|
Mahsulotlar ishlab chiqarishda standartlashtirishning ahamyati
|
bet | 2/5 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 30,8 Kb. | | #99379 |
Bog'liq MAXSULOT ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA STANDARTLASHTIRISHNI O`RINMahsulotlar ishlab chiqarishda standartlashtirishning ahamyati.
Xalqaro standartlashtirish tizimi.O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgach, bozor munosabatlariga o’tish davrining dastlabki yillarida mahsulotlar ta’minotining yetishmasligi hamda ularning sifati talab darajasida emasligi hollari kuzatiladi.Ma’lumki mahsulotni keng reklama qilish va mahsulot sifatiga xaridor talabining ortishi uning iste’molchi salomatligi, hayoti hamda atrof – muhitga bezararligini ta’minlovchi mezonlar doimo ortib va murakkablashib boradi. Bu talablar mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan me’yoriy hujjatlar (standartlar, texnik shartlar va h.o.) ishlab chiqish jarayoni uchun muhim asos bo’lib xizmat qiladi. Ana shu hujjatlardagi talablarmahsulotning raqobatbardoshligi ta’minlanadi.Respublika nafaqat MDH davlatlari, balki dunyodagi rivojlangan mamlakatlar bilan ham erkin savdo munosabatlariga kirishgan.Shuning uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati oshishi sayin xalqaro ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlariga me’yoriy hujjatlar ishlab chiqarish jarayonida standartlashtirish, metrologiya va sertfikatlashtirish sohasidagi xalqaro tajribalarni muntazam hisobga olish zarur bo’ladi.Xalqaro hamkorlik borasida respublikamizda ma’lum bir ijobiy tajribalar to’plangan. Masalan Yevropa iqtisodiy jamiyatiga kiruvchi davlatlar ishonchini qozonish maqsadida 2900 seriyadagi mintaqaviy standartlar ishlab chiqilgan va amalda qo’llanilmoqda (bunga ISO 9000 seriyasi standartlarni ko’rsatish mumkin).
Mustaqillikdanso’ngmilliysertifikatlashtirisho’lchovlariningbirliginimajburiyravishdata’minlovchiDavlatstandartlashtirishtizimiyaratildi. Bu tizim faoliyat davlat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlarini tashqi va ichki bozordagi raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan. Xalqaro talablarga mos keluvchi mahsulot sifatini ta’minlash, uni yanada yaxshilash davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masaladir. Bu masalani yechish uchun mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi va texnikasini yangilash asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Mahsulot sifat ko’rsatkichlari, ularni tadqiqot etish va namuna olish usullarini ishlab chiqaruvchi, iste’molchi va davlat tekshiruvchi organlari bilan o’zaro kelishilgan barcha standartlar asosini tashkil etadi.Ilmiy – texnik taraqqiyot va bozor munosabatlarining rivojlanish mahsulot sifatiga qo’yiladigan talabalarni vaqt o’tishi bilan qo’shimchalar va o’zgartirishlar bilan to’ldirib borishni talab qiladi. Natijada standartlar qayta ishlanadi yoki fan – texnikaning rivojlanish darajasiga mos keladigan darajada o’zgartiriladi.Boshqacha aytganda mahsulot sifati doimo o’sib boruvchi talablarni qondirishi kerak.Buning uchun erishilgan sifat ko’rsatkichlarining darajasini oshirish ustida uzluksiz ishlash kerak. Shunday qilib, ichki va tashqi bozorlar uchun raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishi yoki xizmat ko’rsatishi sifatini boshqaruvchi biror tizim ishlab chiqishi hamda undan ratsional foydalanish zaruriyati paydo bo’ladi.
Sifatni boshqarish bo’yicha mavjud boshqaruv tizimlari korxona va tashkilotlar miqyosida ishlab chiqilgan bo’lib, bu tizimlar korxonada mahsulot ishlab chiqarilishi uchun zarur bo’lgan xomashyo va yordamchi materiallar, texnologik jixoz va to’ldiruvchi qismlar sifatini to’la hisobga olish imkoniyatlarini yarata olmas edi, chunki ular boshqa korxona mahsulotlari bo’lishi sababli, tayyor mahsulotning sifatini to’la kafolatlab bo’lmas edi. Xalqaro va mintaqaviy standartlar esa korxonalarda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga imkon beradi.Tashqi va xalqaro bozor uchun chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati yuqori darajada bo’lishi bilan birgalikda, mahsulot ishlab chiqarish, saqlash, tashish, foydalanish jarayonlarida ham atrof – muhit, inson salomatligi va hayoti uchun xavfsiz bo’lishi kerak. Shu maqsadda barcha rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilayotgan hamda mamlakatga olib kelinayotgan mahsulotlar ixtiyoriy va majburiy ravishda me’yoriy – mezonlar asosida xavfsizligi jihatidan sertifikatlanadi.
|
| |