|
Mavzu: Ma’lumotlar ustida analiz va statistika amallarini bajarishda ms excel dasturining tadbiqi. Reja
|
bet | 7/9 | Sana | 31.07.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #268968 |
Bog'liq Ma\'ruza 71. Guruhli gistogramma – ma’lumotdagi qiymatlarni oson taqqoslash uchun ularni yonma-yon joylashtirgan holda ko‘rsatadi. Masalan, 30 metrga yugurish(s) bo‘yicha o‘lchash natijalarini har bir sportchi bo‘yicha alohida haftalar bo‘yicha taqqoslashimiz mumkin.
2. Yigʻilgan chiziqli diagrammasi- ma’lumotlarni yonma-yon emas, balki bitta ustunga joylashtiradi. Bu nafaqat alohida ma’lumotlar seriyasini, balki butun ko‘rsatkichni ham solishtirish imkonini beradi. Masalan sportchilarni 30 metrga yugurish(s) bo‘yicha o‘lchash natijalarini haftalar bo‘yicha taqqoslashimiz mumkin.
3. Me’yorlashtirilgan gistogramma - yigʻilgan chiziqli diagrammasiga o‘xshash, ammo bu yerda qiymatlar normallashtiriladi, ya’ni foizlarga aylantiriladi. Umumiy ball har doim 100% ni tashkil qiladi. Bu har bir qatorning (bizning holimizda, sportchilarning natijalarini) umumiy natijadagi ulushini baholashni osonlashtiradi.- yigʻilgan chiziqli diagrammasiga o‘xshash, ammo bu yerda qiymatlar normallashtiriladi, ya’ni foizlarga aylantiriladi. Umumiy ball har doim 100% ni tashkil qiladi. Bu har bir qatorning (bizning holimizda, sportchilarning natijalarini) umumiy natijadagi ulushini baholashni osonlashtiradi.
4. Guruhlash bilan uch fazoli gistogramma- guruhli gistogrammada bo‘lgani kabi, faqat hajmning ta’siri qo‘shiladi. Biroq, grafik hali ham ikki o‘lchovli bo‘lib qolmoqda, shunchaki vizual effekt qo‘shiladi. Xuddi shu variantlar to‘plangan gistogramma va normallashtirilgan uchun mavjud.
Microsot Excel dasturida grafiklar
Grafiklar doimiy jarayonlarni yoki kunlik, haftalik, oylik, bosqichli o‘zgarishi jarayonlarni ko‘rsatish uchun eng mos keladi. Grafiklar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Grafik-ketma-ketlikning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishini ko‘rsatadi. Eng oddiy ko‘rinish holati.
|
| |