|
-rasm.O‘lchashni tashkil etish jarayoni
|
bet | 6/14 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 2,96 Mb. | | #122209 |
Bog'liq Kurs ishi Atestatlash2.5-rasm.O‘lchashni tashkil etish jarayoni
Davlat metrologiya nazorati:
o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qo‘llanilishi (o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalarini, o‘lchov tizimlarini qo‘shgan holda);
o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘llanilishi;
belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.
Zarur hollarda «O’zstandart» agentligi qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin.
Ma’lumki, o‘lchashni biror bir vositasiz bajarib bo‘lmaydi. O‘lchash vositasi o‘lchashlar uchun qo‘llaniladigan va me’yorlangan metrologik xossalariga ega bo‘lgan texnikaviy vositaga yoki ularning majmuasiga aytiladi. O‘lchash vositalarining turlari xilma - xil. Ular sodda yoki murakkab aniqligi katta yoki kichik bo‘lishi mumkin.
O‘lchash vositalari me’yorlangan metrologik xossalariga lozim va bu metrologik xossalar davriy ravishda tekshirilib turiladi. O‘lchash amalida o‘lchanayotgan kattalikning qiymati to‘g‘ri aniqlanishi aynan mana shu o‘lchash vositasining to‘g‘ri tanlanishiga va ishlashiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining namoyondalarining sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
✓ o‘lchovlar;
✓ o‘lchash asboblari;
✓ o‘lchash o‘zgartgichlari;
✓ o‘lchash qurilmalari;
✓ o‘lchash tizimlari.
O‘lchovlar keng tarkalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi.
O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan saklaydigan o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensator va shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olingan.
O‘lchovlarning turlari va xillari ko‘p. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o‘lchovlar turkumiga kiritilgan. Standart namuna – modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarning hosil qilish uchun xizmat qiladigan o‘lchov sanaladi. Masalan, g‘adir – budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari.
Namunaviy modda esa muayyansharoitda hosil bo‘ladigan aniq xossalariga ega bo‘lgan modda sanaladi. Masalan, «toza suv», «toza metall» va hokazolar. «Toza rux» 4200S temperaturani hosil qilishda ishlatiladi.
O‘lchovlar ko‘p qiymatli (o‘zgaruvchan qarshiliklar, millimetrlarga bo‘lingan chizg‘ich), va bir qiymatli (tarozi toshi, o‘lchash kolbasi, normal element) turlarga bo‘linadi. Ba’zan o‘lchovlar to‘plamidan ham foydalaniladi. Kattalikning o‘lchamini hosil qilish va foydalanishda quyidagi qatorni yodda tutishimiz lozim bo‘ladi: Ishchi o‘lchash vositalari, namunaviy o‘lchash vositalari, ishchi etalon, solishtirish etaloni, nusxa etalon, ikkilamchi etalon, maxsus etalon, birlamchi etalon va davlat etaloni.
|
| |