|
-rasm. Nanotexnologiyaning iqtisodiy rivojianish tizimi
|
bet | 3/8 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 378,57 Kb. | | #248412 |
Bog'liq Diplom ish1.1-rasm. Nanotexnologiyaning iqtisodiy rivojianish tizimi.
Fanning nanokimyo tarmog‘ida noan’anaviy xususiyatlarga ega materiallarni sintez qilishga erishilmoqda. Masalan, 3-5 nanometrli oltin nanokukunlari ajoyib katalizator ekani ma’lum bo‘lgach, Yaponiyadagi bir shirkat uni hojatxonadagi yoqimsiz hidlar tashuvchi molekulalarni parchalaydigan hid yutgich sifatida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Hozirgi tozalash texnologiyalarida neftning deyarli 20 foizi qayta ishlash imkoni yo‘q. So‘ngi yillarda begona molekulalarni umuman o‘tkazib yubormaydigan nanokatalizatorlar ustida ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ko‘pchilik tadqiqotchi va ekspertlarning fikricha, XXI asr nanofanlar va nanotexnologiyalar asri bo‘ladi 2015-yili nanotexnologiyalar tarmog‘ining ulushi jahon iqtisodida 1,1 trilliard dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. Molekula va hujayra o‘lchamlaridagi bioob’ektlar va biojara- yonlar bilan shug‘ullanuvchi soha - nanotexnologiya yo‘nalishida erishilayotgan natijalar ham kishini hayratga soladi Nyu-York universitetining xodimlari Nadrian Sekmen (Nadrian Seeman) va Uilyam Shermen (William Sherman) “ikki oyoqda” harakatlanuvchi biologik nanoqurilmani ishlab chiqishga muvaffaq bo’lishgan. DNK molekulalaridan yasalgan va mitti konteyner vazifasini bajara oladigan bu nanorobotni murakkab nanotuzilmani yig‘ishda ishlatish mumkin. “Nfture” jurnalining yozishicha, AQSh ning Perdu (Purdue Institute) va Rossiyaning Bioorganik kimyo institutlari tadqiqotchilari hamkorlikda virusni biokimyoviy igna sifatida ishlatib, hujayra ichiga implantatsiya qilishga erishganlar. Tirik hujayra ichiga kira oladigan “bioigna” dan sog’lom DNK ni xavfli o’smaga aylanayotgan hujayralar ichiga joylashtirishda foydalanish mumkin. Bu esa kelajakda nanotibbiyotdagi gen-terapiya qurilmalarini xavfli o‘smalarni davolashda ishlatish imkonini beradi.
1.2. Kvant mexanikasining asoslari.
«GIobal Industry Analysis» kompaniyasining mutaxassislari nanotexnologiya olamida Yaponiya, AQSh va Evroittifoq, mamlakatlari peshqadam, degan axborot tarqatdi. Sababi, aynan shu mamlakatlar nano-texnologiyaning rivojiga eng ko‘p miqdordagi investitsiyalar kiritishni rejalashtirgan. Xususan, nanotexnologiya soxasidagi izlanishlar hamda ishlab chiqarish uchun 2006-2010 yillar davomida Yaponiya hukumati 6 milliarddan ko‘proq, AQSh 5,6 milliard hamda Evroittifoq mamlakatlari 4,5 milliard dollar sarmoya sarflamoqchi. Rossiya esa nanotexnologiyani 2011-yilgacha rivojlantirish uchun 8 milliard dollar ajratishni mo’jallayotgani haqida xabarlar bor. Mamlakatimizda «Nanotexnologiya» jurnalini chop etish, unda mazkur sohadagi yutuqlar haqida batafsil malumot berib borish zarur, degan fikrdaman. Mavzuga qaytadigan bo’lsak, fan tarixchisi Richard Buker fikricha, nanotexnologiya tarixini yoritish ikki sababga ko‘ra juda ham murakkab. Birinchidan, bu tushunchaning o‘zi noaniq, misol uchun, nanotexnologiya tushunchasi ko‘pincha odatdagi texnologiya atamasi doirasiga sig‘maydi. Ikkinchidan, insoniyat qadim .zamonlardan buyon o‘zi bilmagan holda nanotexnologiya bilan tajriba qilishga uringan. «Nanotexnologiyaga kirish» kitobining muallifi Charlz Pul ushbu fikrga bir misol keltiradi Britaniya muzeyida qadimgi Rim ustalari yasagan «Likurga ivubogi» (kubokda buyuk spartanlar qonunining yaratuvchisi hayotidan lavhalar tasvirlangan) saqlanadi. U shishaga qo‘shilgan oltin hamda kumushning mikroskopik zarrachalarini o‘zida mujjassamlashtirgan. Kubok turlicha yoritilganda, rangi to‘qqizildan toza binafshagacha o‘zgaradi. Huddi shunday texnologiyalar O‘rta asrda Evropa cherkovlarida vitraj (surat soladigan rangli oyna)larini tayyorlashda ham qo’llanilgan. Grek faylasuf olimi Dentokrit nanotexnologiyaning «otasi» degan qarashlar ham bor. U moddaning eng kichik zarrachasini tariflash uchun eramizdan 400 yillar muqaddam ilk bor grekcha «atom» («bo‘linmaydigan») so‘zini ishlatgan. 1661-yili Irlandiyalik kimyogar Robert Boyl o‘z maqolasida Aristotelning Yerdagi hamma narsa to‘rt elementdan - suv, tuproq, olov va havodan tarkib topgan degan qarashi (o‘sha davr al-kimyo, kimyo va fizikaning falsafiy asosi) ni tanqid qiladi. Boyl barcha narsalar «korpuskulalardan» o’ta kichik qismlardan tashkil topgan, ularning turlicha birikuvi har xil modda va buyumlarni hosil qiladi degan qarashni ilgari surgan. Keyinchalik Demokrit va Boyl g‘oyalari ilm ahli tomonidan tan olinadi. Balki hozirgi zamon nanotexnologiyasidagi o‘ktamlik ilk bor Amerikalik ixtirochi Jorj Ismen 1883-yili fotoplenka Iigerlanganida ro‘y bergan. Qnyidagi voqealar ham nanotexnologiya olamida muhim o‘ringa ega 1905-yili Shveytsariya fizigi Albert Eynshteyn shakar molekulasining o’lchami taxminan 1 nanometr ekanligini asoslab bergan o‘z maqolasini e’lon qiladi 1931-yil, Nemis fiziklari Maks Knoll va Emst Ruska birinchi marotaba nanoolamni o‘rganish imkonini bergan elektron mikroskopni ixtiro qilishdi 1968-yil, Amerikaning “Bell” komponiyasi ilmiy bo’limi hodimlari Alfred Cho va Jon Artur yuzani ishlashda nanotexnologiyaning nazariy asoslarini yaratishdi 1974-yil, aslida atom va molekulalarning 10 darajasi 9 o’lchamga ega. «Nano» qo‘shimchasi 10 darajasi 9 ni bildiradi shu tariqa «nanotexnologiya” atamasi paydo bo’ldi. Yapon fizigi Norio Taniguchn esa “nanotexnologiya» so‘zini ilmiy ibora sifatida fanga kiritdi va bir mikrondan kichik bo’lgan mexanizmlarni shunday nomlashni taklif etdi 1981-yil, Germaniyalik fiziklar Gerd Binnig va Genrix Rorer alohida atomlarni ko‘rsata oladigan mikroskop yasashdi. 1985-yil, Amerikalik fiziklar Robert Kerl, Xerold Kroyu va Richard Smeyli diametri bir nanometr. bo‘lgan buyumlarni aniq, o‘lchay oladigan texnologiya yaratishdi 1986-yil, nanatexnologiya keng jamoatchilikka ma’lum bo’ldi.
Amerikalik Futurolog Erik Dreksleming kitobi bosmadan chiqdi va unda nanotexnologiya yaqin kelajakda jadal rivojlanishi haqida bashorat qilingandi 1989-yil IBM kompaniyasining xodimi Donald Eygler o‘z firmasi nomini Ksenon atomlari bilan platina plastinkasi ustiga terdi.
Chizma ilmiy va boshqa jurnallarda namoyish etilgach ilm ahli larzaga keldi 1993-yil, AQShda Feyman mukofoti berila boshlandi 1998-yil, Golland Fizigi Seez Dekker nanotexnologiya asosida tranzistor yasadi 1999-yil, Amerikalik fiziklar Jeyms Tur va Mark Rid alohida molekula molekulyar tizim sifatida harakatlanishi mumkinligini aniqladi 2000-yil, AQSh hukumati Nanotexnologiya sohasida milliy tashabbus (National Nanotechinology Initiative)ni ma'qulladi.
Nanotexnologik izlanishlar davlat tomonidan moliyalashtirildi. Davlat byudjetidan 500 million dollar ajratildi 2001-yil, Mark Rameming Nanotexnologiya yangi katta g’oyaga kirish kitobida nanotexnologiya inson hayotining bir qismiga aynan 2001-yili aylanganligi, o‘sha yili ikki muhim voqea obro’li ilmiy «Science» jumali nanotexnologiyani - “Yil yangiligi», mashhur “Forbes” biznesjumali esa “Yangi ko‘p ahdli g‘oya” deb ataganligi ta’kidlandi. Hozirgi paytda nanotexnologiyaga nisbatan davriy ravishda “yangi sanoat revolyutsiyasi” iborasining qo‘llanishi odat tusiga kirib boryapti, degan fikr xulosalarini ilgari surdi.
|
| |