• Texnologiya asosida faoliyat turlari Chizma Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi
  • YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA




    Download 35,01 Mb.
    bet87/169
    Sana28.12.2023
    Hajmi35,01 Mb.
    #128746
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   169
    Bog'liq
    AYOLLAR KIYIMINI TIKISH MA\'RUZA

    YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA
    Kasb kodi va nomi : 3.53.10.08 – Tikuvchi
    O’quv amaliyoti nomi: «Ayollar kiyimini tikish»
    Mavzu №:16. Milliy ko’ylak va lozim andozasini tayyorlash
    Maqsad: Milliy ko’ylak va lozim andozasini tayyorlash bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish

    Texnologiya asosida faoliyat turlari

    Chizma


    Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

    I

    III

    IV

    1. Ko’ylak va lozim bo’laklarini konstruktsiya chizmasidan ko’chirish




    Ko’ylak va lozimning har bir bo’lakini konstruktsiya chizmasidan kalka qog’oz vositasida yoki bigiz orqali alohida qilib tushiriladi (ko’chiriladi).
    Bunda asosiy har bir bo’lakka tegishli kertik va ichki asosiy konstruktiv chiziqlar ham ko’chiriladi. Milliy ko’ylak va lozim bo’laklari model konstruktsiyasi T-33 modulda ishlab chiqilgan.

    2. Ko’ylak va lozim bo’laklariga texnologik ishlov berish usulini aniqlash



    Ko’ylak va lozimning yig’ma chizmasi va asosiy texnologik uzellariga ishlov berishning sxemasi o’rganib chiqiladi. Ishlatiladigan asbob va jihozlar ko’rsatiladi.

    3. Ort bo’lak andozalari (koketka va etak) chizmasidan chok haqi qiymatlarini qo’yib chiqish.





    Chok qiymatlari texnologik ishlov berish usuliga, material xossalariga bog’liq holda tanlanadi.
    Sitiluvchan gazlamada chok haqi 1-5 mm gacha ko’proq olinadi. Asosiy biriktiruvchi choklar kengligi 1 sm, etakni va yeng uchini qayirib bukish uchun chok haqi – 3-4 sm. Chok haqi qiymatlari ko’chirib olingan bo’lak konturlari bo’ylab qo’yiladi va andozalar konturlari chiziladi.

    4. Old bo’lak andozalari chizmasida (koketka va etak) chok haqi qiymatini qo’yib chiqish





    Asosiy biriktiruvchi choklar kengligi 1 sm, etakni va yeng uchini qayirib bukish uchun chok haqi – 3-4 sm. Chok haqi qiymatlari ko’chirib olingan bo’lak konturlari bo’ylab qo’yiladi va andoza konturlari chiziladi.

    5. Yoqa va yeng bo’laklari chizmasi bo’yicha andoza tayyorlash.







    Ko’chirib olingan yoqa va yeng bo’laklari ziylari bo’ylab chok haqi qo’yib chiqiladi va andoza konturlari chiziladi. Chok haqi qiymatlari, 2-jadvalga qaralsin.



    6. Lozim bo’laklari andozalarini chizish.



    Konstruktsiya chizmasidan ko’chirib olingan lozim bo’laklari qirqimlari bo’ylab chok haqi qiymati qo’yib chiqiladi va andozalar konturlari chiziladi.
    Oq qirqimi bo’yicha chok haqi – 1,0 sm, belni bukish uchun – 3,0 sm, qadam qirqimi uchun – 1,0 sm, manjetni pochaga ulash – 1,0 sm.

    7. Adip va astar bo’laklari andozalarini tayyorlash.






    Ort va old koketka astari va adip bo’laklari, old, ort koketka andozalari (0.1 va 0.2 bo’lakl) asosida chiziladi.
    Adip kengligi old koketka kengligining (0,60,7) qismini tashkil etadi.

    8. Andozalarni qirqib olish




    Andoza konturlari
    chetlaridan bir oz qo’yim qo’yib qirqib olinadi. Bunda qirqimning silliqligiga e’tibor beriladi.

    9. Birikuvchi bo’laklar qirqimlarini tekshirish.




    Birikuvchi bo’laklar qirqimlari (bo’yin o’mizi, yelka, yeng o’mizi, yon qirqim, lozim og’i va yon qirqimi) uzunliklari va o’zaro muvofiqligi tekshiriladi. Qirqim uchlariga chokning qaysi tomonga dazmollanishiga qarab aniqlik kiritiladi.

    10. Ko’ylak va lozim
    bo’laklari andozalarini rasmiylash-tirish.




    Andozalarga quyidagi belgilar kiritiladi. (1-rasmga qarang).
    -andoza nomi (asosiy, astar);
    -kiyim nomi;
    -bo’lakning spetsifikatsiyasi bo’yicha tartib raqami;
    -bo’lak nomi;
    -chok haqi qiymati;
    -tanda ipi yo’nalishi;
    -kertiklar o’rni (kertik eni 2-3 mm, uzunligi 5-7mm.)



    Download 35,01 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   169




    Download 35,01 Mb.