Kursning maqsad va vazifalari, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi




Download 82.5 Kb.
bet2/7
Sana19.01.2021
Hajmi82.5 Kb.
#13053
1   2   3   4   5   6   7
2. Kursning maqsad va vazifalari, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Fanni o`qitishdan maqsad – talabalarda zamonaviy konstruktsiyalarning eng keng tarqalgan uzatmalari, birikmalari va detallarini hisoblash va loyihalash, muhandislik tafakkurini rivojlantirish bo`yicha ta’lim yo`nalishlari profillariga mos, davlat ta’lim standartlarida talab qilingan bilimlar, ko`nikmalar va malakalarni mamlakatimiz va chet el fan va texnika yutuqlari asosida o`zlashtirishga qaratilgan.

Bu fan nazariy mexanika, mashina va mexanizmlar nazariyasi, materiallar qarshiligi, metallar texnologiyasi va chizmachilik kabi fanlarga asoslangan xolda o`rganiladi.

Shu bilan birga “Mashina detallari” fani mutaxassislik fanlarini o`rganish uchun asos bo’lib hisoblanadi.

Buyuk olimlardan Aflotun (yangi eradan 3,5 asr ilgari) va Leonardo - da Vinche (1452-1519 yillar) o`z asarlarida podshipnik, tishli gildirak, zanjirli uzatma va turli mashinalar xaqida ba`zi ma`lumotlarni yoritgan bo’lsalarda, mashinalarni xisoblash va loyixalash faniga faqat XIX asrda asos solindi. Rossiyada mashinasozlik nazariyasiga asos solgan olim “Mashinalar xaqida o`lmaviy lektsiyalar” (1859 yil ) va “Ko`tarish mashinalari kursi” (1872 yil) no`lli asarlar muallifi professor I.A.Vishnegradskiydir.

“Mashina detallari” deb atalgan birinchi kitobini prof. V.L.Kirpichev 1881 yilda Piterburg shaxrida nashr ettirgan. O`sha vaqtdan rivojlana boshlangan bu fanni boyitishda olimlardan P.K. Xudyakov, A.I.Sidorov, M.A. Saverin, N.B.Kudryavtsev, D.N.Reshetov va M.N.Ivanov asarlari muxim rol o`ynaydi. Chet el olimlaridan K.Bax, F. Retsher, O. Reynol’ds va D. Shigleyni mashina detallari faniga oid asarlari xam diqqatga sazovordir.

Quyida mashina detallariga qo`yiladigon asosiy talablar bilan tanishib chiqamiz.

Ishga layoqatlilik - detal yoki uzelning texnik talablar, standartlarga mos keladigan, o’ziga belgilangan funktsiyani bajara oladigan xolati .

Ishda ishonchlilik - detal yoki uzelning texnik talablar, standartlarga mos keladigan xolatini ma`lum vakt saqlay olish xossasi.

Texnologikligi - detal yoki uzelning ishlab chiqarishda, ekspluatatsiya jarayonida va ta`mirlashda kam mexnat va sarf talab qilishi.

Iqtisodliligi - detal yoki uzelning tayyorlash, ekspluatatsiya va ta`mirlash jarayonlaridagi sarflar xisobi.

Dizayn - detal yoki uzelning tashqi shakllarini tako`lillashtirish, mashina yoki uzelning tashqi ko`rinishining chiroyliligi.



Download 82.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 82.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kursning maqsad va vazifalari, uning boshqa fanlar bilan aloqadorligi

Download 82.5 Kb.