II BOB. MEHNAT PSIXOLOGIYASI VA YOSHLARNING KASBIY YO'NALGANLIGI




Download 51,39 Kb.
bet5/13
Sana21.05.2024
Hajmi51,39 Kb.
#248950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu Mehnat va kasbiy ko\'nikmalar vositasida o\'quvchilarni ijt

II BOB. MEHNAT PSIXOLOGIYASI VA YOSHLARNING KASBIY YO'NALGANLIGI.
2.1 Mehnat shaxsni rivojlanish shartidir.
Mehnat shaxs va jamiyatning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishi uchun zarur bo'lgan ijtimoiy mahsulotlarni etishtirishga qaratilgan faoliyatdir. Mehnat inson faoliyatining tarixan vujudga kelgan dastlabki turi bo'lib, odam yashashining asosiy va birinchi shartidir. Mehnat tufayli odam ongi shakllanadi.
Mehnat shaxsni rivojlanish shartidir. Odamning psixik jarayonlari faqat faoliyat jarayonida vujudga keladi. Shuning uchun faoliyatning turli ko'rinishlarini o'rganish keng psixologik ahamiyatga egadir. Odamning hayot kechirishi va bilish faoliyatining asosiy sharti bo'lgan odam faoliyati ongining rivojlanishi sharti hamdir. Mehnat jarayonida odam o'z tabiatini o'zgartira bordi.
Mehnatda bola ma'naviy jihatdan o'zgaradi. Mehnatni mensimaydigan, tantiq, erka, nozik
- nihol bolalarda ijobiy sifatlarni tarbiyalashga alohida e'tibor berish muhimdir.
Mehnat jarayonida insonning hamma ijobiy sifatlari: o'z - o'zini tuta bilish,sabr, toqat, hamkorlik, do'stlik va birodarlik, chidam kabi hislatlari shakllanadi. Shuning uchun ham mehnat odam psixikasining tarkib topish faktori sifatida tan olinadi. Bu haqda K. D. Ushinskiy shunday deydi: _“odamda jiddiy mehnatga qattiq havas o'tini yoqish kerak, odam bunday mehnatsiz inson sha'niga yarashadigan hayot qura olmaydi ham, baxtli hayot kechira olmaydi ham” .1
Mehnat ma'lum ijtimoiy foydali, moddiy yoki ma'naviy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iboratdir. Mehnat faoliyati odamning asosiy, etakchi faoliyatidir. Agar mehnat qilishdan to'xtab qolinadigan bo'lsa, insoniyat zoti o'z hayotini tugatgan bo'lur edi. Shuning uchun ham mehnat faoliyatiga odamning yashashini ta'minlovchi boshqa turlar ustidan g'alaba qozontiruvchi hamda tabiat kuchlari va narsalaridan va odamni foydalantiruvchi maxsus insoniy hatti - harakat turi deb qarash mumkin.
Mehnat orqali mehnatsevarlik tarkib topadi.
Mehnatsevarlik - bu oddiy so'z emas. Unda uch asosiy tushuncha: zarur, qiyin va go'zal degan tushunchalar yig'indisi mujassamlashgan. Basharti maktabda ham, oilada ham mana shu uchta tushunchaning birligi hukmron bo'lsa edi, u holda umuman mehnat tarbiyasi to'g'risida to'xtalib o'tmasa ham bo'ladi. Inson ma'naviy qiyofasining eng muhim belgisi bo'lgan mehnatsevarlik ahloqiy tarbiyaning intellektual, emosional va irodaviy tarbiya jarayonlarida ham tarbiyalab boriladi. Chunki, inson qanchalik aqlli, his - hayajonga boy va irodali bo'lsa, unda mehnat faoliyatining xilma - xil turlariga shunchalik intilish kuchli bo'ladi.
Mehnat tarbiyasi o'qish bilan bog'liqdir. O'qish o'quvchining ma'naviy hayotida asosiy o'rin egallaydi. Shuning uchun ham mehnat tarbiyasi o'quv muassasalarida mehnatdan boshlanishi kerak. Chunki mehnat tarbiyasining zamini, poydevori o'qishdir. Tafakkur, mushohada, dunyoni bilish, bilim egallash, dunyoqarash, e'tiqodni shakllantirish - bular bari o'quvchi mehnatini tashkil etadi.
O'smirlar va yigit qizlar ijtimoiy mehnatda qatnashib bilimlarini oshiradilar, ma'naviy qiyofalarini o'zgartiradilar. Ularda tashkilotchilik qobiliyati o'sadi, ijtimoiy manfaatlar yuzaga chiqadi, iroda sifatlari hosil bo'ladi, o'rtoqlar bilan munosabatda bo'lish ularni kuchlari ortadigan zarur, qiziqarli ishlarga jalb qilish ko'nikmasi paydo bo'ladi.
Agar tarbiya bolaning ichki faolligini hisobga olgandagina, tarbiyaviy ta'sir natijalarining qanday bo'lishini bolalarning psixik xususiyatlariga va faol faoliyatiga qarab oldindan aytib bergandagina tarbiya taraqqiyotning qudratli va hal qiluvchi omili bo'ladi. Shuning uchun ham mehnat faoliyati shaxs ijobiy sifatlarini, ijobiy munosabatini mehnat ishtirokchilari bilan muomala madaniyatini shakllantirish imkoni paydo bo'ladi. Mehnatda bola faqat chiniqibgina qolmaydi, balki shaxs sifatida shakllanadi.
Odamning ongli va maqsadga qaratilgan mehnat faoliyati har vaqt ma'lum motivlarning bo'lishini taqozo qiladi va u odamni ma'lum faoliyatga yo'naltiradi.
Mehnat faoliyatining hamma turlari (aqliy, jismoniy, ijtimoiy, foydali mehnat) bir - birlariga ta'sir qiladi, bir - birini to'ldiradi, bu bilan odamning mehnat faoliyati to'laqonli bo'la boradi. Mehnat faoliyati inson umrini har tomonlama shakllantiradi. Har tomonlama rivojlanish shaxsni tarbiyalashning asosiy sharti uning ongli faolligidir. Psixologik tadqiqotlarning ko'rsatishicha, odam biror maqsadni ko'zlab mehnat qilsa, bu mehnatning samarasini oldindan tasavvur qilsa, o'sha mehnat unumli bo'ladi. Mehnatda o'quvchi shaxsining harakteri va irodasi tarbiyalanadi, kuzatuvchanligi, diqqati rivojlanadi, analiz va sintez qilishga o'rganadi, umumlashtiradi va taqqoslaydi. Mehnat yoshlarni ziyrak bo'lishga, farosatlilik, epchillik, ixchamlik kabi sifatlarini, xayolini o'stiradi.
Mehnat faoliyati o'quvchining ahloqiy rivojlanishi va mukammallashishida katta ahamiyatga ega. Mehnat bolalarni jismonan chiniqtiradi, estetik didlarni, nerv sistemasini mustahkam bo'lishini ta'minlaydi.
Ta'lim - tarbiya jarayoni odamni ijtimoiy foydali mehnatning har xil turlari uchun zarur bo'lgan bilimlar, malaka hamda ko'nikmalar bilan qurollantiradi. Ma'lumki inson o'z tabiati jihatidan mehnat faoliyati bilan shug'ullanmay yashay olmaydi. O'quvchi shaxsi tarkib topishining yo'llaridan biri - mehnat faoliyatidir.
Mehnat jarayoni shaxsni mehnatsevarlik, faollik, ozodalik kabi mehnatga bo'lgan munosabatni ifodalash hislarini tarkib toptirishga, qiyinchiliklarni enga olish fazilatlarini, kuch - g'ayratini, aktivlik, qat'iylik kabi muayyan maqsadni ko'zlash hislarini o'stirishiga; yalqovlik, loqaydlik, passivlikka barham berish kabi yosh avlodni har tomonlama etuk, barkamol tarbiyalashga qaratilgandir.



Download 51,39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 51,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. MEHNAT PSIXOLOGIYASI VA YOSHLARNING KASBIY YO'NALGANLIGI

Download 51,39 Kb.