• Konveyerda yig‘ish va yirik blokli montaj
  • Tomyopma bloklari konstruksiyalari va ularni yig‘ish usullari. Konveyerda yig‘ish. Konveyer qoshidagi material va konstruksiyalarning omborlari.
  • Og‘ir turdagi binolar montaji




    Download 35,27 Kb.
    bet4/7
    Sana15.05.2024
    Hajmi35,27 Kb.
    #235573
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    ilhomaka1

    Og‘ir turdagi binolar montaji. Bunday binolarga og‘ir mashinasozlik zavodlarining sexlari kiradi. Og‘ir tipdagi binolar murakkab konstruktiv yechimlarga ega, montaj elementlari ba’zida 100 t dan oshib ketadigan og‘ir massaga ega, shuning uchun ratsional-oqilona ishlab chiqarish texnologiyasini tanlashda IBL puxtalik bilan sinchiklab ishlab chiqilishi talab qilinadi.
    Katta ish hajmiga ega bunday binolarni montaji, (20...30 ming t metall konstruksiyalari), ko‘pincha tor va siqiq sharoitlarda bajarilganligi uchun, katta quvvatli montaj uskunalari, maxsus moslamalar va jihozlar qo‘llanilishini talab qiladi.
    Konveyerda yig‘ish va yirik blokli montaj
    Bu konveyerli yig‘ish va yirik blokli montaj usuli birinchi marta MDH davlatlaridan Rossiyada 1970 yil Gorkiy avtomobil zavodi qurilishida, 12×24 m li o‘lchamga va massasi 40 t bo‘lgan 432 tomyopma bloklarini montaj qilishda ishlatilgan. Bloklar juft stropilaosti fermasi va ikki stropila fermasi va qushimcha kengligi 12 m bo‘lgan svetoaeratsion fonardan iborat. Tayyor bloklar faqat metall bloklardan iborat bo‘lmay, ular tomqoplamani qurilish qismlarini (bug‘dan himoyalash qatlami, issiqlik saqlovchi qatlam, o‘rama ashyo qatlami, graviyli himoya qatlami) va sanoat o‘tkazgichlarini (havo almashtirgich, havo uzatgichlar, santexnika jihozlari va b.) o‘z ichiga olgan ya’ni to‘liq tayyor qurilish bloklari bo‘lgan. Loyihadagi holatida qurilish ishlaridan faqat bloklarni chetlaridagi tomqoplamalarini tutashtirish ishlari bajarilgan.
    Tomyopma bloklari konstruksiyalari va ularni yig‘ish usullari.
    Konveyerda yig‘ish. Konveyer qoshidagi material va konstruksiyalarning omborlari.
    Tomyopma bloklari konstruksiyalari. Tomyopma bloklari – bu fazoviy sistema, bo‘lib, uni o‘zgarmasligi konstruksiyadagi gorizontal va vertikal bog‘lovchilar borligi, hamda metall profilli to‘shama hosil qilgan ―disk‖ orqali ta’minlanadi.
    Bloklarni o‘lchamlari modul 6 m bo‘lganda 12×18 m dan 36×36 m gacha, bloklarni maydoni 216 ... 1300 m2, massasi 30 ... 190 t. Dastlab tayyorlanib va montaj qilingan maydoni bo‘yicha eng katta bloklar o‘lchami 24×144 m va massasi 640 t bo‘lgan. Hamma bloklar yorug‘lik va aeratsiya fonarlari bilan jihozlangan bo‘lgan.
    Bunday bloklarni montaj qilishdagi kamchiliklardan biri uni montajidagi geometrik o‘zgarmasligini ta’minlash konstruksiyani og‘irlashuviga olib keladi. Shuning uchun tayyorlanishida, ko‘chirishda va montajni qulayligini ta’minlash uchun qiyinchilik tug‘dirgani va fazoviy bikrligini ta’minlash qiyin bo‘lgani uchun, keyinchalik o‘rnatish tartibida ―blokni-blokka‖ prinsipi qo‘llaniluvchi blok konstruksiyalari ishlab chiqilgan. Bunda asosiy ish hajmi tomyopmani barpo etish konveyerda bajarilib, ishlarni mehnat sarfining faqat 10…12% bloklarni balandlikda maxkamlash va tom choklarga ishlov berish tashkil etadi.
    Tomyopma bloklarining turlari 50 dan oshiq bo‘lib, asosan loyixalashdagi asosiy tendensiya- intilishlar uchta .

    1. Simmetrik bloklar – ularda 2 ta stropila osti fermasi va 2 ta stropila fermasi ustunlar o‘qidan 3 m ga siljigan.

    2. Kvazisimmetrik bloklar – ularda 2 ta stropila osti fermasi va 3 ta stropila fermasi, ulardan ikkita chetkisi yengillashtirilgan ustun o‘qlari bo‘ylab joylashtirilgan bo‘lib, ular kam yuk ko‘tarish yuzasi uchun xisoblangan bo‘ladi.

    3. Simmetrik bo‘lmagan bloklar – bunda fermalardan bittasi bo‘lmaydi (stropilaosti fermasi yoki stropila fermasi).


    Download 35,27 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 35,27 Kb.