|
Mavzu: Nomoddiy aktivlarga amortizasiya hisoblash tartibi. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish. Moliyaviy hisobotda nomoddiy aktivlar to’g’risida axborotlarni aks ettirish
|
bet | 3/5 | Sana | 19.06.2024 | Hajmi | 0,57 Mb. | | #264298 |
Bog'liq Mustaqil ish Nomoddiy Aktivlar Sadinov Anvar-220 guruh- Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatini qayta baholashda ularning qayta baholash sanasidagi jamg‘arilgan amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatini o‘zgartirishning tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyinchalik amortizatsiyani hisoblash qayta baholangan (qayta tiklash) qiymatidan amalga oshiriladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymatini uning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. - - Nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatini qayta baholashda ularning qayta baholash sanasidagi jamg‘arilgan amortizatsiyasi nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatini o‘zgartirishning tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyinchalik amortizatsiyani hisoblash qayta baholangan (qayta tiklash) qiymatidan amalga oshiriladi. Qayta baholash indeksi nomoddiy aktivning joriy qiymatini uning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
- - Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlarning bahosini o‘sishi summasi rezerv kapitali tarkibiga “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyotiga olib boriladi.
- - Qayta baholash natijasida nomoddiy aktivlar bahosining pasayish summasi avvalgi hisobot davrlarida o‘tkazilgan ushbu obyekt bahosining pasayish summasi chegarasida “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bo‘yicha rezerv kapitalini kamaytirishga olib boriladi. Obyekt bahosining pasayish summasining uning bahosini o‘sishi summasidan yuqorisi boshqa operatsion xarajatlarga olib boriladi.
- - Nomoddiy aktivlarning qayta baholash natijalari nomoddiy aktivlarni qayta baholash amalga oshirilgan joriy davrda moliyaviy hisobotda aks ettiriladi.
Xarajatni aks ettirish - - Nomoddiy aktivni xarid qilish yoki barpo etishga taalluqli bo‘lgan, nomoddiy aktiv ta’rifini qanoatlantirmaydigan yoki ushbu BHMSning 6-bandida ko‘rsatilgan shartlarga javob bermaydigan xarajatlar yuzaga kelgan hisobot davrida xarajat sifatida aks ettirilishi lozim.
- - Nomoddiy aktivlarga taalluqli bo‘lgan, dastlab davr xarajatlari sifatida aks ettirilgan xarajatlar keyingi davrlarda aktiv sifatida aks ettirilmasligi kerak.
- - Nomoddiy aktivlarni foydalanish uchun yaroqli holatda tutib turish va undan foydalanishdan kelgusidagi iqtisodiy nafning dastlab belgilangan miqdorini olish uchun amalga oshirilgan xarajatlar hisobot davri xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
- - Nomoddiy aktivlar bilan bog‘liq keyingi xarajatlar amalga oshirilgan hisobot davrining xarajatlari sifatida tan olinishi lozim, agarda:
- a) bu xarajatlar aktivlarga bevosita aloqador kelgusidagi iqtisodiy nafni ko‘paytirish imkonini berish isboti mavjud bo‘lmasa;
- b) bu xarajatlar o‘lchanishi va ushbu aktivga yuqori darajada kiritilishi mumkin bo‘lmasa.
- Ushbu shartlarga rioya etilgan holda nomoddiy aktiv bilan bog‘liq keyingi xarajatlar uning balans qiymatiga kiritilmay
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu: Nomoddiy aktivlarga amortizasiya hisoblash tartibi. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish. Moliyaviy hisobotda nomoddiy aktivlar to’g’risida axborotlarni aks ettirish
|