Mavzu: Mashina detallarini tiklash va ta’mirlash




Download 19.78 Kb.
bet1/3
Sana08.03.2022
Hajmi19.78 Kb.
#18427
  1   2   3
Bog'liq
tamirlash
Raximova finish, Full Paper FORMATION OF AN AXIOLOGICAL WORLDWIDE IN THE MIND OF, Popular Songs Translated, Abdullayeva. 2-mustaqil Kristal

Mavzu: Mashina detallarini tiklash va ta’mirlash.

Reja:


  1. Konchilik sanoatining mashinalarini ta’mirlash.

  2. Konchilik sanoati mashinalarini ta’mirlashning iqtisodiy samaradorligini oshirish.

  3. Detallarning ishchi yuzasiga elektr uchquni yordamida ishlov berish.

Konchilik sanoatining mashinalarini ta’mirlashda yeyilgan detallarni qayta tiklash va yeyilishga chidamliligini oshirish jarayoni ham amalga oshiriladi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun payvandlab qoplash kabi turli usul va texnologiyalar ishlab chiqilgan bo’lib, ular bir-biridan fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari bilan farq qiladi. SHuning uchun yeyilgan detallarni tiklashning eng maqbul usulini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.


Payvandlashning barcha mavjud usullarini ikki asosiy guruxga bo’lish qabul qilingan – suyultirib payvandlash usullari va bosim ostida payvandlash usullari. Ta’mirlashda suyultirib payvandlash usuli katta ahamiyatga ega, shuning uchun ham u chuqur va keng o’rganilgan.
Bosim ostida payvandlash usullari mashinalarni ta’mirlash jarayonida juda kam qo’llaniladi. SHunga qaramasdan bosim ostida payvandlashning istiqbollari to’g’risida akademik B.E.Paton «Bosim ostida payvandlash kelajakda suyultirib payvandlashni siqib chiqaradi» va «payvandlash o’rnini kundan-kunga kukun metallurgiyasi usullari egallab boradi» deb bashorat qilgan. 
Bayon qilinayotgan qayta tiklash usullariga (detallar yuzalarini qatlam bilan qoplashning mavjud barcha usullari) nisbatan qo’yiladigan talablarning tahlili, usullarning rivojlanish yo’nalishlari va konstruktsion materiallar qatoriga kompozitsion materiallarning kirib kelishi detallarni qayta tiklash va yeyilishga chidamliligini oshirishning istiqbolli yo’nalishlarini belgilab olish imkonini berdi.
Konchilik sanoati mashinalarini ta’mirlashning iqtisodiy samaradorligini oshirishda detallarning qoldiq ish muddatidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Bu haqida akademik SH.U.Yo’ldoshev avtotraktor va qishloq xo’jalik mashinalarining hamda ulardagi agregatlarning asosiy ta’mirgacha xizmat muddatini o’tagan detallarining 60…65 foizi qoldiq ish muddatiga ega bo’lib, ta’mirlanmasdan yoki oz miqdorda ta’mirlash ishlarini bajargandan keyin yana ishlatishga yaroqli bo’lishini ko’rsatib o’tgan.
Traktorlar va qishloq xo’jalik mashinalarining barcha detallarini ish muddatlariga qarab uch guruxga bo’lish mumkin. Birinchi guruxga o’z ish muddatini to’liq o’tagan va ta’mirlash paytida yangisi bilan almashtirilishi lozim bo’lgan detallar (mashinalarning 25…30 foiz detallari) kiradi. Ikkinchi gurux detallarni (30…35 foiz) ta’mirlamasdan yana ishlatish mumkin. Bu gurux detallarning ishchi yuzasi chegaraviy o’lchamgacha yeyilmagan bo’lib, ularni yana ma’lum muddatgacha ishlatish mumkin bo’ladi. Uchinchi guruxga detallarning asosiy (40…45 foiz) qismi kiradi. Ulardan ta’mirlangandan keyingina qayta foydalanish mumkin. Bu guruxga ancha qimmat va murakkab shaklli detallar kiradi. Bu detallarni tiklash narxi ularni tayyorlash narxinig 30…50 foizidan oshmaydi.
Detallarni qayta tiklash xalq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. SHu bilan birga detallarni qayta tiklash samaradorligi va sifati tanlangan usulga bog’liq. 
Detallarni tiklashda qo’llaniladigan usullar klassifikatsiyasi

Download 19.78 Kb.
  1   2   3




Download 19.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Mashina detallarini tiklash va ta’mirlash

Download 19.78 Kb.