Mashinasozlikda ishlatiladigan materiallar:
Po`lat, cho`yan, rangli materiallar, plastmassa, rezina, yog`och, teri, keramika.
Po`lat deb temir - uglerod (2,14 %gacha) qotishmasiga aytiladi. Tarkibiga ko`ra po`latlar ikki turga bo`linadi:
1. Uglerodli po`latlar
2. Legirlangan po`latlar
- Uglerodli po`latlar sifatga qarab:
a. uglerodli oddiy sifatli po`latlarga
b. uglerodli konstruktsion sifatli po`latlarga
v. asbob tayyorlaydigan po`latlarga bo`linadi
Uglerodli oddiy sifatli po`latlar keng tarqalgan bo`lib, mashina va mexanizm detallarini tayyorlashda ko`p ishlatiladi.
Konstruktsion sifatli po`latlar konvertor, marten va elektr pechlarda tayyorlanadi. Oddiy sifatli uglerodli po`latlar tayyorlanishiga ko`ra A,B,V, guruppalarga bo`linadi.
Konstruktsion sifati uglerodli po`latlar.
Ko`p mashina va mexanizmlarni tayyorlashda konstruktsion po`latlardan foydalanadi.
Oddiy sifatli po`latlardan konstruktsion po`latlarni farqi shuki, ularda zararli oltingugurt, fosfor va boshqa qo`shimchalar ozroq bo`ladi. Barcha xollarda sifatini yaxshilaydigan kremniy va marganets (Mp) mikdori ko`p bo`ladi.
Konstruktsion sifatli po`latlarni quyidagilarga bo`lsa bo`ladi:
1. Past uglerodli po`latlar-GOST 1050-74 markasi-0,5-10 gacha
2. Nisbatan past uglerodli 15- 25 markali po`latlar.
3. O`rta uglerodli mustaxkamligi yuqori po`latlar. Markasi 30-50.
4. Konstruktsion yuqori uglerodli oliy sifatli po`latlar. Bu po`latdan yuqori statik, dinamik va vibratsiya yuklanish ta’sirida ishlaydigan detallar tayyorlanadi.
CHo`yan deb temir qotishmasi tarkibida 2,14% dan ortiq uglerod miqdori bo`lgan birikmaga aytiladi va uch turga bo`linadi.
Kul rang cho`yan-asosiy ishlatadigan material. Narxi arzon bo`lib mexanik xossalari qoniqarli, suyuqlantirib quyganda yaxshi xususiyati bor.
Oq cho`yanlar kul rang cho`yanlarga nisbatan quyish xossalari yo`lonroq, juda qattiq, ishqalanishga chidamli. SHuning uchun juda kam ishlatiladi.
Rangli metallar. Mis qotishmalari rangli metallarga kiradi va bronza va latunlarga bo`linadi.
Bronza deb-mis bilan qurg`oshin, alyuminniy, kremniy berilliy va boshqa metal qotishmasini aytiladi.
Bronzalar Br bilan belgilanadi va tarkibidagi element miqdori bilan ko`rsatiladi. Qo`shiladigan elementlar: A-alyuminiy, B-bereliy, J-temir, K-kremniy, N- nikel, M- marganets, O- olova, S- qo`rg`oshin, TS-tsink, F- fosfor Masalan: Br 09F1---9% -olova: 1%-fosfor , 90%- mis.
|