayonlarini rivojlantirish orqali o’zlashtirmaslikni bartaraf etish mumkin.

  5. O’zlashtirmovchilikni bartaraf etishda o’quvchi, psixolog va ota – onalar hamkorlikda ish olib borishlari muhim omil hisoblanadi.




Download 80,8 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 80,8 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: maktab psixologining o’zlashtira olmayotgan bolalar bilan faoliyati reja: kirish I bob. Maktab psixologining o'zlashtira olmayotgan bolalar bilan ıshlash

Download 80,8 Kb.