Nomoddiy aktivlarni qayta baholash




Download 0,57 Mb.
bet2/5
Sana19.06.2024
Hajmi0,57 Mb.
#264298
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mustaqil ish Nomoddiy Aktivlar Sadinov Anvar-220 guruh

Nomoddiy aktivlarni hisobga olish va baholash

Nomoddiy aktivlarni qayta baholash

  •  Nomoddiy aktivlarni qayta baholash — nomoddiy aktivlarning balans (qayta tiklash) qiymatini joriy bozor narxlari darajasiga muvofiqlashtirish maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir.
  • -Korxona qayta baholashni joriy qiymatni faol bozor ma’lumotlari asosida aniq belgilash mumkin bo‘lgan shartlarda, qayta baholash sanasidagi joriy qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshirishi mumkin.

  • -Qayta baholashni balans (qayta tiklash) qiymati balans hisobotini tuzish sanasidagi bozor qiymatidan farq qilmasligi uchun muntazam ravishda amalga oshirish lozim.
  • -Nomoddiy aktivni qayta baholashda ushbu qayta baholanayotgan aktiv taalluqli bo‘lgan bir turdagi nomoddiy aktivlarning barcha guruhi qayta baholanishi kerak, bunday aktivlar uchun faol bozor mavjud bo‘lmagan holatlar bundan mustasno.
  • -Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda joriy (qayta tiklash) qiymati bo‘yicha aks ettiriladi.
  • - Nomoddiy aktivning joriy qiymatini nomoddiy aktivning ushbu turi bo‘yicha faol bozor narxlari asosida belgilash mumkin.
  • Agar ilgari qayta baholangan nomoddiy aktivning joriy qiymatini faol bozor ma’lumotlari asosida aniqlash mumkin bo‘lmasa, nomoddiy aktivning balans qiymati jamlangan amortizatsiya chegirilgan holda faol bozor ma’lumotlari asosida uning oxirgi qayta baholangan sanadagi qayta tiklash qiymati bo‘lishi lozim.
  • - Nomoddiy aktivlarni qayta baholashda joriy qiymatni hujjatlar asosida tasdiqlash uchun korxonaning ixtiyoriga ko‘ra quyidagilardan foydalanilishi mumkin:
  • a) tayyorlovchi firmalar va ularning rasmiy dilerlari hamda vakolatxonalaridan yozma shaklda olingan xuddi shunday nomoddiy aktivga doir narxlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • b) qayta baholashni o‘tkazish sanasiga va nomoddiy aktivlarni xarid qilish sanasiga Markaziy bank kurslarining nisbati sifatida aniqlanadigan hisob-kitob koeffitsiyentini qo‘llagan holda xarid qilish sanasi bo‘yicha EKVda nomoddiy aktivlarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lganda);
  • v) qayta baholashni o‘tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlar va shu kabilarda e’lon qilingan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • g) tegishli nomoddiy aktivning qiymati to‘g‘risida baholovchining hisoboti.

Download 0,57 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nomoddiy aktivlarni qayta baholash

Download 0,57 Mb.