|
Standartlashtirishning maqsadlari quyidagilardan iborat
|
bet | 4/5 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 30,8 Kb. | | #99379 |
Bog'liq MAXSULOT ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA STANDARTLASHTIRISHNI O`RINStandartlashtirishning maqsadlari quyidagilardan iborat:
- Mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlarning sifati hamda nomlari masalasiga davlat va iste’molchilarning manfaatini himoya qilish, kishilar sog’ligi va hayoti xavfsizligini ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish;
- fan va texnikaning rivojlantirilishi bilan aholi va xalq xo’jaligining ehtiyojlariga muvofiq ravishda mahsulot ishlab chiqarish hamda mahsulot sifatini oshirish;
- Mahsulotning bir –biriga mosligi va o’zaro almashuvchanligini ta’minlash;
- Kishilar moddiy resurslarining tejalishiga, iqtisodiy ko’rsatkichlarning yaxshilanishiga ko’maklashish;
- Savdoda texnikaviy to’siqlarning bartaraf qilinishiga, jahon bozorida raqobat qilish qobiliyatining ta’minlanishiga erishish;
- tabiiy va texnogen halokatlari hamda boshqa favqulotda vaziyatlar ro’y berishini hisobga olgan holda, xalq xo’jaligi ob’yektlarining xavfsizligini ta’minlash.
Standartlashtirishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Iste’molchi va davlat manfaati qo’lida mahsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qo’yishdan;
- Davlat, respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga kerakli talabalarni belgilovchi me’yoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo’llash, shuningdek, hujjatlardan foydalanishni nazorat qilish;
- Standart talablarining sanoati rivojlangan chet el mamlakatlarining xalqaro mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg’unlashuvini ta’minlash;
- bir – biriga moslikning barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli ma’lumot, dastur va boshqalar) turlarini, shuningdek, mahsulotning o’zaro almashuvchanligini ta’minlash;
- Parametrik va turlar o’lchash qatorlari, tayanch konstruksiyalari, buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan bloki tarkibiy qismlarini aniqlash va qo’llash asosida bir xillashtirish;
- Mahsulot, uning tarkibiy qismlari xomashyo va materiallar ko’rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog’lanishi;
- Material va energiya sig’imini kamaytirish, kam chiqindi ishlab chiqarish texnologiyasini qo’llash;
- Mahsulotning ergonomic xossalariga ko’rsatilgan talablarni belgilash;
- Melodik me’yor, qoida, nizom va talablarning belgilanishi;
- Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish;
- XorijiymamlakatlarningtalablariO’zbekistonRespublikasiningxalqxo’jaligiehtiyojiniqondiraolganhollardaularningxalqaro, mintaqaviyvamilliystandartlarinimamlakatstandartlarivatexnikaviyshartlartariqasidato’g’riqo’llashtajribasinikengaytirish;
- Mahsulotlarnistandartlashtirishvauningnatijalaridanfoydalanishsohasidaxalqarohamkorlikqilishiyuzasidanishlarnitashkiletish.
- Sinovlarni me’yoriy – texnik jihatdan ta’minlash mahsulot sifatini sertifikatlashtirish.
XULOSA
Ushbu malakaviy bitiruv ishidan quyidagi xulosalar chiqarish mumkin:
Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida oziq – ovqat Mahsulotlarining sifati va uni nazorat qilish tug’risida bilimlarga ega bo’lish davr talabi bo’lib qolmoqda maktab o’quvchilariga me’hnat ta’limi darslarida pazandachilik bo’yicha asosiy bilimlarni o’rgatishda oziq – ovqat mahsulotlarining sifati va uni nazorat qilish bo’yicha ham asosiy tushunchalarni o’rgatish katta ahamyatga ega bo’lib qolmoqda.Oziq – ovqat Mahsulotlarining sifatini nazorat qilish uchun maxsus xalqaro standartlashtirish tizimi, O’zbekistonda standartlashtirish davlat tizimi mavjud bo’lib, ular o’zining asosiy qonun – qoidalariga ega ekan.Oziq – ovqat Mahsulotlarining sifatini tekshirgandan keyin ularni iste’molga sotish uchun ruxsat beradigan maxsus sertifikatlashtirish organlari tomonidan sertifikatlar berilishi shart ekan.Sertifikatlashtirishning asosiy maqsadi mahsulotlar yoki xizmat turining inson salomatligi va hayoti uchun xavfsizligini ta’minlash, atrof – muhitni muhofaza qilish, xalqaro savdoda texnik qarshiliklarni olib tashlash, mahsulot va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish hamda xaridor yoki iste’molchining talab va istaklarini himoya qilishdan iborat ekan.Amalyot shuni ko’rsatmoqdaki, oziq – ovqat Mahsulotlarining sifatini tekshirishda ularning ayrim fizik – kimyoviy xususiyatlari tajribalarda o’lchanishi, olingan natijalar esa o’lchovning yagonaligini ta’minlash uchun xizmat qiladigan o’lchov birliklarda (etalonlar yordamida) ifodalanishi kerak.Bunda xalqaro o’lchov kattaliklar birligi tizimidan foydalanish kerak ekan.Oziq – ovqat tavarlarining sifatini tekshirishning organoleptik va laboratoriya usullari mavjud bo’lib, organoleptik usulda mahsulotlarning rangi, tashqi ko’rinishi, konsistensiyasi, hidi va ta’mi aniqlansa, laboratoriya usulida esa mahsulotlarning tarkibidagi suv, quruq moddalar, umumiy kislotalilik, yog’lar miqdor jihatidan aniqlanar ekan.
|
| |