Mavzu: 7. Ma’lumotlar ustida analiz va statistika amallarini bajarishda MS Excel dasturining tadbiqi.
Reja:
Ma’lumotlar bazalari bilan ishlash va ma’lumotlarni saralash.
MS Excel dasturida ma’lumotlarni filtrlash.
Microsot Excelda diagramma, grafik turlari va xususiyatlari
Ma'lumotlar bazalari bilan ishlash va ma'lumotlarni saralash
MS Excel yordamida ma'lumotlar bazalarini yaratish va qayta ishlash mumkin. MS Excel da Ma'lumotlar bazasi - bir turdagi yozuvlar (satrlar) dan iborat jadval. Jadval ustunlari ma'lumotlar bazasida maydon yozuvlari hisoblanadi. Maydonlar nomlari uchun ma'lumotlar bazasining birinchi satri ajratiladi. Masalan, agar telefon spravochnigi ma'lumotlar bazasi deb hisoblansa, abonentlar familiyalari, telefon raqamlari va manzillari yozuv maydonlari bo‘ladi.
Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash uchun avval tegishli jadvalni yaratish lozim. Agar jadvalda katak belgilansa va
Данные menyusida ma'lumotlar bazalarini qayta ishlash
buyruglaridan biri tanlansa, MS Excel avtomatik ravishda butun jadvalni aniqlaydi va qayta ishlaydi. Ish varag‘ining ustunlari va satrlarida joylashgan yozuvlar shakllantiradigan maydonlar to‘plami sifatida qayta ishlanadi
Saralash jadvaldagi satrlarni istalgan maydon bo‘yicha qayta tartibga solish imkonini beradi. Masalan, maxsulot narxi bo‘yicha ma'lumotlarni saralash kerak bo‘lsin. Buning uchun jadvalning
bir katagini belgilash va Данные menyusining
Сортировка buyrug‘ni tanlash lozim.
Сортировать по ro‘yxat maydonida ma'lumotlar saralanadigan maydon va saralash turi tanlanadi:
по возрастанию - raqamlar ortib borishi bo‘yicha
saralanadi, matn - alifbo tartibida,
mantiqiy ifodalar - ИСТИНА dan oldin
ЛОЖЬ keladi.
по убыванию - teskari tartibda saralash.