|
Mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatsiyalashning maqsad va vazifalari
|
bet | 3/5 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 30,8 Kb. | | #99379 |
Bog'liq MAXSULOT ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA STANDARTLASHTIRISHNI O`RINMahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatsiyalashning maqsad va vazifalari.
Standartlashtirishning maqsad va vazifalari.
GOST, O’ZRST, O’ZTSH, O’ZKST, shuningdek, barcha kategoriyadagi satndartlar o’z mazmuniga ko’ra, quyidagi turlarga bo’linadi:
Tekshirish uslublari, qabul qilish, markirovkalash, saqlash va boshqa turlari. Standartlashtirish ilmiy – texnik faoliyat bo’lib, potensial mavjud masalalarga nisbatan umumiy yoki ko’p marta qo’llaniladigan optimal tartiblash darajasi natijalariga turli faoliyat va uni ko’p marta qo’llash uchun ishlab chiqilgan me’yoriy hujjat.O’zbekiston Respublikasi standartiO’zbekiston Davlat standartlashtirish tashkiloti tomonidan tasdiqlangan hujjat sanaladi.Texnik shartlar aniq bir mahsulotga texnik talablarni belgilovchi va ishlab chiquvchi hamda buyuruvchi bilan kelishib tasdiqlangan hujjat. Tashkilot sitandarti – mahsulot xizmat yoki jarayon uchun tashkilotning o’z tashabbusi bilan ishlab chiqilgan standart.
Xalqaro standart – standartlashtirish bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va keng iste’molchilarga manzur bo’lgan hujjat. Mintaqaviy standart – standartlashtirish bilan shug’ullanuvchi mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va keng iste’molchilarga manzur bo’lgan standart.Garmoniyalashtirilgan standartlar – bir xil ob’yektdagi tegishli bo’lgan va standartlashtirish bilan shug’ullanuvchi turli tashkilotlar bilan qabul qilingan hamda mahsulot, jarayon va xizmat turlarining o’zaro almashinuvini ta’minlovchi standart. Tuzilishi va mazmuniga qarab standartlar turli xil bo’lishi mumkin: Bir xillashtirilgan – ya’ni, mazmunan o’xshash, taqdim etish shakli bo’yicha turlicha bo’lgan standartlar.O’xshash – mazmun va shakli bo’yicha bir xil bo’lgan standartlar.Unlangan – bu ehtiyojni qondirish uchun optimal bir xil kattalik va turdagi mahsulot, jarayon hamda xizmatni tanlash.Standartlashtirish ob’yekti – standartlashtiriluvchi mahsulot, jarayon va xizmatni belgilaydi. Standartlashtirish sohasi – o’zarobog’liq standartlashtirish ob’yektlari yig’indisidan iborat.Standartlashtirish sohasida xavfsizlik – jarayon va xizmat turlari uchun omillarni optimal mutanosibligiga erishish maqsadida hamda inson salomatligi va jihozlarga zarar yetkazmaslik nazarda tutiladi.
|
| |