Tizimli blokda tizimli platadan tashqari diskyurituvchi
va qattiq disk
(vinchester) joylashgan.
Bu qurilmalar kompyuterda dastur, matn, rasm va boshqa
ko’rinishdagi ma’lumotlarni saqlash uchun mo’ljallangan. Nima uchun
yuqoridagi maqsadlar uchun tezkor xotira yoki doimiy xotira
qurilmalaridan foydalanish mumkin emas? degan savol tug’ilishi
mumkin. Ma’lumki, tezkor xotira tok manbaiga to’liq bog’liq,
doimiy
xotiraning tarkibi esa zavodda shakllanadi.
Shuning uchun qattiq disk - vinchester va disketlar bilan
diskyurituvchi kabi qurilmalar yaratilgan. qattiq disk va disketlar bilan
diskyurituvchi yana kompyuterning tashqi xotira qurilmalari deb
yuritiladi. Bu qurilmalar axborotni uzoq vaqt saqlash uchun
mo’ljallangan
va eng muhim, axborotlarni bu qurilmalarga yozish,
o’qish, ularni o’zgartirish, kerak bo’lsa, ularni yo’q qilish ham mumkin.
quyida bu qurilmalarni birma-bir ko’rib chiqamiz.
Diskyurituvchi va disketlar. Odatda ular alohida ishlamaydi. Agar
solishtiradigan bo’lsak, disketlarsiz diskyurituvchi go’yo kassetasiz
magnitofondir: Diskyurituvchi - disketdagi axborotni yozish va o’qish
uchun mo’ljallangan qurilma. Disketa - axborotni uzoq vaqt saqlash
uchun maxsus vosita. Disketa ichida axborot yoziladigan nozik magnit
disk joylashgan.
Tashqi xotira uchun kichik doirasimon (20, 12 va 8 sm diametrli)
egiluvchi magnit disketlardan foydalanish juda kulay.
Tashqi xotira, odatda magnit disklardan iborat bo’lib,
ular ikki
turlidir. Birinchi turi - egiluvchan disklar yoki disketalar. Disket
yordamida axborotni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish mumkin.
Ikkinchi turi qattiq disklar. Bunday disklarni bir kompyuterdan
boshqasiga o’tkazish mumkin emas, lekin ular kompyuterda juda katta
hajmda axborotni saqlash imkonini beradi.
Birgina qattiq diskka bir
necha yuzta egiluvchan disketdagi axborotni yozish mumkin. Birinchi
tur diskdagi axborot hajmi Kbayt, ikkinchi tur diskdagisi esa Mbayt
bilan o’lchanadi. Hozirgi paytda optik disklar paydo bo’lmoqda. Bunday
disklarga lazer nuri yordamida gigabaytlarda (Gbayt) o’lchanadigan
katta hajmdagi axborot yozilishi mumkin.
Model MHT20xxAH shpindelining aylanish tezligi 5400 ob.min.
O’rtacha axborot qidirish vaqti 12 ms.
Eng tezkor vinchesterlar Western Digital
Kompyuterda
axborot bit, bayt, kilobayt (Kbayt), megabayt(Mbayt) va
boshqa kattaroq birliklarda o’lchanadi.
Eng kichik axborot birligi - bit. Foydalanuvchi uchun bir bit hyech
qanday axborotni bildirmaydi. Lekin bir bit axborot bu - bir harf yoki
raqam bo’shliqni anglatadi. Baytdan keyingi o’lchov birligi - kilobayt
bo’lib, u 1024 baytga teng. Agar belgilar bilan hisoblasak, bu 1024
belgidir.
Axborot o’lchov birliklarining o’zaro bog’lanishlari quyidagicha:
1 Mbayt q1024 Kbayt
1 G (giga)baytq1024 Mbayt va hokazo.
Uncha qalin bo’lmagan 300 betli o’quv kitobi rasmsiz, taxminan 2
Mbayt axborotni o’zida jamlaydi.
Disket va qattiq disklar uchun axborot sig’imi tushunchasi juda
ahamiyatli. Bu axborot saqlash vositasiga
qancha Kbayt yoki Mbayt
yozish mumkinligini ko’rsatadi. Quyida har bir tur disketning axborot
sig’imi berilgan.
Disketa turi
Axborot sig’imi
5.25 dyumli
360 Kbaytdan 1,2Мbaytgacha
3.5 dyumli
720
Kbaytdan
2,8
Мbaytgacha,
lekin hozirgi kunda ommalashgan disketa
1,44 Mbayt sig’imlidir.
Uzoq vaqt axborot saqlash uchun mo’ljallangan boshqa qurilma-qattiq
disk yoki ”vinchester”dir. Qattiq disk yoki “vinchester”-axborotni
o’qish, yozish va saqlash qurilmasidir. Qattiq diskda bir emas, balki bir
o’qda joylashtirilgan va zich yopilgan yopiq metal korpusiga
joylashtirilgan bir qancha metal disklar bor. Diskning har bir tomoni
ishchi hisoblanadi. Unga axborotni yozish va uni o’qish mumkin.
“Vinchester”ning axborot sig’imi 500 Mbayt dan to 4Gbaytgacha.
Buning ustiga “vinchester” markaziy
protsessorga axborotni disk
yurituvchiga karaganda tezroq uzatadi. U holda nima uchun disketlardan
foydalaniladi?
Disketaning asosiy afzalligi shundaki, undagi axborotni bir
kompyuterdan ikkinchisiga o’tkazish osonroq. Qattiq diskni bir
kompyuterdan ikkinchisiga ko’chirish yangi foydalanuvchilarga
maslahat berilmaydi.
Tizimli blokni ochish, qattiq diskni ajratish,
so’ngra boshqa kompyuterning tizimli blokini ochib, qattiq diskni
ushlash kerak. Disketani ko’chirish uchun esa bir diskyurituvchidan
chiqarib ikkinchisiga qo’yish kerak. Bu katta mahorat talab etmaydigan
operatsiya.