• 3.Ko’ylak va lozimni bichish
  • YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA Kasb kodi va nomi : 3.53.10.08 – Tikuvchi O’quv amaliyoti nomi: «Ayollar kiyimini tikish»
  • Lozim andozasini gazlamaga joylash




    Download 35,01 Mb.
    bet92/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    2.Lozim andozasini gazlamaga joylash;Andozalar bo’rlama ustiga qanchalik zich joylashsa, bichish jarayonida gazlamalardan shunchalik kam chiqindi chiqadi. Shuning uchun andozalarni yaxshilab zich joylashtirish gazlamalarni tejashdagi asosiy omillardan hisoblanadi. Gazlama sidirg’a bo’lsa, chiqindi kamroq, guldor yoki tukli bo’lsa, ko’proq chiqadi, chunki tukli yoki guldor gazlamalar uchun andozalar joylashtirishda kengaytirib bo’rlash kabi qator shartlarni hisobga olish kerak. Andozalarni zichroq joylashtirish uchun, oldin katta bo’laklarni qo’yib, ular orasiga mayda bo’laklar joylashtiriladi. Mayda bo’laklar ko’proq bo’lishi uchun ba’zi bo’laklarga (ostki yoqa, adip va boshqalarga) uloq beriladi. Chiqindi kamroq bo’lishi gazlamaning enlik-ensizligiga, shuningdek, to’shama qanday usulda to’shalganiga ham bog’liq bo’ladi. Tikishbop konstruktsiyali kiyimning bo’laklari keyingi ish jarayonida qo’shimcha qirqish, tekislash talab etilmaydigan qilib aniq bichilgan bo’lishi kerak. Buning uchun andozalarni joylashtirganda, yenglar qiyamasi, old qism bilan ort qismning yelka qirqimi, old yoqa o’mizi bilan boshqa bo’laklar orasida 0,5 sm oraliq qoldirilishi kerak. Tanda ipiga nisbatan bo’laklar yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chetga chiqishi eng kam bo’lishi kerak (chetga chiqish umuman bo’lmagani yaxshi). Andozalar joylashtirilayotganda kiyim astarida hech qanday uloq bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi. Kiyim avrasi old qismi va ort qismi bo’laklarining andozalari o’rish iplari bo’ylab nihoyatda aniq bo’lishi kerak.
    3.Ko’ylak va lozimni bichish.Lozim bo’laklarini bichishda og’iga uloq berish mumkin. Yon chiziq tanda ipi yo’nalishi bo’yicha joylashtiriladi.Andozalar gazalama ustiga joylashtirilgach bo’rlanadi. Bo’r chizig’i qalinligi 1-2 mm dan oshmasligi kerak.Bichishga mo’ljallangan gazlama ko’rikdan o’tkaziladi, nuqsonlari aniqlanadi, dekatirovka qilinib (suv purkab yoki namlab) dazmollanadi.

    YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA
    Kasb kodi va nomi : 3.53.10.08 – Tikuvchi
    O’quv amaliyoti nomi: «Ayollar kiyimini tikish»

    Download 35,01 Mb.
    1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   169




    Download 35,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lozim andozasini gazlamaga joylash

    Download 35,01 Mb.