|
Mavzu: menejment texnologiyasi reja
|
bet | 3/3 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 31,25 Kb. | | #131964 |
Bog'liq Mavzu menejment texnologiyasi reja-kompy.infoMuvofiqlashtirish
Muvofiqlashtirish — boshqaruvning boshqaruv tizimi elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va muvofiqlikni ular o‘rtasida oqilona aloqalar (kommunikatsiyalar)ni o‘rnatish yo‘li bilan ta’minlashga qaratilgan vazifasidir. Bu aloqalarning xarakteri turli-tuman bo‘lishi mumkin, chunki u muvofiqlashtirilayotgan jarayonlarga bog‘liqdir. Shuning uchun bu vazifalarni bajarish uchun ham xilma-xil hujjatli manbalar (hisobotlar, axborotlar, tahliliy ma’lumotlar)dan va majlislar, kengashlarda, intervyu berishda muammolarni muhokama qilishda vujudga keladigan natijalardan foydalanishi mumkin. Bunda tashkilot ishini me’yorida borishidan chetga chiqishlarga tez e’tibor qaratishga yordam beruvchi texnik aloqa vositalari katta rol o'ynaydi. Aloqaning ushbu va boshqa shakllari bilan tashkilot tizimchalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatiladi, resurslar bilan manevr qilish amalga oshiriladi. Muvofiqlashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:
— alohida bo‘linmalar, rahbarlar, xodimlar o‘rtasidagi muvofiqlik va o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
— boshqaruv jarayoni barcha xizmatlarining birligi va muvofiqligini ta’minlash; — tashkilot bo‘linmalari va lavozimli shaxslar faoliyatining tashqi muhit subyektlari, ish bo‘yicha hamkorlari bilan muvofiqligini ta’minlash;
— kompaniyaning ijrochi direktorlari bilan uning budjeti loyihasining asosiy parametrlarini (bo‘linmalar budjetlarini batafsil ishlab chiqishga qadar) jamoaviy ishlab chiqish va muvofiqlashtirish. Muvofiqlashtirishni bir necha turlarga bo‘lish mumkin:
— preventiv, bunda muammolar, qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari bashorat qilinadi va adekvat choralar ko‘riladi;
— bartaraf etuvchi, u tizimdagi uzilishlarni ular sodir bo‘lgandan keyin tugatishga mo‘ljallangan;
— tartibga soluvchi, u boshqaruv tizimlari va ishlab chiqarishni ma’lum doiralarda qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan;
— rag‘batlantiruvchi, boshqaruv tizimlari va ishlab chiqarishning samaradorligini oshiradi.
Barcha bosqichlardagi rahbarlar va ijrochilarning mustaqilligi va m as’uliyatini o'sishi sharoitida norasmiy aloqalar deb ataluvchilarning o‘sishi sodir bo‘ladi, ular boshqaruv tuzilmasining bitta bosqichida bajariladigan ishlarni gorizontal muvofiqlashtirilishini ta’minlaydilar. Shuning bilan bir vaqtda vertikal muvofiqlashtirishga zarurat qisqaradi, bunda boshqaruv tuzilmasi «tekis» bo‘lib qoladi
Nazorat Boshqaruv jarayonining nazorat vazifasi qabul qilingan qarorlarning boshqaruv tizim i haqiqiy holati, haqiqiy erishilgan natijalar va rejalashtirilgan maqsadlarga mosligi darajasini belgilaydi, chetga chiqishlar va ularning sabablarini aniqlaydi. Shuning uchun ham 4.1-rasmda «nazorat»dan chiquvchi o‘q «rejalashtirish» tomon ketadi. 83 Qoidaga ko‘ra, nafaqat «miqdoriy» balki «sifat» ko‘rsatkichlari ham nazorat qilinadi. Nazoratni quyidagicha tasniflash mumkin:
— nazorat obyektlari bo‘yicha;
— ijrochilar bo‘yicha;
— qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha;
— nazorat obyektidan bundan keyin foydalanish imkoniyati bo‘yicha;
— munosabatlarning turi bo‘yicha;
— ochiqlik alomati bo‘yicha;
— qo‘lami bo‘yicha;
— o‘tqazish uslibiyoti bo‘yicha;
— axborotni olish va ishlab chiqish usuli bo‘yicha;
— undovchi ahamiyatining darajasi bo‘yicha;
— bajariladigan operatsiyalarning obyektlari bo‘yicha (bir vazifali va ko‘p vazifali); — xarakteri bo‘yicha (uzluksiz va davriy);
— nazorat qilinayotgan miqdorlarning soni bo‘yicha (yagona yoki bir o‘lchamli, ko‘p yoki ko‘p o‘lchamli);
— obyektlarni nazorat tomonidan qamrab olinishi darajasi bo‘yicha;
— nazoratning tartibi bo‘yicha;
— nazoratning vaqti bo‘yicha
; — nazorat operatsiyalari boshqarilishi davriyligi bo‘yicha;
— mexanizatsiyalashish (avtomatlashish) darajasi bo‘yicha;
— obyektning yashash davrasi bosqichlari bo‘yicha.
Nazorat yana dastlabki, joriy va xulosaviy bo‘ladi. Birinchisi ishlarni haqiqiy boshlanishiga qadar o‘tkaziladi, unda standartlar o‘rnatiladi, yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlarning ko‘lami belgilanadi va h.k. Xo‘jalik jarayoni bosqichida amalga oshiriladigan nazorat joriy degan nomga ega. Uning vazifasi xo‘jalik operatsiyalari va ishlab chiqarish vazifalari bajarilishidagi kamchiliklarni operativ aniqlash va o‘z vaqtida ularning oldini olishdir. Yakuniy nazorat ish bajarilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda olingan natijalar ko‘zda tutilganlar bilan solishtiriladi.
Nazoratni amalga oshirishda amal qilinishi kerak bo‘lgan asosiy tamoyillarni ajratish mumkin, bular: — nazoratning strategik yo‘naltirilganligi; — nazorat natijalariga yo‘naltirilganligi; — nazoratning o‘z vaqtidaligi; — nazoratning egiluvchanligi; — nazoratning ochiqligi; — nazoratning samaradorligi. Nazorat vazifasini bajarishning asosiy qurollari — kuzatish, faoliyatini har tomondan tekshirish, hisobga olish va tahlil qilishdir. Boshqaruvning umumiy jarayonida nazorat teskari aloqaning elementi sifatida bo‘ladi, chunki uning m a’Iumotlari bo‘yicha oldin qabul qilingan qarorlar, rejalar va hatto me’yorlar, normativlarga tuzatishlar kiritish amalga oshiriladi. Samarali qo‘yilgan nazorat albatta strategik yo‘nalishga ega bo‘lishi, natijalarni m o‘ljallashi, yetarlicha oddiy bo‘lishi kerak. Keyingi talab ayniqsa hozirgi sharoitlarda muhimdir, chunki hozir tashkilot o‘z ishini kishilarga ishonch tamoyilida qirishga harakat qilmoqda, bu esa bevosita menejer tomonidan bajariladigan nazorat vazifalarini ancha qisqartirish zarurligi va imkoniyatiga olib keladi. Bunday sharoitda nazorat yumshoqroq va tejamli bo‘ladi. Nazoratni amalga oshirish uchun barcha rejalar, dastur va vazifalarning bajarilishini hisobga olish talab etiladi. Bunda miqdor, sifat, xarajatlar, ijrochilar va muddatlar parametrlari bo‘lishi mumkin. Resurslarning sarflanishini tovarlarning barcha turlari, yashash davri bosqichlari va bolinm alari bo‘yicha hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Hisobga olishga quyidagi talablar qo‘yiladi: — m a’lumotlarning to‘liqligi, ya’ni hisobni boshqaruv tizim ining barcha elementlari bo‘yicha olib borish; — dinamiklik, ko‘rsatkichlarni dinamikada aks ettirish; — tizimiylik; — soddalik;
— kompyuter texnikasi asosida avtomatlashtirilganlik; — iqtisodiylik; — vorislik. Boshqaruv tizim ini faoliyat yuritishi ustidan muntazam va sifatli hisobga olish va nazoratni amalga oshirilishi uning yuqori samaradorligining muhim sharti bo‘ladi. Tashqi muhit bilan murakkab o‘zaro munosabatlarga ega zamonaviy tashkilotlar boshqaruv jarayonida mavjud ko‘rib chiqilgan umumiy vazifalardan farqliroq bir qator maxsus vazifalarni amalga oshiradi: marketing, ishlab chiqarish, moliya, xodimlar, inno vatsiyalar va boshqalarni boshqarish. Bu vazifalarning har birini korxonani boshqarish bo‘yicha ishning ma’lum turi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bu ishning boshqaruvda mehnatni taqsimlash jarayonida ajralib chiqadigan, obyektiv xarakterga ega, nisbatan mustaqil uchastkalaridir.
http://kompy.info
|
| |