• Ilmiy rahbar: k.f.d., prof. F.Eshqurbonov Termiz-2023 yil MUNDARIJA
  • KIRISH 3 I. ADABIYOTLAR TAHLILI
  • XULOSALAR 56 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
  • ILOVALAR 66 KIRISH Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
  • Tadqiqot ishining maqsadi.
  • O‘zbekiston resrublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz muxandislik-texnologiya instituti




    Download 1.22 Mb.
    bet1/22
    Sana24.08.2023
    Hajmi1.22 Mb.
    #79335
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    Sanjar disirtatsiya yangi 2 (2)
    1-amaliy, 1-amaliy mashg\'ulot, geokniga gornaya elektrotehnika capenko efred mirskiy mi suharev, 27-Ma\'ruza, Tyutor M. Saitovning hisoboti, Гурунтлар.тест, amaliyot dasturi (EEE), 5f6c41bc6a0f77.76404169Exsel жадвал хисоблагичларида иктисодий ва молиявий масалалрни ечиш (1), Намуна штат жадвали учун, Ma\'ruza-3, 3-amaliy mashg\'ulot, 5A, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2020 йил 31 январдаги 59, Илмий ишлар рўйхати, Илмий ишлар 3.5 шакл

    O‘ZBEKISTON RESRUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    TERMIZ MUXANDISLIK-TEXNOLOGIYa INSTITUTI

    Qo‘lyozma huquqida


    O’UK: 544.726:543.544: 546.17
    SAMATOV SANJAR MADATOVICH
    QAMISHLI DSP UCHUN MAHALLIY XOMASHYOLARDAN SAMARALI KLEY MAHSULOTI OLISH TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH
    Mutaxassislik: 70710101- Kimyoviy texnologiya (organik moddalar kimyoviy texnologiyasi) magistr akademik darajasini olish uchun
    tayyorlangan dissertatsiya


    Ilmiy rahbar: k.f.d., prof. F.Eshqurbonov


    Termiz-2023 yil
    MUNDARIJA




    KIRISH

    3

    I.

    ADABIYOTLAR TAHLILI

    7

    I.1.

    DSP olishning zavonaviy holati

    7

    I.2.

    DSP uchun yelimlarning turlari va xossalari

    13

    I.3.

    DSP uchun yelimni mahalliy xomashyolardan olish

    19

    II

    ASOSIY QISM

    27

    II.1

    Kerakli reaktivlar, asbob va uskunalar

    27

    II.2

    Karbamid-formaldegid smolasi asosida yelim olish

    29

    II.3

    Fenol-formaldegid smolasi asosida yelim olish

    36

    II.4

    Melamin-formaldegid smolasi asosida yelim olish

    43

    II.5

    Olingan yelim mahsulotlarini IQ-spektral va SEM analiz natijalari

    48

    III

    TEXNOLOGIK QISMI

    50

    III.1

    Karbamid-formaldegid smolasi asosida yelim sintez qilish texnologiyasi

    50

    III.2

    Maydalangan qamishli plita olish texnologiyasi

    53




    XULOSALAR

    56




    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

    58




    ILOVALAR

    66



    KIRISH
    Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 24 may kuni o‘tkazilgan ilm fan namoyondalari bilan muloqotda “Istedodli yoshlarni izlab topish va ularni maqsadli tarbiyalash borasidagi ishlarni kuchaytirish kerak. Ilmni,tarbiyani to‘g‘ri qilsak xamma sohalarni malakali mutaxassislar o‘zlari rivojlantradi” deb takidlab o‘tkan. Zero hozirgi zamon kimyo fani tadqiqotchi - olimlar oldiga g‘oyat dolzarb vazifalarni qo‘ymoqdaki bu vazifalarni xal etish Respuplikamizda kimyo fani va sanoati rivojida muxim ahamiyatga ega.
    Oliy Majlisning qonun ijodkorligi faoliyatida mamlakatimizda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tarkibiy oʻzgarishlarni, qulay investitsion muhitini shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, bank-moliya tizimini rivojlantirishni normativ huquqiy jihatdan ta’minlash masalalari alohida oʻrin egalladi.
    Uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatboshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yoʻnalish, bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat.
    Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi huquq hamda vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalasi ustuvor yoʻnalishga aylanishi zarur.
    Asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. Oʻz oldimizga qoʻyayotgan yuksak maqsad, vazifa va rejalar qanday ogʻir boʻlmasin, bularning barchasi, avvalo mamlakatimizning taraqqiy topgan davlatlar qatoriga chiqishi yangi qadamdir.
    Sintetik smola eritmasidan yelim sintez qilishda mochivena va melamin-formaldegid, epoksid, furfurol, akrilat moddalaridan foydalanib sintez qilinadi. Melamin-formaldegid, fenol-formaldegid va mochivenadan olingan smolalardan tayyorlanadigan yelimni ishlab chiqarish va ularni fizik-kimyoviy xossalarini oʻrganish katta ahamiyatga egadir. Respublika kimyo sanoati potensialining dunyo boʻyicha mavqei yuqori boʻlishiga qaramasdan, mebellar uchun yuqori sifatli yelim, laklar ishlab chiqish va avtomobil emallarini ishlab chiqarishga boʻlgan talab yil sayin oshib bormoqda.
    Bir qancha mamlakatlarda mochevina, melamin, fenol, akrilonitril, akrilatlar bilan turli aldegidlar, furfurol, furil spirti, furanlar yordamida yelim, lak va emallar ishlab chiqarilmoqda.
    Hozirgi vaqtda texnologik ishlab chiqarishda yuqori sifatli yelim, lak va emallar ishlab chiqarish uchun mochevina, melamin, fenol, formaldegid yoki furfurol, turli xil modifiksiyalangan spirtlarning miqdorlarini turlicha olib, har xil smolalar tayyorlanmoqda.
    Doimo shu muommoni hal qilish maqsadida kimyoviy ishlab chiqarish laboratoriyalari va korxonalari turli xil yangi smolalarni sintezlab, uni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq qilmoqda.
    “Oʻzkimyosanoat” aksionerlik jamiyati korxonalarida ishlab chiqariladigan asosiy smolalar formaldegid, metanol, melamin geksametilentetramin, monoxlor sirka kislota, mochevina, fenol asosida ishlab chiqariladi. Bu ishlab chiqarilgan smolalarni jahon miqyosida eksport va import qilish uchun, jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqish hozirgi kunda asosiy masalalardan biri boʻlib kelmoqda.
    Smolalar va ularning modifikatsiyalari toʻgʻrisida ilmiy ishlar va maqolalarning koʻp qismi potentlangandir. Olib borilgan ilmiy ishlar va potentlar shuni koʻrsatadiki, mochevina va melaminoformaldegid, fenol-formaldegid, melamin furfurol kabi smolalarni va ularning modifikatsiyalari toʻgʻrisida ilmiy ishlarning kamligi, ular ustida texnologik ishlab chiqarish jarayonlarining kam oʻrganilganligidan dalolat beradi. Shu maqsadda melamin-furfurol smolasi melamin-formaldegid va mochivena-furfurol, fenol-formaldegid smolalari ustida Magistrlik dissertatsiyamni olib borishni maqsad qilib qoʻydik. Magistrlik dissertatsiya ishimizda bu smolalarni sintezlash va ularni sifatini oʻrganish, ular yaxshi eriydigan erituvchilar topish hamda ularni amalyotga tadbiq etish maqsadida bir qancha ishlar olib borildi.
    Aminoaldegidli oligomerlar asosan aminlarni aldegidlar bilan kondensatsiyasi natijasida olinadi. Bu olingan smolalar asosan mebellarda laklovchi kraska hamda qamishning qipiqlarini birlashtiruvchi yelim sifatida ishlatiladi. Daraxtdan tayyorlangan mebellarga yupqa plastinka hosil qilib, himoyalovchi vosita vazifasini bajaradi. Hozirgi kunda bu smolalardan 1 yilda mebel ishlab chiqarish uchun 2,5 ming tonna ishlatiladi. Respublikamizda ishlab chiqariladigan smolalar 1 yilda 2,5 ming tonnani tashkil qiladi. Bu koʻrsatgichlardan shuni koʻrish mumkinki, bunday smolalarni ishlab chiqarish va sifatini yanada oshirishga boʻlgan talablar yil sayin oshib bormoqda.
    Bu muammolarni hal qilish maqsadida, raqobatbardosh mochevina-formaldegit, melamin-formaldegid, fenol-formaldegid smolalaridan yuqori sifatli yelim olishni maqsad qilib, bu ishlar yuzasidan koʻplab ilmiy tadqiqot ishlari olib borishimiz kerak boʻladi.
    Respublikamiz kimyo sanoatining dunyo boʻyicha mavqei yuqori boʻlishiga qaramasdan zamonaviy mebellar hamda avtomobillar ishlab chiqarishda turli xil xossalarga ega boʻlgan yelimlarga boʻlgan talablar kun sayin oshib bormoqda. Hozirgi kun talabiga javob beradigan yuqori sifatli yopishtiruvchi moddalar, yelimlarni sintezlash, eng yaxshi erituvchilarni tanlash hamda fizik-kimyoviy xossalarini oʻrganish, oʻsib borayotgan aholini polimer mahsulotlariga boʻlgan talablarini qondirish hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi.
    Tadqiqot ishining maqsadi. DSP maxsulotlari uchun maxalliy hom ashyolardan samarali, melamin-formaldegit, fenol-formaldegid hamda karbamid formaldegid smolalarini sintez qilish hamda ulardan eng yaxshi erituvchilar asosida yelim moddalarini olishdan iboratdir.

    Download 1.22 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 1.22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston resrublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz muxandislik-texnologiya instituti

    Download 1.22 Mb.