|
Mavzu: maxsulot ishlab chiqarish jarayonida standartlashtirishni o`rin kirish
|
bet | 1/5 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 30,8 Kb. | | #99379 |
Bog'liq MAXSULOT ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA STANDARTLASHTIRISHNI O`RIN
Mavzu: MAXSULOT ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA STANDARTLASHTIRISHNI O`RIN
Kirish.
1. Mahsulot sifati to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
2. Mahsulotlar ishlab chiqarishda standartlashtirishning ahamyati.
3. Mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatsiyalashning maqsad va vazifalari.
4.Mahsulotlarni standartlashtirish uchun talab qilinadiganasosiy me’yoriy hujjatlar.
5. Mahsulotlar sifatini amalda aniqlash usullari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Mahsulot - mahsulot sifati to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
Mahsulotningsifatidegandainsonningma’lumbirtalablariniqondiradiganxususiyatlaryig’indisitushuniladi.Mahsulotlarning «sifati»ga assortimentining kengligi ham kiradi, chunki Mahsulotlar assortimentini kengaytirish aholi talabini to’laroq qondirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Mahsulotlarning sifati ularning fizikaviy, kimyoviy, biologik xususiyatlariga bog’liq va ijtimoiy, funksional, ergonomik, estetik, iqtisodiy – talablarga mos bo’lishi karak. O’zbekiston Respublikasining «Oziq –ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to’g’risida»gi qonunida oziq – ovqat mahsulotlarining sifati quyidagicha tavsiflanadi «oziq – ovqat mahsulotlarining iste’mol xossalarini belgilab beradigan va uning odamlar hayoti va sog’ligi uchun xavfsizligini ta’minlaydigan mezonlar majmui». Talab va iste’mol darajasi mahsulotlarning sifatiga bog’liq. Yuqori sifatli mahsulotlar iste’molchilarning talabini to’la qondiradi va ularga talab yuqori bo’ladi. Sifati past mahsulotlar esa xarid qilinmasdan savdo tarmoqlarida qolib ketadi, ularning zaxiralari belgilangan me’yorlardan ortiq ketadi.Demak, bozor munosabatlari sharoitida mahsulotlarning sifati uning raqobatbardoshligini ta’minlaydigan asosiy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Mahsulotlarning sifatini oshirish xalq xo’jaligining muhim vazifalaridan sanaladi. Mahsulotlar sifatini oshirish hisobiga ulardan foydalanish muddatini uzaytirish, tannarxi va xarajatlarini kamaytirish, shuningdek, aholi talabini to’laroq qondirish, dunyo bozorida mahsulotlarning sifatini me’zoni bo’lgan raqobatbardoshligini ta’minlash mumkin.Mahsulotlarning yuqori sifati fan va texnika texnologiyaning rivojlanganligidan dalolat berib, o’z navbatida fan va texnika, texnologiyani rivojlantirishga yordam beradi. Har bir mahsulot ma’lum bir sifatga ega mahsulot sifatiga baho berishda uning energetik va biologik qiymati, organoleptik ko’rsatkichlari hisobga olinadi.
Oziq – ovqat mahsulotlarining sifatini belgilovchi asosiy iste’mol xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
1. Sotsial maqsadlarga mo’ljallanganligi (parhez, davolovchi, ommabop, talabalar, yoshi keksalar, bolalar ovqati va h.o.)
2. Funksional xususiyatlari (ta’mva hid berish va h.o.)
3. Fizialogik xususiyatlari (insonni asab, yurak, mushak, oshqozon – ichak faoliyatiga ta’siri).
4. Gigenik xususiyatlari (mikrob, bakteriya va mikroorganizmlarni bor yo’qligi va h.o.)
5. Hazm bo’lish darajasi va boshqalar.
Oziq – ovqat mahsulotlarining sifati umumiy qilib olganda ularning iste’mol xususiyatlari bilan belgilanadi.Xuddi shuningdek mahsulotlarning kimyoviy tarkibi bu ularning sifatini belgilovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi.Oziq – ovqat mahsulotlarining sifati albatta boshqa ko’rsatkichlar bilan birgalikda ekalogik xavfsizligi bilan ham belgilanadi.Bizuchun oziq – ovqat mahsulotlariga atmosfera, tuproq, suv orqali zaharli moddalar, xususan, radionukloidlarning tuzilishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
|
| |