Mavzu: Mehnat va kasbiy ko'nikmalar vositasida o'quvchilarni ijtimoiylashtirish Mundarija: kirish I bob. Mehnat tarbiyasining o’quvchilarni ijtimoiylashtirishda tutgan o’rni




Download 51,39 Kb.
bet7/13
Sana21.05.2024
Hajmi51,39 Kb.
#248950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Mavzu Mehnat va kasbiy ko\'nikmalar vositasida o\'quvchilarni ijt

Tarbiya tizimida innovatsiyalar
Maktabda innovatsiyalar masalasini muhokama etganda, tarbiya tizimlarida innovatsiyalar tashkil topishi to‘g‘risidagi masalalarni gapirib o‘tniay bo'lmaydi. Lekin buning uchun avval, tarbiyaviy tizimning ichki tushunchasini kiritamiz. Shundan keyin tarbiyaviy tizimni falsafiy va texnologik jihatlarda ko‘rib chiqishda innovatsiyalar yuzaga kelishini o‘rganamiz. Shunday qilib, pedagogikada “tarbiya” kategoriyasining bir vaqtda bir necha tushunchalari mavjud tarbiyani o'rganayotgan avlodga tarbiyani eng muhim ijtimoiy tajribalami yetkazish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan jarayon sifatida tushunish, eng keng tarqalgan tushunchalardan hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, har qanday tarbiya jarayonining asosi, haqiqatda, o‘qitish hisoblanadi, degan xulosaga kelish to‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu holatda tarbiya jarayoni didaktik vositalar bilan ko‘rina boshlaydi. Tarbiya tizimi tushunchasining o‘zi esa - o'zining avtonomliligi va ko‘rib chiqish o‘zliga xosligini yo‘qotadi va didaktika ichiga “tortib kiritilgan” boTib qoladi. Tarbiya jarayoni o‘zining o‘ziga xosligini “saqlab qolish” uchun “Tarbiya, tarbiya... tarbiya!” monografiya hammualliflari V.A.Karakovskiy, Novikova, Selivanova kabi mashhur estoniyalik pedagog va psixolog O. Yo.Laymete taklif etgan uning boshqa tushunchasidan foydalanadilar. Agarda tarbiya jarayonini “Laymete bo‘yicha” qaraydigan boTsak, unda tarbiya tizimi didaktikadan iborat boTmaydi, balki bir tomondan psixologopedagogik, boshqa tomondan esa - ijtimoiy-pedagogik tizimdan iborat boTadi.
Bu o‘z navbatida tarbiya tizimi o‘quvchilarga faqat didaktik sifatida emas (o‘qituvchilar, darslar, darsliklar, uy vazifalari orqali), balki ijtimoiy omil sifatida ham, bolalarning atrof-muhitga jalb etilganligi orqali ham ta’sir ko‘rsatadi; ota-onalar, o’qituvchilar va bolalar o'rtasida yuzaga keladigan munosabatlar orqali, har bir ta’lim muassasalarida tashkil topadigan ma’him psixologik muhit orqali ta’sir ko’rsatadi. “Didaktik tizim’’ tushunchasi pedagogikada ancha qadimdan shakllangan. Maktabning didaktik tizimi ta’lim maqsadlari, o‘qish mazmuni, uni tashkil etishning metod va shakllari orqali ifodalanadi. Albatta, tarbiyaviy maqsadlar o'rganilayotgan material mazmuni, uni yetkazish shakli va metodlari kabilami belgilash orqali o‘qitish jarayonida ham amalga oshiriladi. Lekin tarbiyaning ikkinchi tushunchasi mantig‘ida didaktik tizimning o‘zi tarbiyaviy tizimning didaktik tizimida ishtirok etadi, ya’ni uning tizimi hisoblanadi. Ta’lim muassasining tarbiyaviy vazifasi birinchi navbatda, o‘quvchilarda, o'zini shu dunyoda anglab yetish, boshqalar orasida o‘z o'rnitii topish bilan dunyoga, madaniyatga, atrofmuhitga qadriyatlami shakllantirishdan iborat. Lekin mana shu vazifani faqat o‘qitish jarayonida amalga oshirib boTmaydi: u individual manfaatlarini qondirish bilan bog‘liq dam olish doirasidagi o‘yin, mehnat, ijodiy faoliyat bilan ham bogTiq. Shunday qilib, xususan tarbiya tizimi innovatsiyalarini oTganish imkoniyati paydo bo’ladi. Uni yaratish va rivojlantirish jarayonida, har gal qator aniq masalalami hal etish kerak boTadi: yuqorida nomlari keltirilgan mualliflar ulaming beshtasini alohida urg‘u bilan ko‘rsatadilar:
1.Bolalarda dunyoning yaxlit va ihniy asoslangan ko‘rinishini shakllantirish.
2. Fuqarolik o‘zini anglashni, vatani taqdiri uchun javobgarlikni shakllantirish.
3.Bolalami umuminsoniy qadriyatlarga jalb etish. ular orasida mana shu qadriyatlarga mos bo’lgan xulqni shakllantirish.
4.0‘sib kelayotgan kelajak avlodda, shaxs xususiyatlari sifatida prespektivlikni, “ijodkorlik”ni shakllantirish.
5.0‘z-o‘zini anglashni shakllantirish, o‘zini amalga oshirishda bolaga yordam ko'rsalish.
Albatta, bu masalalar ro‘yxatini davom ettirish mumkin. Lekin har qanday holatda ham, mana shu vazifalaming o‘zi yuqorida sanab o‘tilgan tarbiyalash vazifalarining “alohidaligini” ko‘rsatadi. Yuqorida bayon etilgan didaktik qarashlarning turli jihatlarida innovatsiyalar yuzaga kelishi va shakllanishi imkoniyatlarini chuqur muhokama qilish kabi, ushbu masalada, tarbiya tizimini falsafiy va texnologik jihatlarda ko‘rib chiqishda tarbiyaviy innovatsiyalarni qo'llab o‘rganamiz. Tarbiya tizimini ko‘rib chiqishning falsafiy jihati -tatbiyaning mazmun-maqsadlarini asoslashni, uni konkretlashtirish va tarbiyaning kerakli mazmuni bilan aloqasini asoslab bcrishni ko‘zda tutadi. Biz avval aytganimizdek, biigungi kun qarashlari ostida, tarbiya tizimida ikki turlicha bo‘lgan konseptual (ko‘p jihatdan qarama-qarshi) yondashishlar mavjud. Birinchi yondashish tarbiya - bu bola shaxsiga o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lgan (falsafiy-pedagogik, g’oyaviy, psixologikpedagogik, ma’naviy va boshqa), ijtimoiy belgilangan va maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatishga asoslanadi. Bunday tarbiya ma’lum shakllarda (frontal, guruhli, individual) va ma’lum metodlar bilan amalga oshiriladi. “Tarbiya ta’sir ko‘rsatish sifatida” mana shu paradigmasida pedagog barcha choralar bilan samarali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishga erishishi kerak. U (pedagog) o‘zi beixtiyor, bolalar va ota-onalarning teng qimmatli ishtirokisiz, mana shu tizimda asosiy subyekt bo‘lib qoladi, chunki bolalar “olib boruvchilar” rolida ishtirok etadilar. Va, albatta, tarbiyada teng huquqli sherik hisoblanmaydilar. Bu yerda bola “tarbiya predmeti” sifatida ishtirok etadi va bolaning faolligi sifatida subyektivlik to‘g‘risidagi murojaat har gal “kerakligini faol o‘zlashtirish” yoki adaptiv faollik deb ataluvchi xususiyatga ega bo‘ladi. Bu yondashish biz ilgari keltirib chiqargan ijtimoiylashtirish kategoriyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq, bunda biz tarixiy ishlab chiqilgan ijtimoiy qoidalarni, qadriyatlar, munosabatlar, ma’naviy va moddiy madaniyat bilan munosabat usullarning inson tomonidan o‘zlashtirilishi jarayonini tushunamiz. Umumiy qabul qilingan tip asosida aytadigan bo‘lsak - bolani tarbiyalash (mana shu tushuntirilishda) - uni kattalar dunyosiga olib kirish, uni umumiy qonunlar bo‘yicha “birga kabi” yashashga o‘rgatish demakdir. Shunday qilib, ijtimoiylashtirish insonning “adaptik faollik’’ qobiliyatiga ega bo‘lishini ko'zda tutadi va maqsadga muvofiq jarayonlar (o'qitish va tarbiyalash) maktabgacha, maktab, maxsus kasb-hunar muassasalarida hamda tasodifiy omillar (oila, ommaviy axborot vositalari, san'at bilan muloqat qilish) ta’siri ostida amalga oshiriladi. Bu ta’sir ko'rsatish tarbiya tizimi (yoki ijtimoiylashtirish) insonparvarlikka zid kabi baholanishi mumkin emas, chunki u albatta, avtoretit vositalar bilan amalga oshirilishi shart emas. Unda o‘qituvchi va bolalar o‘rtasida insonparvarlik munosabatlari mavjud bo‘lishi, gumanitar qadriyatlar targ‘ib qilinishi, guruhli va individual ijodkorlik elementlari tatbiq qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ta’sir ko‘rsatishning tarbiya tizimi o‘zi tarbiya jarayoniga demokratik qadriyatlar va qoidalar kiritishi kerak (atrof-hayotdagi o‘zgarishlar ortidan): hayotni tashkil etish demokratik usullarini o'zlashtirish (bolalar hamjamiyatidan boshlab), boshqalarga nisbatan huquq va majburiyatlarini o‘zlashtirishga amal qilish. Lekin, tarbiya bilan bog’liq bu yondashish, muhit bilan bog‘liq bo‘lib chiqmoqda, Chunki bolaning hulqi va hayoti bu holatda to‘laligicha tashqi kuchlar bilan belgilanadi. Va unda yuung tanlovni amalga oshirish imkoniyati qolmaydi. Yetkazish kerak bo‘lgan qandaydir tarbiyaviy mazmun, mana shu tarbiyaviy standartdan kelib chiquvchi ijtimoiy-pedagogik-nazariy, bularning barchasi bolaning ichki “xohlayman” istagiga emas, balki tashqi “kerak” talabiga yo'naltirilgan metodlami talab etadi. Shuning uchun ushbu tarbiyaviy tizim qandaydir jazo va majburlashlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas. Tarbiyadan boshqa yondashish insonparvarlik tarbiyaviy tizimini yaratish bilan bog‘liq. Bu yondashish birinchi navbatda, biz ilgarigi bo‘limda batafsil ko‘rib chiqqan individuallashtirish jarayoni bilan mos keladi (lekin uni bola ijtimoiyiashtirish masalalarini iloji boricha yaxshi o'zlashlirib olishi maqsadi bilan bog'liq yondashish bilan adashtirish kerak emas). Yana bir bor eslatib o‘tamiz, individuallashtirish - bizning tushunishimizcha - bu bolada mavjud yoki o‘zining individual tajribasida egallagan yagona, alohida va o‘ziga xosligini ta’minlab turish va rivojlantirish bo‘yicha kattalarning hamda bolaning o‘zining faoliyatlaridir. Individuallashtirish, birinchidan, birlamchi asosiy ehtiyojlarini individual yo‘naltirilgan yordam ko‘rsatishni ko’zda tutadi. Busiz tabiiy “o‘zligini” his etish mumkin emas. Ikkinchidan, aynan mana shu individ uchun xos bo‘lgan tarbia bergan (meros bo'lib o‘tgan) jismoniy, intellektual, emotsional qobiliyatlar imkoniyatlarni maksimal, erkin amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishni ko‘zda tutadi. Va nihoyat, individuallashtirishning uchinchi belgisi, asosiy xislati - avtonom ma’naviy o‘zini qurishda, o‘zini ijodiy gavdalantirishda, “moslashuvchan bo‘lmagan faollik”, hayotiy o’z yo'lini tanlashdagi qobiliyatini rivojlantirishda insonga yordam ko'rsatishdir. Shaxsni individuallashtirish uning “o‘zligini” rivojlantirish, shunday qilib, keng ma’noda insonparvarlik tarbiyaviy tizimini tashkil etadi.Tarbiyada bunday yondashishning maqsadi, bolalarga, ulaming “subyektiv mavjudliklarini” tashkil etishda yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Buning uchun ushbu tarbiyaviy tizimda, insonga o'zini anglash va o'zini amalga oshirishda yordam beruvchi maxsus vositalar ishlab chiqiladi. Endi faqat pedagog emas, balki bolalaming o'zlari ham insonparvarlik tarbiyaviy tizimining subyekti hisoblanadi (bola asosan, tarbiya obyekti hisoblangan ta’sir ko'rsatish tarbiyaviy tizimidan uning asosiy farqi ham mana shundan iborat). Ushbu paradigmada pedagoglar ham, bolalar ham maktab oldida turgan maqsadlarini birgalikda aniqlashtiradilar, ulami amaliy vazifalar darajasiga ko’taradilar va hamkorlikdagi faoliyatda amalga oshiradilar. Maktab insonparvarlik tarbiyaviy tizimi samaraliligining muhim sharti bolalar va kattalami umumiy jamoaga birlashtirish hisoblanadi (lekin o‘z vazifalari bo'yicha turlicha bo‘lsa ham: bolalar, pedagoglar, ota-onalar). Bolalar va kattalaming o‘zaro munosabatlari ma’lum munosabatlami yuzaga keltiradi, ular birinchi navbatda tizimning tarbiyaviy imkoniyatlarini belgilaydi. Munosabatlar pedagoglar alohida g‘amho‘rligi bo‘lib qoladi. Har qanday insonparvarlik tarbiyaviy tizimi aniq tizim hisoblanadi. Uning tashkil topishi, faoliyati va rivojlanishida muhit, faqat tashqi ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida emas, balki ushbu tizimning o’zining tarkibiy qismida katta rol o‘ynaydi. Tarbiyaviy tizimlar ikki turini taqqoslash, tahlil qilish yakunida ta’sir koTsatish ta’lim tizimi va insonparvarlik tarbiya tizimi 0‘zinig predmeti mazmunida ham farq qilishini alohida aytib o‘tamiz, Birinchisi, birinchi navbatda, dunyoning ijtimoiy ko'rinishini o‘rganadi. Ikkinchi tizim o‘zini-o‘zi o’rganish usulini o‘rganadi. Ma’lum ijtimoiy qoidalami, qadriyatlami, munosabatlami yetkazib ta’sir ko‘rsatish tarbiya tizimi, bolalarda o‘zini anglashga qobiliyatni rivojlantirish masalasini o'z oldiga qo’ymaydi - bu uning predmeti hisoblanmaydi. . Insonparvarlik tarbiyaviy tizimi - bu boshqa gap. Inson tanlab olish subyekti sifatida ishtirok etar ekan, u bu tanlovni o‘ziga nisbatan amalga oshirishi ko‘zda lutiladi, demak o’zini anglash jarayonisiz bu tizimni amalga oshirish mumkin emas. Shuning uchun turli insonparvarlik tarbiyaviy tizimlar, hozirgi kunda, aynan mana shu yo‘nalishda rivojlanmoqda. Innovatsiya (anglagan holda, umuman yangilikni kiritish sifatida) ishchi (amaliy) tushunchasini eslab, aniq raisolda tarbiya tizimini falsafiy jihatdan qarashda, innovatsiya qanday shakllanishini ko’rsatamiz. Taqdim etilgan yondashishlarning har birida, innovatsiya yondashishlardan birini aniqlashtirish hisoblansa ham, har gal qandaydir yangi g‘oya bilan bogTiq boTadi. Masalan, tarbiya insonparvarlik paradigmasini muhokama qilib O.S. Gazman, birinchi navbatda, tarbiya maqsadini o'zini rivojlantirish va pedagogik yordam ko'rsatish g‘oyasi bilan bog‘laydi. Ko‘pchilik hozirgi zamon mualliflari insonparvarlik paradigmasini o’rganishlarida, shaxs rivojlanishiga ainal qilib o'zini rivojlantirishga ( yoki o‘zining “o'zligini” rivojlantirishga) turli tomonlardan yondashadilar. Ba’zi mualliflar ushbu so’zning keng ma’nosidan kelib chiqadilar; o'zini umumiylikka yetkazish, barcha odamlar uchun xosliklar, hammaga mos kclish, ya’ni u yoki bu sotsial ideologik talablarning kontekstidan chetga chiqadilar, umuminsoniylikning o'zini rivojlantirishdagi ahamiyatini ta’kidlaydilar. Mualliflar ikkinchi guruhi esa o'z diqqatini boshqacha qaratadilar; inson o'zining individualliligini, alohidaliligini, o'zining “o'zligini” rivojlantiradi (bu ko'pincha umiuninsoniylikni namoyon etish individual ifodalangan usullarini o'z ichiga oladi). O.S. Gazman "Erkinlik pedagogikasi; XXI asr insonparvarlik taraqqiyotidagi yo'l” nomli asarida “o'zini rivojlantirish” terminida, yuqorida aytilgan ikki mazmruini birlashtirish va o'zini rivojlantirishni faqat yagona subyektda taqdim etilishi mumkin bo'lgan yangi sifatni tashkil etish uchun insonning o'zida san’atni (madaniyatlilikni) to'plash, birlashtirish jarayoni sifatida tasavvur etishni taklif etadi. Faqat ijtimoiy va biologik emas, balki erkin (ekzestensial) mavjudot sifatida o'sib borayotgan inson to'g'risidagi tasavvur madaniyligi va tabiiyligi tamoyillarini erkinligi tamoyili bilan to'Idirilishini talab etadi. Shunday qilib, pedagogik yordam ishi, erkinlik. ijodkorlik, kattalar va bola o'rtasida haqiqiy demokratiya va insonparvarlikda yuzaga keladigan tarbiya, boshqa madaniyatga kiradi. Tarbiya maqsadini pedagogik yordam sifatida, mana shu umuman yangicha tushunish, mazmuni bo'yicha tarbiya tizimini falsafiy jihatdan qaralganda. innovatsiya hisoblanadi. U mana shu maqsadga mos yangi tarbiya texnologiyasini ishlab chiqishga olib keladi. Tarbiya texnologiyasi deganda biz, tarbiyaning ma’lum maqsadlariga erishishga qaratilgan maxsus pedagogik uslublar tizimini tushunamiz. Har qanday tarbiya metodikasi tarbiya texnologiyalaridan tashkil topadi. Masalan, jamoani rejalashtirish, o‘smirlar bilan aloqa o'rnatish. pedagogik diagnostika texnologiyasi va boshqalar. Agar texnologiya - bu tarbiya metodikasining yakunlangan qismi bo‘lsa (uning birligi), uslub esa o‘z navbatida bu umumiy yoki shaxsiy pedagogik madaniyatda qayd etilgan tarbiya texnologiyasiga nisbatan yakunlangan elementdir. Agarda uslub biror-bir tarbiya masalasi bilan barqaror bog‘liq bo‘Isa, u oddiy tarbiyaviy texnologiya bo‘iib qoladi. Masalan, sinfni mikroguruhlarga bo‘lish (qiziqishi bo‘yicha, qur’a tashlash bo‘yicha, yetakchilari bo‘yicha), hamkorlikdagi faoliyatda o‘yin rollarini yaratish usullari, guruhning muhokamada so‘zga chiqish tartibi va boshqalar - bulaming barchasi tarbiyaning aniq uslublariga misoliar. Lekin ulardan hech biri, qandaydir aniq tarbiyaviy masala bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq emas, shuning uchun mana shu uslublami turli xil texnologiyalarga kiritish mumkin. Mikroguruhlarga ajratish uslubini jamoa bo‘lib maqsadni belgilashda ham, hainkorlikda rejalashtirish va umumiy ishlami bajarish texnologiyasida ham qo‘llash mumkin, shuningdek guruhli tahlilni tashkil qilish usuli sifatida ham, muloqot reytingida mashqlar o‘tkazish uslubi sifatida ham qo‘llash mumkin. Shunga mos ravishda ishlab chiqilayotgan pedagogik yordam texnologiyalari ham ilgari ma’lum bo‘lgan uslublar yo‘nalishidan iborat bo‘lishi mumkin, lekin ulaming ma’lum tartibda tuzilgan ketnia-ketliklari yangi tarbiya vazifalariga javob bera boshlashi mumkin. Pedagogik yordam texnologiyasi - bu о‘sib borayotgan odamning boshqalardan o‘zining farqini anglab yetishiga yordam bemvchi o‘zining bo‘shligi va o‘z kuchi - jismoniy, intellektual, ma’naviy, ijodiy vositalardan foydalanishi tizimidir. Bu ta’lim olishda mustaqil va muvafaqqiyatli ilgari borishi, shaxsiy hayot yo‘li va hayot mazmunini tanlashi uchun zarurdir. Ushbu texnologiyani amalga oshirish o‘quvchining savolidan boshlanadi: “Men kim bo‘laman!”, “Qanday bo‘lishim kerak?”. Pedagog bilan birgalikda mana shu savollami muhokama qilish yana boshqa bir mustaqil savolni ham keltirib chiqaradi; “Qanday yashash kerak?” Maxsus tashkil etilgan maslahatlar orqali aynan mana shu o‘quvchiga xos bo‘lgan individual hayot tarzi asta-sekin tuziladi, intelektual, emotsional, jismoniy yuklamalar qulay rejimi tanlanadi. O‘quvchi pedagog yordamida muvafaqqiyat va baxtsizliklarga bardosh berishning o‘zi uchun mos usullarini topadi, mehnat faoliyatining mos turini aniqlaydi, bo‘sh vaqtini, uzluksiz ish shakllari, odamlar bilan munosabatlar xususiyatlarini belgilaydi. “Pedagogik yordam” tushunchasining scmantik ma’nosi birinchi navbatda faqatgina biror narsaga kamroq ega bo'lgan odamgagina yordam ko‘rsatish va qo'llab-quvvatlash mumkinligidan iborat. Shuning uchun bolaning o'zida biror narsani bilish istagi paydo bodsa va bu yo‘lda uning oldida qiyinchiliklar paydo bo‘lsa - pedagogik yordam harakatga keladi. Shunday qilib pedagogik yordam texnologiyasi, birinchi navbatda, vaziyatga javob qaytarishdan navbatida bu texnologiya turli uslublardan baholash algoritmik uslub hisoblanadi. Bola faoliyatini tuzatish va baholash yomon”, “to‘g‘ri-noto'g‘ri”, iborat bo‘ladi. O‘z iborat. Ulardan biri - munosabati: “yaxshi, “mumkin-mumkin emas” kabilar ma’lum yosh bosqichida belgilar xulqi doirasini belgilaydi. Bu uslub o‘qituvchi obro'si hali juda kuchli bodmagan kichik maktab yoshidagi o'quvchilar uchun ancha samarali bo‘ladi. Pedagogik yordam texnologiyasini amalga oshirish uchun yangi bir uslub - ijtimoiy ko‘nikmalar kursini kiritish maqsadga muvofiq. Ushbu kurs etik madaniyat, ijtimoiy munosabatlar, shaharlararo munosabatlar, qaror qabul qilish, o'zini anglash kabi fanlardan iborat bo'lishi mumkin. Ushbu ikki fan - akademik emas balki labaratoriya - amaliy mashg'ulotlar yoki o'zini namoyon etish va o'zaro aloqalar hamda hamkorlik tajribasi uchun jamoani ijodkorlik bo'yicha mashg'ulotlar ko'rinishida qurilishi juda muhim.
O‘quvchi yoshlarga ijtimoiy - huquqiy bilim berishning asosiy maqsadi, ularda ijtimoiy - huquqiy tushunchalarni shakllantirish va shu asosda huquqiy tarbiyaga erishishdan iboratdir. Huquqiy bilim olish jarayonida o‘quvchilar Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan o‘z huquq va yerkinliklarini bilish, ulardan foydalanish va hayotga tatbiq etishga erishishi lozim. Yoshlarning ijtimoiy - huquqiy madaniyatini oshirish nafaqat ta’lim muassasalari, balki oiladan boshlanadi. Huquqiy bilimlar hayotda, har xil aniq vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘nalish olish, ruxsat yetilgan va taqiqlangan narsalar o‘rtasidagi chegarani topa bilish, o‘z huquq va manfaatlarini himoya etishning qonuniy yo‘llari va vositalarini tanlashga o‘rgatadi. Ijtimoiy - huquqiy bilimlar siyosiy saviyani kengaytiradi, e’tiqodlar shakllanishiga, hayotdagi huquqiy xodisalarni to‘g‘ri tushunish, huquqiy talablarga ongli ravishda rioya yetish, barcha fuqarolarning ijtimoiy-huquq normalari (qoidalari)ga amal qilish uchun faol kurashishga ko‘maklashadi. Har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklaridan foydalana bilsa, tushunsa, ko‘plab muammolarning oldi olinadi. Qolaversa, o‘zgalarning ham huquqlariga xurmat nigohi bilan qaraydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida “Biz jamiyatimizda shunday huquqiy madaniyatni shakllantirishimiz kerakki, unga muvofiq Konstitutsiya va qonunlarga amal qilish, boshqalarning huquq va erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish majburiyat emas, balki kundalik qoida va odatga aylanishi shart” deya ta’kidlagan edi. Umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy madaniyatning negizini huquqiy ong, huquqiy tafakkur tashkil etadi. Huquqiy ong shaxsning jamiyatdagi o‘rnini belgilaydi, jamiyat a’zolarining huquqiy ongi qanchalik yuqori bo‘lsa, huquqiy normalarda belgilangan talablarning bajarilishi ham shunchalik to‘liq va aniq bo‘ladi. Huquqiy madaniyatni yuksaltirish uchun, eng avvalo, huquqiy ta’lim va tarbiya, boshqacha aytganda huquqiy ma’rifatni takomillashtirish zarur. Huquqiy ma’rifatning asosiy maqsadi shaxsda huquqiy ongni shakllantirish, ya’ni huquqiy normalarning mazmun-mohiyatini bilish, ularga hurmatni va ixtiyoriy, ongli ravishda rioya qilishni tarbiyalash bo‘lib, u bosqichma-bosqich berilishi lozim. Zamon shiddati jadal, dunyo ham, undagi jamiyatlar ham tez o‘zgarmoqda. Biz esa ko‘p yillar davomida bu o‘zgarishlar shiddatini quvib yetolmadik. Albatta, odamlarimizning ongi, dunyoqarashi o‘zgardi. Ammo huquqiy madaniyat darajasi kutilganidek yuksalmadi. Bu bir qancha omillarga bog‘liq. Mana shu omillardan biri o‘quvchilarga kichik maktab yoshidan boshlab ijtimoiy-huquqiy tarbiya berish metodikasiga alohida e’tibor qaratish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biridir. Demak, bugungi o‘qituvchi oldida turgan asosiy masala o‘quvchiga sifatli bilim berish bilan birga zamon talablari asosida maktab o’quvchilarida huquqiy ongni shakllan tirishga poydevor yaratishimiz, boshlang’ich sinflardan o‘quvchilar ongida ijtimoiy–huquqiy tarbiyaning ilk tushunchalarini tarkib toptirishga harakat qilishimiz lozim. Inson yoshligidan qancha keng qamrovli ijtimoiy - huquqiy bilimga ega bo’lsa, shu darajada madaniyatli bo’la boradi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi milliy dasturida: «Ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy ta’lim hamda tarbiyasini takomillashtirish», - zarurligi alohida ta’kidlangan. Shuning uchun huquqiy ta’limtarbiyaning maqsadi har bir o’quvchiga amaliy faoliyatida zarur bo’ladigan huquqiy bilimlarni belgilangan davlat standartlaridan kam bo’lmagan hajmda olish imkoniyatlarini berishdan iboratdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy tushunchalarni shakllanтиришda ularga o’qitiladigan o’qish, odobnoma, onatili, tarbiya fanlarining ahamiyati katta. Yuqoridagilardan kelib chiqib, boshlang‘ich sinf Tarbiya darslari asosida o‘quvchilar ongida ijtimoiy-huquqiy tarbiya tushunchalarini shakllantirish va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan metodlar tahlilini keltirib o‘tamiz.

Download 51,39 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Download 51,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Mehnat va kasbiy ko'nikmalar vositasida o'quvchilarni ijtimoiylashtirish Mundarija: kirish I bob. Mehnat tarbiyasining o’quvchilarni ijtimoiylashtirishda tutgan o’rni

Download 51,39 Kb.