Ochiq usulda qazib olish texnologiyasi




Download 343,71 Kb.
bet2/2
Sana16.05.2024
Hajmi343,71 Kb.
#237995
1   2
Bog'liq
1. Ochiq kon ishlarining avzallik va kamchiliklari-fayllar.org

Ochiq usulda qazib olish texnologiyasi.
«Texnologiya» termini umumiy holatda qandaydir bir texnik ishlab chiqarish ishlarini bajarishni tashkil etish usullari, vositalari tо‘g‘risidagi bilimlari majmuidir. Texnik vositalarning quvvatini hisobga olgan, fundamental bilimlar qonuniyatlariga asoslangan usullar bilan qazib olinadigan va mexanizatsiyalashtirilgan qabul asosida tashkil etilgan, bir-biri bilan aloqador kon ishlari jarayonlari yig‘indisiga konlarni qazish texnologiyasi deb aytiladi. Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi ikkita aspektni о‘z ichiga oladi: · ishlab chiqarish jarayonlari texnologiyasi (qazib olish, tashish va tog‘ jinslarini g‘aramlash); · ochiq kon ishlari texnologiyasi (kon lahimlari kompleksi sifatida karyer muhiti va vaqti bо‘yicha konni qazib olish qurilishi va rivojlanishi). Ishlab chiqarish texnologiyasi qо‘yidagilarni о‘z ichiga oladi: asosiy ishlab chiqarish jarayonlari prinsiplari, vositalari, mexanizatsiyalash komplekslari va tashkil etish sxemalarini; tog‘ jinslarini qazib olishga tayyorlash, qazish-yuklash ishlari, tashish, g‘aramlash va kon massasini bо‘shatish. Ochiq kon ishlari texnologiyasi karyer parametrlari, kon lahimlarini о‘tish usullari, karyerda kon ishlarini rivojlanish sxemasini, ochish usullari va qazib olish sistemalarini, mahsulot sifatini boshqarish usullari va vositalari, kon ishlarini rejalashtirish va tashkil etish prinsiplarini qarab chiqadi. Aytib о‘tilgan ishlar ma’lum bir tartibda о‘tkazilishi kerak. Har bir ish orasida texnik sharoitlarni ta’minlay oladigan kerakli vaqt oralig‘idagi ochish va qazib olish ishlari frontini, asbob uskunalar va konni butunligicha ishlatishda ishlab chiqarish va xavfsizlik ishlarini tо‘g‘ri taqsimlashni tashkil etish lozim. Karyer maydoni chegarasida yoki uning uchastkasida tartibli va ketma-ket bajariladigan ochiq kon ishlariga qazish tizimi deb aytiladi. Qabul qilingan qazish tizimi qо‘yidagilarni ta’minlashi kerak: v ishning borishidagi xavfsizlik;
ularning rejalashtirilishi va iqtisodiy samaradorligi;
karyerning kо‘zda tutilgan ishlab chiqarish quvvati;
zaxiralarning tо‘liq olinishi;
barcha foydali qazilmalardan kompleks foydalanish;
kon-zahira (nedr) va atrof muhit muhofazasi.
Uzoq vaqt ishlatiladigan kon lahimlariga (xandak va yer osti lahimlari), qoplovchi jinslarni tashishga, foydali qazilma boyliklarini yerning ustki qismida joylashgan qabul qilish punktlariga yetkazishga, yerning ustki qismidan ishlab turgan gorizontga materiallarni, asbob-uskunalarni va odamlarni tashib keltirishni ta’minlab turuvchi ya’ni yerning ustki qismidan karyer va zaboyning ishlab turgan joyigacha transportning kelishini ta’minlanishiga konni ochish tizimi deb aytiladi. Quvvati va unumdorligi katta bо‘lgan kon mashina mexanizmlarini va uskunalarini ishlatish uchun, ochiq kon ishlari ishlab chiqarishida kon lahimlari (keng maydonchalar, katta uzunlikdagi pog‘onalar va h.) katta о‘lchamlarda bо‘lishi kerak. Karyerda ishlatiladigan ekskvatorning unumdorligi yiliga 10 million tonnagacha tog‘ jinslarini yuklashga erishishi uchun, yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlanishi va ishlab chiqarishni aniq tashkil qilish kerak. Foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish uchun foydali qazilma koni yer satxidan unchalik ham katta chuqurlikda yotmasligi yoki qazib olish iqtisodiy samaradorligi yer osti usuliga qaraganda katta bо‘lganda qо‘llaniladi. Ochiq kon ishlarini olib borishda yana quyidagi shart-sharoitlarga e’tibor qaratiladiki, ular orqali ishlab chiqarish xavfsizligiga erishiladi: yer ustki va yer osti suvlarini chetlashtirish, qordan himoya qilish, kо‘chib ketishi va qulab tushishi mumkin bо‘lgan pog‘onalarning qiyaligini ta’minlash va mustahkamlash, hamda boshqa bir qancha tadbirlar. Karyerlarda atmosferadagi changning va gazning kо‘payishi kо‘p hollarda burg‘u quduqlarni qaziganda, ekskavatorlar yordamida kon massasini kо‘p marta yuklaganda, joylarda yong‘in bо‘lganda (kо‘mirni qazib olishda), dizel yonilg‘ili mashinalar ishlaganda, karyer yuk mashinalari muntazam harakat qilganda va boshqa kamchiliklar tufayli yuz beradi. Bunday hollarda ish joylarini shamollatish, changga va yong‘inga qarshi tadbirlar о‘tkazish kerak. Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari, afzalliklari va kamchiliklari. Konlarni yer osti usulida qazib olish ochiq usulda qazib olishdan sezilarli darajada farqqiladi. Ochiq kon ishlarining ajralib turuvchi belgilari:
1. Foydali qazilmalarni qazib olish faqatgina bо‘sh tog‘ jinslarini olgandan sо‘ng amalga oshiriladi. Bо‘sh tog‘ jinslari, ya’ni qoplovchi tog‘ jinslari hajmi odatda foydali qazilma hajmidan 2-3 baravar ortiq bо‘ladi. Shuning uchun ham ochiq kon ishlarida asosiy xarajat ochish ishlari bilan bog‘liqdir.
2. Ochiq kon lahimlarining о‘lchami barcha yо‘nalish bо‘yicha sezilarli darajada hamda katta о‘lcham va quvvatga ega bо‘lgan jihozlar va quvvati katta bо‘lgan portlovchi modda zaryadini qо‘llash imkonini beradi.
3. Bо‘sh tog‘ jinslarini olib tashlash va foydali qazilmalarni qazib olish asosan ekskavator yordamida amalga oshiriladi. Ekskavator qо‘llanilganda burg‘ulash va portlatish ishlari natijasida maydalangan kon massasi ekskavator yordamida transport vositalariga yuklanadi va karyer yuzasiga chiqariladi.
4. Ochiq kon ishlarida qо‘llaniladigan kon-transport jihozlari о‘lchamlari va yuqori unumdorligi bilan xarakterlanadi. Burg‘ulash ishlari aylanma, pnevmozarbli, sharoshkali va olovli burg‘ulash stanoklari yordamida amalga oshiriladi.Skvajina diametri 160-450 mm, chuqurligi 20-60 m, skvajinadagi zaryad massasi 30-50 kg dan 500-600 kg gacha bо‘ladi. Kon massasini qazish va yuklash ishlarida bir kovshli va kо‘p kovshli ekskavatorlar qо‘llaniladi. Kon massasini tashish asosan temir yо‘l transporti, avtosamosvallar va lentali konveyerlar yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari ochiq usulda qazib olishda buldozerlar, g‘ildirakli skreperlar, о‘zi yurar yuklagichlar va boshqa quvvatli jihozlar qо‘llaniladi. Kam hollarda gidromexanik usul bilan amalga oshiriladi.
Ochiq kon ishlari yer osti usuliga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega:
1. Karyerlarda mehnat xavfsizligining yuqoriligi va ishlab chiqarish sharoitlarining qulayligi.
2. Mehnat unumdorligi shaxtaga qaraganda 5-8 marta yuqori, tannarxi esa 2- 4 marta kam.
3. Karyer qurilish vakti shaxta qurilishi uchun ketgan vaqtdan ancha kam.
4. Ochiq kon ishlarida foydali qazilmalarni yо‘qotish kam va turli navdagi rudalarni alohida qazib olish oson.
5. Konlarni ochiq usulda qazib olishda zarur paytda korxonaning ishlab chiqarish quvvatini oshirish mumkin.
Ochiq kon ishlarining kamchiliklari:
1. Ochiq kon ishlarida ishlab chiqarishda katta yer maydonlarini chegaralab olish, ba’zan esa katta maydonlarda grunt suvlari darajasini pasayishiga olib keladi. 2. Ochiq kon ishlari iqlim sharoitlariga bog‘liq bо‘ladi.
Download 343,71 Kb.
1   2




Download 343,71 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ochiq usulda qazib olish texnologiyasi

Download 343,71 Kb.