Masofaviy ta’limning afzalligi shundaki, unda har kim o‘ziga qulay vaqtda, qulay joyda, qulay muhitda bilim olishi mumkin. Shu tufayli ushbu tizim bugungi kunda dunyoda keng ommalashmoqda




Download 1,35 Mb.
bet3/5
Sana23.05.2024
Hajmi1,35 Mb.
#250868
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAVZU

Masofaviy ta’limning afzalligi shundaki, unda har kim o‘ziga qulay vaqtda, qulay joyda, qulay muhitda bilim olishi mumkin. Shu tufayli ushbu tizim bugungi kunda dunyoda keng ommalashmoqda.

Masofaviy ta’lim – o‘quv jarayonining maqsadi, mazmuni, uslublari, o‘qitish vositalari va internet texnologiyalari yordamida tinglovchi hamda o‘qituvchilarning masofadan turib, interfaol muloqot qilish jarayoni hisoblanadi.

Bugungi kunda dunyoda ko‘pgina OTMlar, yirik korxonalar mutaxassislar malakasini oshirishda ushbu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab pul mablag‘larini tejamoqda.

Bugungi kunda dunyoda ko‘pgina OTMlar, yirik korxonalar mutaxassislar malakasini oshirishda ushbu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab pul mablag‘larini tejamoqda.

Shuningdek, masofaviy ta’limning tashkiliy-iqtisodiy afzalliklari ham mavjud bo‘lib, masalan, o‘qitish uchun sinflar, doskalar, stollar va boshqa o‘quv qurollari zarur emas. Moliyaviy xarajatlar asosan o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlash hamda internet trafik uchun sarflanadi. Tabiiyki bu tizim samarasida xarajatlar kamayadi. O‘quv-uslubiy materiallar qanchalik tushunarli va batafsil bo‘lsa, shunchalik o‘quvchiga foydali bo‘ladi.

Bu o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi onlayn dars jarayonidir. Bunday darslar uchun avvalo kommunikatsiya, masofaviy ta’lim uslubiy materiallari, elektron va odatdagi darsliklar, audio va video darsliklar, onlayn darslar (internet sahifa) elektron kutubxonalar, testlar, multimedia elektron darsliklar va, albatta, internetga ulangan kompyuter kerak bo‘ladi.

Bunday ta’limda o‘quvchi har kuni ta’lim muassasasiga borishi shart emas. Shu bilan birga bu tizim vositasida salomatligi cheklanganlar, uzoq hududlarda yashovchi bolalar, hatto mahkumlar bilan birga bo‘lib turgan bolalar ham ta’lim olishi mumkin.

Tadqiqotlarda aniqlanishicha masofaviy ta’lim an’anaviy ta’limdan aslo qolishmaydi. Balki samarasiga ko‘ra ustunlik jihatlari ham bor. Negaki, o‘quv materialining asosiy qismini o‘quvchi o‘zi mustaqil o‘qib-o‘rganadi. Bu o‘tilgan mavzularni puxta o‘zlashtirish va eslab qolishga yordam beradi. Buning ustiga darslarni yangi texnologiyalar vositasida o‘qish tinglovchii uchun qiziqarli va mazmunli bo‘ladi.


Download 1,35 Mb.
1   2   3   4   5




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masofaviy ta’limning afzalligi shundaki, unda har kim o‘ziga qulay vaqtda, qulay joyda, qulay muhitda bilim olishi mumkin. Shu tufayli ushbu tizim bugungi kunda dunyoda keng ommalashmoqda

Download 1,35 Mb.