|
SELECT REP, CUST, SUM(AMOUNT)
FROM ORDERS
GROUP BY REP, CUST
ORDER BY REP, CUST
|
bet | 12/18 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 84,3 Kb. | | #135637 |
Bog'liq Mavzu Microsoft Access dasturida hisobotlar yaratish. Reja-fayllar.orgSELECT REP, CUST, SUM(AMOUNT)
FROM ORDERS
GROUP BY REP, CUST
ORDER BY REP, CUST
Shunday qilib GROUP BY ifodasi SELECT ni guruhlarni qayta ishlashga majbur
qiladi.
MS SQL serverida COMPUTE ifodasi mavjud bo‗lib relyasion so‗rovlar
asoslariga zid keladi. Lekin uning yordamida saqlanuvchi protseduralardan
foydalanmasdan shunga o‗xshash natijalarni olish mumkin. Ruruxlanishli so‗rovlar
uchun chegaralar mavjud. Satrlarni hisoblanuvchi ifoda asosida guruhlash mumkin
emas. Qaytarilao‗tgan qiymatlar elementlariga ham chegaralar mavjud.
Qaytariluvchi ustun bo‗lishi mumkin:
1. Konstantalar.
2. Guruhga kirgan hamma satrlar uchun bitta qiymat qaytaruvchi agregat funksiya.
3. Guruh hamma satrlarida bir xil qiymatga ega guruhlash ustuni.
4. Ko‗rsatilgan elementlarni o‗z ichiga oluvchi ifoda.
Odatda guruhlanishli so‗rovlar qaytaruvchi ustunlarga guruhlash ustuni va agregat
funksiya kiradi. Agar agregat ko‗rsatilmasa GROUP BY dan foydalanmasdan
DISTINCT ifodasidan foydalanish yetarli. Agar so‗rovga guruhlash ustuni
qo‗shilmasa, u yoki bu satr qaysi guruhga tegishliligini aniqlash mumkin emas.
SHu kabi SQL92 guruhlanishli so‗rovlarni taxlil qilishda birlamchi va ikkilamchi
kalitlar haqidagi ma‘lumot ishlatilmaydi. Har bir xizmatchi uchun buyurtmalar
umumiy sonini hisoblash.
SELECT EMPL_NUM, NAME, SUM(AMOUNT)
FROM ORDERS, SALESREPS
WHERE REP = EMPL_NUM
GROUP BY EMPL_NUM, NAME
Yana soddaroq shakl: Har bir xizmatchi uchun buyurtmalar umumiy sonini
hisoblash.
SELECT NAME, SUM(AMOUNT)
FROM ORDERS, SALESREPS
WHERE REP = EMPL_NUM
GROUP BY NAME
Agar guruhlash maydonlaridan birida NULL qiymat mavjud bo‗lsa qaysi guruhga
tegishli bo‗ladi? WHERE ifodasida NULL va NULL tenglikka solishtirish natijasi
yana NULL beradi. SHuning uchun ANSI/ISO standartida GROUP BY ifodasida
NULL qiymatlar teng deb qabul qilingan.
Guruhlash va HAVING yordamida ajratish
Shart bo‗yicha satrlarni ajratish uchun WHERE ifodasidan foydalangan
edik. Shart bo‗yicha guruhlarni ajratish uchun HAVING operatori mavjuddir.
Uning sintaksisi WHERE operatori bilan bir xil va ulardan birgalikda foydalanigsh
mumkin. Quyidagi so‗rovni ko‗ramiz:
Buyurtmalar umumiy narxi $300 dan ortiq xizmatchilar uchun buyurtma o‗rtacha
narxi qanchaga teng?
|
| |