• Kalsit ohakli shpat
  • Mavzu: Minerallar klassifikatsiyasi sulfatlar, karbonatlar




    Download 54,04 Kb.
    bet8/15
    Sana08.02.2024
    Hajmi54,04 Kb.
    #153380
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
    Bog'liq
    Mavzu Minerallar klassifikatsiyasi sulfatlar, karbonatlar-fayllar.org

    Galit yoki osh tuzi — NaS1, galoidlar sinfi­ga kiradi. Qattiqligi —2-2,5. Solishtirma og‘irli­gi —2-2,2 g/sm3, shishasimon yaltiroq, ulanishi mukammal. Rangsiz, oq, kulrang, sariq, qizil, pushti, qo‘ngir, tiniq, chizig‘ining rangi oq. Kub singoniyali, galit murt, mazasi sho‘r, suvda yaxshi eriydi. Kelib chiqishiga ko‘ra kimyoviy cho‘kindi bo‘lib, dengiz va kul suvlarining bug‘lanishidan, osh tuzining cho‘kishidan hosil bo‘ladi. Ishlatilishi: galit asosan oziqovqat sanoatida, qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladi. Ot tuzidan xlorid kislotasi, xlor, sodalar olinadi, bular metallurgiyada, meditsinada ishlatiladi.
    16. Karnallit — KS1 • MgSl2 • 6H2O, galoidlar sinfiga xos, qattiqligi —2-3. Solishtirma og‘irligi—1,6 g/sm3, shishasimon yaltiroq. Toza karnallit rangsiz, sutga o‘xshash oq, och qizil, pushti, chizig‘ining rangi oq, ulanishi yo‘q. Romboedr siigoniyali. Murt mi­neral, mazasi achchiq-sho‘r, achituvchi, suvda engil eriydi. Dengizda kimyoviy cho‘kindilardan paydo bo‘ladi. Karnallit qishloq xo‘jaligida kaliy o‘g‘iti olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Kimyo sanoatida kar­nallit kaliy va magniy tuzlari olishda qo‘llaniladi.
    17. Kalsit ohakli shpat — SaSOz, karbonatlar sinfiga xos. Qattiqligi —3. Solishtirma og‘irligi—2,7 g/sm3, shishasimon yaltiroq, rangi oq, sariq, kulrang, yashil. CHizig‘ining rangi oq, ulanishi mukammal, trigonal singoniyali. Murt mineral, kuchsiz xlo­rid kislota ta’sirida engil eriydi, gaz ajralib chiqadi. Kelib chiqishiga ko‘ra ko‘pchilik kalsitlar issiq va sovuq suv eritmalaridan hosil bo‘lgan. Bundan tashqari, kalsit organik qoldiqlardan — dengiz, okeanlarda yashaydigan har xil chig‘anoqlar, mollyuskalar, marjonlar, trelobolitlar va boshqa hayvonlar qoldiqlaridan kelib chiqadi. Kalsit metamorfik jarayonlarda marmarni tashkil etadi. Tiniq rangli kristallari Islandiya shpati deyiladi. Islandiya shpati nurni ikkiga bo‘lib o‘tkazadi, ular polyarizatsion priborlar, nikel prizmalari tayyorlashda qo‘llaniladi. Oxaktoshlar va sement materiallari qurilishda qotishma sifatida, metallurgiya sanoatida ishlatiladi.
    18.
    Download 54,04 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




    Download 54,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Minerallar klassifikatsiyasi sulfatlar, karbonatlar

    Download 54,04 Kb.