• Kremniy (IV)-oksid — SiO 2 .
  • Kalsiy oksid — CaO.
  • Oltingugurt (VI)-oksid — SO 3 .
  • Azot (IV)-oksid-NO 2 .
  • Mavzu: Oksidlar. Ularning tuzilishi, kimyoviy xossalari va turlari




    Download 51,98 Kb.
    bet6/6
    Sana17.11.2023
    Hajmi51,98 Kb.
    #100356
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Mavzu Oksidlar. Ularning tuzilishi, kimyoviy xossalari va turla
    Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q, Mustaqil ish mavzu talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati, № 8, № 7, Scientific analyses of mofphemic wordformation, 448626, Электроника ва схемалар 2 узб, O’zbekiston Respublikasi Olié va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Pardayev B, 948, KOMPYUTER ARXITEKTUR Nabiyev Iskandar 2-d, A qodiriyning “O’tgan kunlar” romanida o’zbekona nutq odobining 2, Элементлар кимёси-20, Kumush va uning birikmalari. Olinishi va xossalari
    Karbonat angidrid — CO2.
    Havoning doimiy tarkibiy qismi bo‘lib, uning 0,03% ini tashkil etadi. O‘simliklarning asosiy ozuqasi. Barcha yashil o‘simliklar havodan bargi orqali karbonat angidridni, ildizi orqali suvni olib quyosh nuri ta’sirida ularni organik ozuqa moddalarga — qandlarga aylantiradi va havoga kislorodni ajratib chiqaradi. Bu jarayon fotosintez deb ataladi.
    Karbonat angidriddan salqin ichimliklarni gazlashda keng foydalaniladi. Sovituvchi vosita sifatida karbonat angidridning qattiq holga keltirilgani — «quruq muz» dan foydalaniladi. Karbonat angidrid kir yuvish sodasi, ichimlik sodasi va boshqa ko‘plab moddalar ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida ishlatiladi.
    Kremniy (IV)-oksid — SiO2.
    Kremniy (IV)-oksid ham tabiatda keng tarqalgan oksid bo‘lib, asosan qum shaklida uchraydi. Qum eng muhim qurilish materiallaridan hisoblanadi. Kremniyning bu oksidining kristall tuzilishi o‘ziga xos bo‘lgan turi kvars deb atalib, ultrabinafsha nurlarni to‘liq o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lganligi uchun tibbiyotda ultrabinafsha nur bilan ishlovchi asboblarda qo‘llanadi. Qiyin suyuqlanuvchan bo‘lganligi undan kimyoviy shisha idishlar tayyorlash imkonini beradi. Kvarsning turli tabiiy ko‘rinishlari: ametist, sapfir, xalsedon, yoqut minerallari — qimmatbaho va yarim qimmatbaho zargarlik toshlari sifatida ham ishlatiladi. Undan tashqari yarimo‘tkazgichlar fizikasi uchun kremniy yarimo‘tkazgichi tayyorlashda asosiy materiallardan bo‘lib hisoblanadi.
    Kalsiy oksid — CaO.
    Bu oksid so‘ndirilmagan ohak yoki mahalliy tilda ohak deb ataladi. Tabiatda keng tarqalgan ohaktosh kuydirib olinadi. Qurilish sanoati uchun asosiy xomashyo materiali bo‘lib hisoblanadi. Undan turli qorishmalar, sement tayyorlanadi. Tuproqning kislotaliligi ortib ketganda ma’lum miqdorda uni neytrallash uchun ham ishlatiladi. Daraxtlar va boshqa o‘simliklardagi zararkunandalarni bartaraf etish uchun uning suvli eritmalaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Kimyoviy moddalar ishlab chiqarishda ham katta ahamiyatga ega.Oltingugurt (VI)-oksid — SO3.
    Oltingugurtning bu oksidi sulfat angidrid deb ham ataladi. Bu oksid tabiatda erkin holda uchramaydi. Uni temir kolchedanini kuydirishda hosil bo‘ladigan sulfit angidrid (oltingugurt (IV)-oksid — SO2) oksidlab olinadi. Asosan sulfat kislota ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Sulfat kislota esa ko‘plab boshqa moddalar, dorivor preparatlar olishda asosiy xomashyolardan hisoblanadi, individual turzda avtomobillar akkumulyator batareyalarida ishlatiladi.
    Azot (IV)-oksid-NO2.
    Bu oksid tabiatda uchramaydi. Asosan sintetik yoi bilan olinadi va nitrat kislota ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Nitrat kislota esa azotli mineral o‘g‘itlar, nitrobirikmalar, ko‘plab dorivor moddalar ishlab chiqarishda asosiy manbalardandir.
    O’IBDO: M.Rahmonov
    Download 51,98 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 51,98 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Oksidlar. Ularning tuzilishi, kimyoviy xossalari va turlari

    Download 51,98 Kb.