• 1.Ko’ylak andozasini gazlamaga joylash
  • Mavzu nomi Jami




    Download 35,01 Mb.
    bet91/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    Tezkor savol javob

    1. Ayollar milliy koylak lozimini ketma-ketligini ayting.

    2. Milliy ko’ylak uchun yoqa turlarni ayting.

    3. Yoqa detallari necha qisimdan iborat.



    17-MAVZU: Milliy ko‘ylаk vа lozimni gаzlаmаgа joylаsh, bichish
    Reja:
    1.Ko’ylak andozasini gazlamaga joylash;
    2.Lozim andozasini gazlamaga joylash;
    3.Ko’ylak va lozimni bichish.


    1.Ko’ylak andozasini gazlamaga joylash.Gazlama tejamliroq ishlatilishi uchun ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak. Masalan, guli bir tomonga qaragan yoki tukli gazlamalarni bichish uchun mo’ljallangan bo’rlama tayyorlayotganda, andozalarni shunday joylashtirish kerakki, kiyim tikilgandan keyin ham uning bo’laklaridagi gullar yoki tuklar bir tomonga qaragan bo’lsin. Kiyimdagi simmetrik joylashgan bo’laklarning gullari bir xil joyga to’g’ri kelishi kerak. Bobrik, baxmal, yarimbaxmal, chiyduxoba kabi gazlamalardan tikilgan kiyimlar barcha bo’laklarining tuki yuqoriga yo’nalgan bo’lishi kerak, aks holda kiyimning ko’p ishqalanadigan joylari yaltirab qoladi. Gazlamaning tuki uzun bo’lib, aniq bir tomonga taralgan bo’lsa, uni kiyim tayyor bo’lganda tuklar pastga qarb turadigan qilib bichish kerak. Gulsiz sidirg’a gazlamalarni bichishga mo’ljallangan bo’rlama tayyorlash uchun, andozalarni qarama-qarshi joylashtirsa ham bo’ladi. Agar bichiladigan gazlama yo’l-yo’l yoki katak bo’lsa, tikilayotganda yo’llari yoki kataklarini to’g’ri keltirish uchun bo’laklar mo’ljaldagidan kattaroq qilib bo’rlanadi. Bunda bo’lak bichiladigan gazlama qaysi usulda to’shalishini, qaysi bo’lak tayyor kiyimning qaysi yerida qanday turishini hisobga olish kerak. Shunda kiyim bo’laklarining hamma tomonini barobar kengaytirmay, balki bir tomonini kengaytirilib bo’rlash kifoya. Koketka old bo’lagining bort tomoni kengaytirib bichilsa, adipning qaytarma tashqari chekkasiga qaragan tomoni, yoqaning yuqori va pastki qirqim tomonlari kengaytiribroq bo’rlanadi. Andozalarni gazlamaning tanda va arqog’i yo’nalishiga moslab joylashtirishning nihoyatda katta ahamiyati bor, chunki gazlama o’rish yo’nalishida kam cho’ziladigan bo’ladi.

    Download 35,01 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169




    Download 35,01 Mb.