• Ma’lumotlarni himoyalash
  • Ma’lumot egasining huquqlari
  • Mavzu: Ma’lumotlarni himoyalash




    Download 18,03 Kb.
    Sana18.09.2024
    Hajmi18,03 Kb.
    #271511
    Bog'liq
    Mavzu27


    Mavzu: Ma’lumotlarni himoyalash
    Har qanday tashkilot insonning Muqaddas Kitob prinsiplariga asoslangan shaxsiy huquqlarini hurmat qiladi. Tashkilot ochiq va rostgo‘y muloqot bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Chunki shunday muloqot paytida shaxsiy ma’lumotlar yig‘ilishi mumkin. Buni olg‘a surilishiga va tashkilotning diniy faoliyati jamiyatga foyda keltirishiga hissa qo‘shadi. Shuning uchun, maxfiylikni saqlash va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash zarurati paydo bo‘lyapti. Maxfiylikni saqlash o‘ta muhimdir.
    Turli mamlakatlarda shaxsiy hayotning daxlsizligini ta’minlash va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qonun tarafidan talab qilinadi. Qonun hali buni talab qilmasidan avval, O’zbekistondai bunga amal qilgan va ma’lumotlarni himoya qilishda kerakli choralarni ko‘rishni davom ettiradi.
    Mazkur siyosat tashkilot ichida amal qilinadi va bu barcha mamlakatlardagi filiallarga ham tegishli.
    Ma’lumotlarni himoyalash
    Tashkilotlar quyidagi prinsiplarga amal qilgan holda shaxsiy ma’lumotlarni saqlaydi:

    1. Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘ri va qonuniy tarzda qayta ishlanadi.

    2. Tashkilotning diniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va jamiyat foydasi uchun zarur bo‘lgandagina shaxsiy ma’lumotlar yig‘ilishi, qayta ishlanishi va ishlatilishi mumkin.

    3. Shaxsiy ma’lumotlar rost va zarur bo‘lganida yangilanadi. Agar tashkilot taqdim etilgan ma’lumotda biron xato borligini bilsa, uni yaqin orada tuzatadi.

    4. Shaxsiy ma’lumotlar tashkilotning qonuniy maqsadlari uchun kerak bo‘lguniga qadar saqlanadi.

    5. Ma’lumot kimga tegishli bo‘lsa, ularning huquqlari hurmat qilinadi.

    6. Ma’lumotlarni ruxsat etilmagan yoki noqonuniy tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun texnik va tashkiliy choralar ko‘rilgan. Shaxsiy elektron ma’lumotlarga faqat parol bilan himoyalangan kompyuterlar orqali kirish mumkin. Ular ish vaqtidan tashqarida yopiladigan va boshqalar kira olmaydigan ofislarda joylashgan.

    7. Shaxsiy ma’lumotlar boshqa filiallarga berilmaydi. Faqatgina jamiyat foydasi uchun tashkilotning diniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kerak bo‘lgan vaziyatlar bundan istisno. Shu bilan birga Yahovaning Shohidlari o‘z xohishlariga binoan bu tashkilot a’zosi bo‘lgani inobatga olinadi.

    Ma’lumot egasining huquqlari

    1. Yahova Shohidlarining maxfiylik siyosatiga ko‘ra, shaxsiy ma’lumot egasi ma’lumotlarni himoyalash, o‘zgartirish va o‘chirish huquqiga ega.

    2. Ushbu bo‘limda keltirilgan ma’lumotga kirmoqchi bo‘lgan kishi to‘la ravishda o‘z shaxsini tasdiqlashi kerak.

    3. Agar kimdir o‘z shaxsiy ma’lumotlariga kirishni yoki o‘zi haqidagi qandaydir ma’lumotni o‘zgartirish yo o‘chirishni so‘rasa, tashkilot uning so‘rovini ko‘rib chiqadi. Tashkilot bunda o‘z manfaatlarini va uning qonuniy huquqlarini e’tiborga oladi. Shunda shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularni o‘zgartirish yoki o‘chirib tashlash tufayli tashkilotdagi tinchlik buzilmaydi va boshqa biron-bir zarar yetkazilmaydi.

    4. Tashkilot shaxsiy ma’lumotlarini saqlaydi. Bunday ma’lumotni o‘chirib tashlash tashkilotning faoliyatiga va e’tiqodlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

    Download 18,03 Kb.




    Download 18,03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ma’lumotlarni himoyalash

    Download 18,03 Kb.