• Mustaqil ish - 1
  • Mavzu: Ma’lumotni saqlash uchun taqsimlangan reestr texnologiyasining iqtisodiy asoslari (blockcheyn) Bajardi: ek – 91 guruh talabasi Akbarova Sevara




    Download 12,16 Kb.
    Sana15.02.2024
    Hajmi12,16 Kb.
    #157122
    Bog'liq
    Mavzu Ma’lumotni saqlash uchun taqsimlangan reestr texnologiyas-fayllar.org


    Mavzu: Ma’lumotni saqlash uchun taqsimlangan reestr texnologiyasining iqtisodiy asoslari (blockcheyn) Bajardi: ek – 91 guruh talabasi Akbarova Sevara


    Mavzu: Ma’lumotni saqlash uchun taqsimlangan reestr texnologiyasining iqtisodiy asoslari (blockcheyn)
    Bajardi: EK – 91 guruh talabasi Akbarova Sevara
    Tekshirdi: Qulmatova Sayyora


    Mustaqil ish - 1

    Ma’lumotni saqlash uchun taqsimlangan reestr texnologiyasining iqtisodiy asoslari (blockcheyn)
    Reja:
    1. Blockcheyn o’zi nima?


    2. Blockcheynning kelib chiqish tarixi


    3. Blockcheynning hozirgi kundagi o’rni


    Jamiyatimizning ijtimoiy munosabatlarining barcha sohalarini axborotlashtirish dolzarbdir. Har bir jamiyat va davlatning rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalarning ahamiyatini oshirmog‘imiz, uning jamiyatimizning barcha jabhalariga kirib borishini ta’minlashimiz darkor. Barcha ma’lumotlarni saqlashning eng qulay usuli – bu uni taqsimlab qayd etishdir. Taqsimlangan ma’lumotlarning reyestri sifatida, bugungi kunda blokcheyn texnologiyasi namoyon bo‘lishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, blokcheyn tushunchasiga, uning kelib chiqish doirasiga aniqlik kiritadigan bo‘lsak, ushbu tushuncha borasida, bir qator ta’riflar mavjud bo‘lib, ularga birma bir to‘xtalib o‘tsak. Avvalombor, “blokcheyn” so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, “bloklar zanjiri” ma’nosini anglatadi. Boshqa bir adabiyotda keltirilgan ta’rifga asosan, “Blokcheyn – bu markazlashtirilmagan ma’lumotlar bazasi bo‘lib, u o‘zida undan ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilar ma’lumotlari (o‘tkazmalari) haqida ma’lumotlarni alohida “zanjir” shaklida saqlash imkonini beradi”. Angliya bankining fikricha, “blokcheyn – bu bir-birini bilmaydigan insonlarga ishonchli tarzda va birgalikda foydalanish imkonini beradigan texnologiyadir” . Bir so‘z bilan aytganda, blokcheyn – ma’lum qoidalar asosida tuzilgan ma’lumotni o‘z ichiga olgan bloklarning doimiy ketma-ket zanjiridir. Shu o‘rinda, blokcheyn texnologiyasi bilan bog‘liq, uning faoliyatini tashkil etishdagi asosiy tushunchalarga, ya’ni mazkur texnologiyalarni ushbu tushunchalardan ayro ravishda tasavvur etishning imkoniyati mavjud emasligidan kelib chiqqan holda, aniqlik kiritib ketishimiz maqsadga muvofiqdir. Ta’kidlangani kabi, blokcheynni tizimlashtirilgan reyestrlar texnologiyasi sifatida ham atashadi, sababi bir qator mustaqil foylanuvchilar tomonidan zanjir ko‘rinishida ma’lumotlar saqlash imkoniyati mavjud. Xatto, virtual kompyuterlardan biri ishdan chiqib, xatolik yuzaga kelgan taqdirda ham tizimga kiritilgan ma’lumotlar yo‘qolmaydi, ya’ni saqlanib qolinadi. Shu bilan bir qatorda, e’tiborimizni asosiy tushunchalarga qaratadigan bo‘lsak, birinchi asosiy tushuncha – bu aktiv. Aktiv tushunchasi ostida, qardli, muhim ma’lumotlarni tushunishimiz lozim. Misol uchun, pul, mol-mulk, qimmatli qog‘ozlar, axborotlar. Aktivlar ashyoviy: uy, mashina ko‘rinishida yoki butunlay raqamlashtirilgan holda ham bo‘lishi mumkin. Keyingi asosiy tushuncha – bu tranzaksiya hisoblanadi. Aktivlarni bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazish jarayoni tranzaksiya deb ataladi. Masalan, A shaxs o‘ziga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan ashyoni B shaxsga sovg‘a qilmoqchi yoki sotmoqchi bo‘ldi. A shaxs tomonidan ushbu jarayonning amalga oshirilishi tranzaksiya deb ataladi. Tranzaksiyada fakat ashyoni berish emas balki unga bo‘lgan mutlaq mulk huquqini ham berilishi mumkin.


    Bevosita, texnologiyaning yaratilish tarixiga to‘xtaladigan bo‘lsak, blokcheyn texnologiyasi XXI asrning eng yirik kashfiyotlaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ma’lum qoidalarga muvofiq qurilgan, ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan uzluksiz ketmaket bloklar zanjirining kelib chiqish tarixi o‘tgan asrning 90 yillari boshiga borib taqalishi ko‘pchilikka ma’lum emas. Blokcheynning rivojlanishi, yildan-yilga takomillashib kelayotganligi sababli, raqamli iqtisodiyotdagi izlanishlar natijasida blokcheynga ta’sir ko‘rsatadigan bir nechta dasturlar paydo bo‘ldi. 1991 yilda AQSH olimlari Styuart Xaber va V. Skott Stornettalar o‘sha davrda ko‘pchilik insonlar blokcheyn deb nomlagan tizimni yaratishadi. Ularning ilk tadqiqotlari kriptografik jihatdan himoyalangan bloklar zanjirini yaratish ustida bo‘lgan. Mazkur tizim yordamida hujjatlarga qo‘yilgan vaqtinchalik belgilarni hech kim qalbakilashtira olmagan. 1992 yilda ular o‘z tizimini Merkle daraxtlarini o‘z ichiga olgan holda takomillashtiradilar, bu esa samaradorlikni oshirdi va bitta blokda ko‘proq hujjatlarni to‘plash imkonini berdi. Biroq, blokcheyn texnologiyasining konseptsiyasi 2008 yilda Satoshi Nakomoto tomonidan taklif qilingan bo‘lib, butun dunyoga birinchi marotaba 2009 yilda realizatsiya qilingan. Satoshi Nakamoto blokcheyn texnologiyasining asoschisi hisoblanadi. Nakamoto Bitcoin tranzaksiyalarini amalga oshirish maqsadida ushbu texnologiyani ishlab chiqqan deb taxmin qilinadi. Bitcoin esa raqamli hisob-kitob texnologiyasining birinchi ko‘rinishlaridan edi. Nakamoto mazkur texnologiyaning imkoniyatlaridan faqatgina kriptovalyutalar uchungina emas balki turli boshqa yo‘nalishdagi dasturlarda ham foydalanish mumkinligini bildirdi. Satoshi Nakamoto mazkur texnologiya bo‘yicha birinchi texnik reglamentni 2009 yilda yaratdi. Unda Nakamoto blokcheyn texnologiyasining markazlashmagan aspektini hisobga olgan holda raqamli ishonchni oshirish uchun qanchalik yaxshi jihozlangan ekanligini va bu hech kim hech narsani nazorat qila olmasligini batafsil yoritib bergan. Oddiy qilib aytganda, blokcheyn – bu xavfsiz va ko‘plab kompyuterlar bo‘ylab tranzaksiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan taqsimlangan raqamli hisob-kitoblar tizimidir. Mazkur hisob-kitoblarning mohiyati – faqat oldingi blokga tegishli boshqa blokni qo‘shish orqali yangilanadigan tizimdir. Buni Internet orqali ishlaydigan P2P (Peer-toPeer – shaxsdan shaxsga) tarmog‘i sifatida ham tasavvur qilish mumkin. Ta’kidlangani kabi, blokcheynning birinchi shakli bitkoin bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarning asosiy va umumiy reyestri sifatida namoyon bo‘lgan. Dastavval, blokcheyn texnologiyasi moliya va bank sektorlarida jadal foydalanilgan. Hozirgi kunda ushbu texnologiyaning qo‘llanish sohalari ijtimoiy munosabatlarning rivoji bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, deyarli barcha sektorlarda, xususan, transport, ta’lim, meditsina, jinoyat protsessi, davlat xizmatlari, turizm, qishloq xo‘jaligi, ko‘chmas mulk va h.k. Blokcheyn texnologilarining jamiyat hayotida qo‘llanish sohasi chegaralanmagan. Ushbu texnologiya kasallik tarixi yozuvlaridan tortib saylov jarayonlariga kabi jamiyatimizning kup tarmoqlaridagi ma’lumotlarni yozib olish, saqlash va ularni kuzatish uchun foydalanishi mumkin.
    Hozirgi kunda odamlar tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan nomoddiy axborotlarni interaktiv jarayonlarni amalga oshiruvchi internet platformasi orqali amalga oshirish jadallashgan. Ammo fuqarolar tomonidan pul bilan bog‘liq munosabatlarda, shaxslar ko‘proq bank emitentlariga murojaat qilishi barchaga ma’lum holatdir. Oddiy misol, bugungi kunda mamlakatimizda ommalashgan pul tranzaksiyalarni amalga oshirishda, “Click”, “Payme”, “Apelsin” kabi ilovalar mavjud bo‘lib, ushbu ilovalar orqali elektron pul mablag‘larini bir joydan ikkinchi joyga o‘tkazish imkoniyati mavjud. Xususan, “Apelsin” ilovasida pul mablag‘larini viza, master karta orqali boshqa davlat valyutasiga erkin konvertatsiya qilish imkoniyati yaratilgan. Bir ko‘rinishda, shaxslar tomonidan amalga oshirilayotgan elektron pul mablag‘larini o‘tkazish bevosita, shaxslar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirilayotgandek ko‘rinsa ham, ushbu vaziyatda markazlashtirilgan moliyaviy muassasalar (banklar) o‘rtada vositachi bo‘lib xizmat qiladi, ya’ni ular orqali o‘tkazmalar amalga oshiriladi. Bevosita, butun dunyoda amalga oshiriladigan pul mablag‘larining o‘tkazmalarini amalga oshiruvchi to‘lov usullaridan biri hisoblanmish – RauPulning mohiyatiga ham e’tiborimizni qaratadigan bo‘lsak, unda ham qoidaga ko‘ra, bank hisob raqami yoki kredit kartasi bilan integratsiya talab qiladi. Blokcheyn texnologiyasi esa o‘z navbatida, “ortiqcha bo‘g‘in”dan xalos bo‘lishga imkoniyat yaratadi. U an’anaviy ravishda moliyaviy xizmatlar sektori bajaradigan uch muhim rolni o‘z zimmasiga olishi mumkin: bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, shaxs haqiqiyligini tasdiqlash va shartnomalar tuzish. Bugungi kunda, banklar tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning bir qismini blokcheyn texnologiyasiga o‘tkazilishi, banklarda mijozlar bilan munosabatlarda, xizmat ko‘rsatishda muayyan muddatda uzilishiga olib kelishiga qaramasdan, moliya tashkilottda ish hajmining kamayishiga, xizmatlarning samaradorligiga imkoniyat yaratadi. Ushbu jarayon ulkan ahamiyatga ega bo‘ladi, sababi butun dunyoda moliyaviy xizmatlar bozori – bozor kapitallashuvi bo‘yicha eng katta bozordir. Bu texnologiyaning uchinchi ehtimoliy roli (shartnomalar tuzish) moliya sektoridan tashqarida ham juda foydali bo‘lib chiqishi mumkin. Blokcheynning ishlab chiqilishining asosi hisoblanmish Bitkoin kriptovalyutasining muomalaga kiritilishi bilan, blokcheyn texnologiyasi raqamli iqtisodiyotning har qanday turini, jumladan, kompyuter kodini saqlash uchun foydalanilishi mumkin bo‘ldi. Bu kod fragmentini shunday dasturlash mumkinki, u ikkala kelishuvchi tomon o‘z kalitlarini kiritgan va shu tariqa shartnoma tuzishga rozilik bildirgan holda bajariladi. Xuddi shu kod tashqi ma’lumot oqimlaridan axborot olishi va ma’lum bir shartlar bajarilganda avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan shartnomalar tuzishi mumkin. Ushbu mexanizm «aqlli shartnomalar» deb ataladi va uni qo‘llash imkoniyatlari amalda cheklanmaydi. Smartshartnomalar o‘z o‘rnida aqlli shartnomalvr sifatida nomlanib, u o‘z – o‘zidan bajariladigan shartnoma hisoblanib, uning xulosasi virtual muhitda, ya’ni blokcheynda amalga oshiriladi. Yirik banklar va ayrim davlat strukturalari «blokcheyn»dan yoki hatto taqsimlangan registrlar sifatida oddiy «blokcheyn»dan axborot saqlash va tranzaksiyalar amalga oshirish usulini keskin o‘zgartirish uchun foydalanadi. Ular maqtovga loyiq maqsadlarni ko‘zlaydi: tezlik va xavfsizlikni oshirish, qiymatni pasaytirish, xatolar sonini kamaytirish, ishdan chiqish va zaiflik markaziy nuqtalarini bartaraf qilish. Bu modellar to‘lovlarni amalga oshirish uchun kriptovalyuta qo‘llashi shart emas. Har qanday blokcheyn, bitkoindan foydalanishi yoki foydalanmasligidan qat’iy nazar, taqsimlangan hisoblanadi: u butun dunyo bo‘ylab ko‘ngillilar kompyuterlarida ishlaydi, shunday ekan, unda buzib kirish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar markaziy to‘plami yo‘q. Blokcheyn ommaviy: uni istalgan kishi istalgan payt ko‘rib chiqishi mumkin, chunki u tranzaksiyalar auditi va hisobi bilan shug‘ullanadigan bironta tashkilotda emas, tarmoqda joylashgan. Blokcheyn shifrlangan: unda virtual xavfsizlikni ta’minlash uchun ommaviy va xususiy kalitlar qo‘llanadigan kuchli shifrlash tizimi foydalaniladi. Davlat muassasasi yoki moliyaviy korporatsiyaning vijdonsiz xodimi yoki supermarketlar ulkan tarmog‘ining kuchsiz brandmauyerlari haqida qayg‘urishga hojat yo‘q. Iqtisodiy tranzaksiyalar yangi raqamli registrini insoniyat uchun muhim va qimmatli bo‘lgan istalgan axborotni: tug‘ilganlik haqida, nikoh haqida va o‘lim haqida guvohnomalar, oliy ma’lumot haqida diplomlar, moliyaviy hisobotlar, tibbiyot kartalari, sug‘urta to‘lovlari uchun murojaatlar, aylovlardagi ovozlar, mahsulotlarning kelib chiqishi – kod ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin bo‘lgan istalgan ma’lumotni saqlashga dasturlab qo‘yish mumkin.


    http://fayllar.org
    Download 12,16 Kb.




    Download 12,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Ma’lumotni saqlash uchun taqsimlangan reestr texnologiyasining iqtisodiy asoslari (blockcheyn) Bajardi: ek – 91 guruh talabasi Akbarova Sevara

    Download 12,16 Kb.