Blokli montaj usullari. Usulning afzalligi va qullanilishi




Download 35,27 Kb.
bet7/7
Sana15.05.2024
Hajmi35,27 Kb.
#235573
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ilhomaka1

4.Blokli montaj usullari. Usulning afzalligi va qullanilishi.
Konveyerli yig‘ish va yirik blokli montaj har-xil usullar bilan bajarilib bo‘lib, konveyer liniyasini joylashishi va ishlatilayotgan asbobuskunalar bilan farqlanadi.
To‘liq tayyor bo‘lgan blok uzatadigan aravacha yordamida konveyerga ko‘ndalang yo‘l bo‘ylab uzatiladi va elektr chig‘irlari yordamida siljitilib suriladi.
Yuk ko‘tarish-tashish transport mexanizmlarlari bilan bloklarni oraliq bo‘ylab, o‘rnatish joyigacha tashishga quyidagi faktorlar ta’sir etadi:

  • blok massasi;

  • binoning yer ostki qismining barpo etish davridagi texnologik uskunalar poydevorlarining, kommunikatsiyalarini ko‘pligi va ularni barpo etish usullari va boshqalar (ochiq yoki yopiq).
    Shu asosiy mezonlardan kelib chiqqan holda bloklarni konveyerdan ko‘chirishni ikkita asosiy sxemasi ishlab chiqilgan:

  • blok yuk ko‘taruvchi–transport mexanizmlari, uskunalar va konstruksiyalar yordamida o‘rnatiladigan joyiga yerdagi yo‘llar orqali ko‘chirilib va u yerda ko‘tarilib loyiha holatiga o‘rnatiladi;

  • blok konveyerdan ko‘tarilib, bino karkasining yuk ko‘taruvchi konstruksiyalari – kranosti to‘sinlari yoki stropilaosti fermalariga tushirilib va loyiha holatiga surilib ko‘chiriladi.

Tayyor bloklarni oraliq bo‘ylab ko‘chirishni quyidagi usullari ishlab chiqilgan va qo‘llaniladi:

  • kranosti to‘sinlari usti bo‘ylab harakatlanadigan past bo‘yli o‘rnatgichlar bilan;

  • o‘ch oraliqni o‘rtasida relsli yo‘llarda harakat qiluvchi og‘ir minorali kran yoki og‘ir yuk ko‘taruvchi o‘ziyurar gusenitsali kran bilan;

  • maxsus yuk ko‘taruvchi konstruksiya bilan;

  • har bir oraliqda o‘zining rels yo‘llarida harakatlanidigan baland o‘rnatuvchilar bilan;

  • pnevmog‘ildirakli baland o‘rnatuvchi yordamida;

  • oldindan montaj qilingan stropilaosti to‘sini yoki ferma bo‘yicha harakatlanadigan past bo‘yli o‘rnatgichlar bilan;

  • bloklarni o‘ch oraliqda o‘rnatuvchisiz montaj qiladigan keng oraliqli chorpoyali kran bilan.

Download 35,27 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 35,27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Blokli montaj usullari. Usulning afzalligi va qullanilishi

Download 35,27 Kb.