|
Добавить -ma'lumotlar bazasining yangi yozuvi uchun maydonlarni tozalaydi. Agar Добавить
|
bet | 3/9 | Sana | 31.07.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #268968 |
Bog'liq Ma\'ruza 7Добавить -ma'lumotlar bazasining yangi yozuvi uchun maydonlarni tozalaydi. Agar Добавить tugmasi takroran bosilsa, kiritilgan ma'lumotlar yangi yozuv sifatida ma'lumotlar bazasi oxiriga qo‘shib qo‘yiladi.
Удалить - chiqarilgan yozuvni o‘chiradi, ma'lumotlar bazasining qolgan yozuvlari suriladi. O‘chirilgan yozuvlar tiklanmaydi.
Вернуть - chiqarilgan yozuvda tahrir qilingan maydonlarni tiklaydi, kiritilgan o‘zgartirishlarni o‘chirgan holda. Yozuvni tiklash uchun buni Enter tugmasini bosishdan avval yoki boshqa yozuvga o‘tishdan avval bajarish lozim.
Назад - ro‘yxatdagi oldingi yozuvni chiqaradi. Agar Критерии tugmasi yordamida mezon belgilangan bo‘lsa, u holda Назад tugmasi berilgan mezonni qoniqtiradigan yozuvlar ichidan oldingisini chiqaradi.
Далее - ma'lumotlar bazasining keyingi yozuvini chiqaradi.
Критерии - kerakli ko‘p sonli yozuvlarni qidirish uchun solishtirish mezonlari bilan solishtirish operatorlarini kiritishdan avval maydonlarni tozalaydi.
Правка - mezonlarni kiritish rejimidan chiqish uchun xizmat qiladi. Faqat
Критерии tugmasini bosgandan so‘ng bajarish mumkin.
Очистить - muloqot oynasidan mavjud mezonni o‘chiradi. Faqat
Критерии tugmasini bosgandan so‘ng amal qiladi
Закрыть - ma'lumotlar formasini yopadi.
Ma'lumotlar bazasiga yozuv qo‘shish uchun quyidagilar zarur:
yozuv qo‘shish lozim bo‘lgan jadvaldagi katakni belgilash;
Данные menyusida Форма buyrug‘ini tanlash;
Добавить tugmasini bosish;
yangi yozuv maydonlarini to‘ldirish;
keyingi maydonga o‘tish uchun Tab tugmasini bosish;
ma'lumotlarni kiritgandan so‘ng yozuv qo‘shish uchun Enter tugmasini bosish;
barcha zarur yozuvlar qo‘shib bo‘linganidan so‘ng Закрыть tugmasini bosish. Yangi yozuvlar ma'lumotlar bazasining oxiriga qo‘shib qo‘yiladi.
|
| |