Tayyor bloklarni yig‘ish usullari




Download 35,27 Kb.
bet5/7
Sana15.05.2024
Hajmi35,27 Kb.
#235573
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ilhomaka1

Tayyor bloklarni yig‘ish usullari. Qurilish amaliyotida bloklarni yig‘ishni uch xil usuli qo‘llaniladi – oqimli-stendli, konveyerli va stendli – konveyerli.
Oqimli-stend usulida yig‘ish liniyasi (qatori) bir necha qator statsionar stendlarni yig‘ish bilan xosil qilinadi, ularda metall konstruksiyalarini yiriklashtirishdan to tom qoplamalarini barpo etishgacha bo‘lgan kompleks ishlar ketma-ket bajariladi. Stendlar bevosita barpo etilayotgan binoga va bir vaqtda metall konstruksiyalari va qurilish materiallari omborxonalariga yaqin joylarga joylashtiriladi. Stendlar supalar va yuk ko‘taruvchi mexanizmlar bilan jihozlanadi. Tomyopma bloklari ishlarni bajarish jaraenida qo‘zg‘almas bo‘ladi. Stenddagi ishlarni ixtisoslashlashtirilgan metallkonstruksiya montajchilari, quruvchilar va texnologik uskunalarni montajchilarining mobil zvenolari bajaradi. Ishchilarning turg‘un ish joyi mavjud emas, ular bir statsionar blokdagi ishni to‘gatib , shunday ishlarni bajarish uchun boshqa yangi bazaga, boshqa stendga ko‘chishadi.
Ammo bu o‘tishlar va asboblarni, materiallarni va mexanizmlarni ko‘chirishlar ko‘p miqdordagi ish vaqtini yo‘qotilishiga olib keladi, ayniqsa stendlar soni ko‘p bo‘lganda. Lekin stendli usulda ishlarni bir xil maromda bajarilishi − ritmiylik ta’minlanadi va bloklardagi ishlarni davomiyligi bir xil bo‘lishiga erishiladi. Tayyor bloklar transportlarda tashilib, shu ishlar uchun mo‘ljallangan mexanizmlar bilan odatdagi tartibda montaj qilinadi.
Konstruksiyalarni oldindan bloklar tarzida yiriklashtirish montaj ishlarini bajarishda ko‘p afzalliklarga ega:

  • oqim-stend liniyasini qurish uchun kam miqdorda material va mehnat xarajati;

  • ishchilarni mahsulot ishlab chiqarishi 1,3 ... 7 barobarga oshadi;

  • montaj qilishda iqtisodiy samaradorlik elementlab montaj qilishga nisbatan yuqori bo‘ladi;

  • bloklarni yig‘ish uchun nisbatan arzon va yuk ko‘taruvchanligi kam montaj kranlarini qo‘llanilishi;

  • yig‘ishdagi yuqorida bajariladigan xavfli ishlarni mustasno bo‘lishi, chunki barcha ishlar yerda yoki surilar bilan jihozlangan stendlarda bajariladi;

  • bir marotaba ko‘tariladigan yuk massasi oshadi;

  • doimiy nazorat bemalolligi ishlar sifatini sezilarli darajada oshiradi;

  • umumiy ishlarni davomiyligi kamayadi.

  • asosiy yuk ko‘taruvchi montaj mexanizmidan samarali foydalaniladi va uning turib qolishi mustasno bo‘ladi.

Yig‘ish stendlarini soni asosan 2 ta dan 6 ta gacha, va shunga mos ravishda ( yarasha) bir sutkada 1 ta dan 5 ta gacha bloklarni yig‘ish mumkin.



Download 35,27 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 35,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyor bloklarni yig‘ish usullari

Download 35,27 Kb.