• II BOB
  • Mavzu: Nanotexnologiyaga asoslangan optoelektronika qurilmalarini rivojlanish istiqboli. Kirish I bob




    Download 378,57 Kb.
    bet1/8
    Sana21.05.2024
    Hajmi378,57 Kb.
    #248412
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Diplom ish



    MAVZU: Nanotexnologiyaga asoslangan optoelektronika qurilmalarini rivojlanish istiqboli.

    KIRISH
    I BOB. NANOTEXNOLOGIYA VA OPTOELEKTRONIKANING RIVOJLANISH BOSQICHLARI

      1. Nanotexnologiyaga kirish.

      2. Kvant mexanikasining asoslari.

      3. Nanotexnaiogiyaning rivojlanish istiqbollari.


    II BOB. OPTOELEKTRONIKANI RIVOJLANISHIDA NANOTEXNOLOGIYANING RO’LI
    2.1

    KIRISH
    Hozirgi vaqtda nanoplyonkalar, nanokristallar olish va ulaming xususiyatlarini o‘rganishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa o‘z navbatida , nanomateriallari o‘rganish usullarini kengayishiga va rivojlanishiga olib kelmoqda. 1965-70 yillarga qadar qattiq jismning deyarli barcha asosiy xususiyatlari uning,v hajmi holatiga (tarkibi, tuzilishiga) bog‘liq deb qaralar edi. Ammo bu davrga kelilb, jismning juda ko‘p xossalari uning yuza qatlamlarining holatiga uzviy ravishda bog‘liq ekanligi aniqlana boshlandi. Masalan, jismlarning emission va optikaviy xususiyatlari, korroziyaga va ayrim mexanik ta’sirlarga chidamliligi birinchi holda yuzaning tarkibiga va tuzilishiga bogliq ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Hozirgi paytda qattiq jismning deyarli bitta fizik xususiyatlari, hattoki ayrim mexanik xossalari va ko‘pgina kimyoviy xossalari uning yuzasining holati bilan aniqlanishi tajribada isbotlangan. Shuning uchun ham 1970-yillardan boshlab yuzalarni tadqiq qilish va uni o‘rganish uchun yangi maxsus usullar ishlab chiqishga juda katta ahamiyat berila boshladi. Jismning yuza qatlamlari alohida, o‘ziga xos bo‘lgan murakkab xususiyatlarga ega bo‘lib, ular hajmiy xususiyatlardan keskin farq qiladi. Bunday farqlaring juda ko‘p sabablari bor. Hattoki, ideal holgacha tozalangan va bir xil tarkibli kristallarda ham yuza va hajm xususiyatlari farq qiladi. Chunki, masalan, hajmda joylashgan atomlar o‘zining to‘rt tarafidan atomlar bilan bog‘langan bo‘lsa, yuzadagi atomlar faqat uchta tomondan bog‘lanib, tepada atomlar yo‘q bo‘lganligi uchun to‘rtinchi tomoridan bog‘lanmagan bo‘ladi. Shunday qilib yuzadagi kristall cho’zilish yoki panjara parametrlari hajmnikidan farq qiladi. Bu esa o‘z navbatida hajm va yuza elektron tuzilishlarining bir-biridan farq qilishiga olib keladi. Yuza qatlamlarga tashqi ta’sir ko‘rsatib, uning xususiyatlarini kerakli yo‘nalishda o‘zgartirish mumkin. Buning uchun ionlar implantatsiyasi, lazer va boshqa nurlar bilan ishlov berish, aktiv element atomlari va molekulalar o‘tkazish va boshqa usullardan foydalaniladi. Qattiq jismlaring qator xususiyatlari ko‘p jihatdan uning yuza qatlamlariga va o‘lchamlariga bog‘liqdir. Jumladan hozirgi zamon texnologiyasida, xususan, mikro va nanoelektronikada, nanoplen-katlami, nanomateriallarni fizikaviy va kimyoviy xossalarini o‘rganish asosiy o‘rinni egallaydi. Bu nanomateriallarning tarkibini va tuzulishini o‘zgartirish uchun juda ko‘p usullar qo‘llaniladi xususan qo‘llanmada ionlarni implantatsiya qilish diffuziya, impulsli elektron dastalari va lazer nurlari bilan ishlov berish, yuqori haroratda qizdirish va qattiq, jism yuzasida atom oqimlardan foydalanib kerakli kristallarning yupqa nanoepitaksial qatlamlarini hosil qilish usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Shu qatorda qo‘llanmada qattiq jismlar-ning yuza va yuza osti qatlamlarini tekshiruvchi an’anaviy usullar va zamonaviy usullar haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. Zamonoviy elektronika asbobsozligida ko‘p qatlamli nanoplyon-kalar ketma-ketligidan iborat tizimlar asosiy o‘rinni egallaydi.



    Download 378,57 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 378,57 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Nanotexnologiyaga asoslangan optoelektronika qurilmalarini rivojlanish istiqboli. Kirish I bob

    Download 378,57 Kb.