Mavzu: Mobil texnologiyalar uchun dasturiy vositalar yaratishda qo‘llaniluvchi dasturlash tillari Reja




Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana06.11.2023
Hajmi1.11 Mb.
#94637
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MOBIL ILOVA YARATISH
xulqi ogishgan bolalar psixologiyasi, 8 dekabt senariy, billing systemp.pt., Masharipov Xasanboy, 4-sinf hamma fan, dalolatnoma shashka (1), dalolatnoma shaxmat, 02, Обзор MS Excel, 3 реннесанс Дарҳақиқат, 1-Topshiriq.Psixalogiya, 12-Маъруза I, 3 MAVZU, 1-topshiriq


Mavzu: Mobil texnologiyalar uchun dasturiy vositalar yaratishda qo‘llaniluvchi 
dasturlash tillari 
Reja: 
1. Mobil ilova tushunchasi, tarixi, turlari, afzalliklari. 
2. Mobil ilovalarni yaratish texnologiyalari va vositalari. 
3. Mobil ilovalar yaratish muhiti.
 
1. MOBIL ILOVA TUSHUNCHASI, TARIXI, TURLARI, AFZALLIKLARI. 
a) Mobil ilova tushunchasi 
Mobil ilovalar hozirda inson hayotining bir qismiga aylandi. Ular ish va bo‘sh vaqtni 
tashkil etish, so‘nggi yangiliklar bilan tanishish, do‘stlar bilan muloqot qilishda yaqindan 
yordam beradi. Har kuni iOS, Android, Java, Symbian, Windows kabi operatsion tizimlar 
uchun yangi dasturlar ishlab chiqilmoqda 
Tayanch tushunchalar 
Mobil ilova – ma’lum vazifani bajarishga mo‘ljallangan, mobil telefon, smartfon 
yoki kommunikatorda foydalanish uchun yaratilgan maxsus dastur.
WAP (ingl. Wireless Application Protocol) – simsiz tarmoqlardan foydalanuvchilar 
uchun standart dastur. 
b) Mobil ilovalar tarixi 
Agar mobil ilovalarni loyihalashtirish, ishlab 
chiqish tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, bunday ilk 
dasturlar Java muhitida ishlab chiqilgan kalendar va 
kalkulyatorlar, hatto o‘yinlar bo‘lganliginini guvohi 
bo‘lamiz. Mobil telefonlarda displeyning paydo 
bo‘lishi 
mobil 
ilovalarning 
yaratilishida 
boshlang‘ich qadam bo‘lgan, desak mubolag‘a 
bo‘lmaydi. Tabiiyki, telefonlar uchun birinchi 
dasturlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qurilmaga 
o‘rnatilgan, telefonning o‘ziga xos funksiyalarini 
bajarishga mo‘ljallangan ichki dasturlar edi. Birinchi 
mobil dastur telefonning ishlashi uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri mas’ul dasturiy ta’minotdan 
tashqari, foydalanuvchi kontaktlarini boshqaruvchi dasturiy ta’minot – telefon daftarchasi 
edi. Dastlab daftarchaga faqat abonent ismi va telefon raqami kiritilgan. Asta-sekin 
dasturga yangi-yangi funksiyalar qo‘shilib borgan – ism va telefon raqamidan tashqari, 
abonent manzili, elektron pochtasi kabi ma’lumotlarni kiritish imkoniyati paydo bo‘ldi. 
Qisqa matnli xabarlarni (SMS) almashish imkoniyati paydo bo‘lishi bilan mobil 
telefonlarga yana yangi dastur qo‘shildi. Bu dastur kichik elektron matnlarni yozish, 
tahrirlash va yuborish imkonini berar edi. Mavjud dasturiy ta’minot orqali telefonga 
o‘rnatilgan birinchi mobil dastur paydo bo‘lgan vaqt o‘tgan asrning 90-yillari oxirlarida, 
uyali aloqa asta-sekin dunyo bo‘ylab millionlab odamlar hayotiga kirib kela boshlagan 


paytga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash joizki, o‘sha paytga kelib telefon ishlab chiqaruvchilar 
mobil telefon uchun dasturiy ta’minot texnologiyalarini rivojlantirish hamda tijorat 
maqsadlarida istiqbolli yo‘nalishini tushunib yetishgan. Shu davrdan boshlab mobil 
qurilmalar dasturiy ta’minotiga, ularni boshqaruvchi dasturlardan tashqari, qo‘shimcha 
dasturlarni o‘rnatish boshlandi: turli xil ko‘ngilochar multimedia ilovalari, kichik arkada 
o‘yinlari, qo‘ng‘iroq ohanglari muharriri, kalkulyator, kalendar va h. k. 1997-yilda uyali 
aloqa bozorida mobil qurilmalar orqali Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatini beruvchi 
WAP texnologiyasi paydo bo‘lishi bilan dastur-ilovalar va ularni ishlab chiqaruvchilar 
soni ko‘paya boshladi. Yangi ming yillik boshlarida mobil ilovalar bozori jadal rivojlandi. 
Mobil qurilmalar uchun multimedia kontentlari va dastur mahsulotlarini sotish uchun 
mo‘ljallangan maxsus saytlar paydo bo‘ldi. Mobil qurilmalar takomillashgan sayin mobil 
ilovalar ham ko‘plab qulayliklarni taklif eta boshladi. Xususan, shaxsiy komputerda 
foydalaniluvchi ko‘plab dasturlarning mobil qurilmalar uchun dastur-prototiplari ishlab 
chiqarila boshlandi. Bu orqali komputerda bajarish mumkin bo‘lgan ko‘plab vazifalarni 
mobil qurilmalarda ham bajarish imkoniyati yaratildi.
c) Mobil ilovalar turlari 
Mobil ilovalarni qanday qurilma yoki operatsion tizimda ishlashidan qat’i nazar ikki 
– bepul va pullik mobil ilovalar guruhiga bo‘lish mumkin. Bepul ilovalar cheklangan 
imkoniyatlar to‘plamiga ega sodda dasturiy ta’minotni taqdim etadi. Ular aniq bir 
topshiriqni bajarishga mo‘ljallangan bo‘ladi (masalan, elektron pochtani ko‘rish). GetJar 
tashkiloti ekspertlari fikriga ko‘ra, aksariyat hollarda foydalanuvchi bepul dasturlardan 
qisqa vaqt davomida foydalanadi. Bunga sabab ularning imkoniyatlari cheklanganligidir. 
Pullik ilovalarda esa foydalanuvchiga har bir dasturiy mahsulot uchun kengaytirilgan 
funksional imkoniyatlar taqdim etiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchilar qoida 
sifatida muntazam ravishda dasturiy ta’minotning yangi imkoniyatlarini taklif etishadi. 
Shuningdek, mobil ilovalarni, vazifasiga ko‘ra, ko‘ngilochar (multimediali), 
kommunikatsion, navigatsion, ma’lumot beruvchi va amaliy ilovalarga ajratish mumkin. 
Ko‘ngilochar mobil dasturlar audio va videopleyer, tasvir va elektron kitoblarni 
namoyish qiluvchi dasturlarni hamda o‘yinlarni o‘z ichiga oladi. Kommunikatsion 
dasturlar foydalanuvchi telefoni, SMS, elektron pochta aloqalari, ijtimoiy tarmoqlar 
orqali muloqot uchun javobgardir. Navigatsiya dasturlariga GPS tizimi, elektron xarita 
hamda geografik koordinatalar bilan ishlaydigan dasturlar kiradi. Ma’lumot beruvchi 
dasturlar tarkibiga turli lug‘at va ensiklopediyalar, qidirish tizimi mavjud ma’lumotlar 
bazalari kiradi. Amaliy dasturlarga qayd dasturlari, organayzerlar, kalkulyator, grafik va 
matn bilan ishlash dasturlari kiradi. Bundan tashqari, mobil ilovalar turlarida yana bir 
tasnif mavjud. Ular ish xususiyatlariga ko‘ra, 3 ta guruhga: gibrid, mahalliy, saytlar uchun 
mobil dasturlarga bo‘linadi.
Gibrid ilovalar. Mahalliy va veb-dasturlar o‘rtasida oraliq mavqega ega. Ularda 
smartfon texnik vositalari (kamera, mikrofon, geolokatsiya, manzillar kitobi)ga kirish 
imkoniyati cheklangan. Serverda joylashtirilgan tashqi manbadan tarkibni yuklab olishda 


Internetga ulanishni talab qiladi. Kamchiliklari: oz miqdordagi ma’lumot asosida 
ishlaydi; dizayn ekran o‘lchamlari kattalashishiga mos kelmaydi, bu esa noqulayliklarni 
tug‘diradi. 
Mahalliy ilovalar. Muayyan operatsion tizim (iOS, Android, Windows) uchun 
yaratilgan. Foydalanuvchilar kattaroq auditoriyasini qamrab olish uchun turli operatsion 
tizimlar uchun bir nechta alohida dastur ishlab chiqishi kerak. Ular bir xil funksiyalarni 
bajarishi, bir xil dizaynga ega bo‘lishi mumkin, ammo har xil dasturligicha qoladi. 
Bunday ehtiyoj loyiha vaqti hamda rivojlanish byudjetini oshiradi. 
Mahalliy ilovalar Internetdan mustaqil ishlashi mumkin, ayrimlari esa ulanishni 
talab qiladi. Ular kamroq xotirani egallaydi, tezkor bo‘lib, batareya quvvatini kam 
sarflaydi. 
Web-ilovalar. Web-ilovalar – smartfon foydalanuvchilari uchun saytlarning 
moslashtirilishi. Ilovalar foydalanuvchi istalgan vaqtda, hatto shaxsiy kompyuteri yoki 
noutbukidan foydalanish imkoni bo‘lmagan holatlarda ham saytga kirish uchun 
mo‘ljallangan. Ayrim vebxizmatlarni yuklab olish va o‘rnatish lozim. Saytga mobil 
brauzer orqali kirilganda, mavjudlari avtomatik ravishda ishga tushadi. 
d) Mobil ilovalarning afzalliklari 
• dastur interfeysi mobil qurilmada sensorli ekran yoki tugmachalar orqali ishlash 
uchun maxsus yaratilgan; 
• gadjetlar navigatsiyasi mobil menyu foydalanuvchilari uchun qulay va tushunarli
• xabarlar, push xabarnomalari, eslatmalar orqali foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqani 
yaxshilaydi; 
• ilova funksiyalarni fon rejimida ham bajarishi 
mumkin; 
• foydalanuvchi shaxsiy ma’lumotlarining saqlanishi. 
Ushbu 
xususiyat 
dasturlarni 
shaxsiylashtirish 
imkoniyatlarini yaxshilaydi. Masalan, uyga taksi chaqirish 
(yashash manzili), tibbiy polis bo‘yicha shifokorga yozilish 
va boshqa imtiyozlar;
• kompaniya va servis bilan yanada moslashuvchan qayta aloqa;
• ko‘proq manbalardan foydalanish imkoniyati. Masalan, geolokatsiyani ulash orqali 
shaharning istalgan joyiga taksi chaqirish; 
• ilovalar insonning biologik ritmlarini hisobga olishi, ularni kun tartibiga rioya 
qilish bo‘yicha ogohlantirishi mumkin. 

Download 1.11 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Mobil texnologiyalar uchun dasturiy vositalar yaratishda qo‘llaniluvchi dasturlash tillari Reja

Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish