|
O‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish
|
bet | 9/14 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 2,96 Mb. | | #122209 |
Bog'liq Kurs ishi AtestatlashO‘lchash vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish
QOIDALARI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Qoidalar o‘lchash vositalarini, shu jumladan, modda va materiallarning tarkibi va xossalarining standart namunalarini (keyingi o‘rinlarda standart namuna deb ataladi) metrologik attestatsiyadan o‘tkazish va o‘lchash vositalarining tasdiqlangan turlarini O‘zbekiston Respublikasi o‘lchash vositalari davlat reyestriga (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi) kiritish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Qoidalar talablari o‘lchash vositalarini davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qo‘llaydigan barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy hisoblanadi.
Quyidagi sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak:
sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish;
moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish;
soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya;
zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilish;
umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish;
aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash;
sanoat xavfsizligini ta’minlash;
davlat mudofaasini ta’minlash;
mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash;
sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash;
geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish;
o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish;
foydali qazilmalarni qazib olish;
rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish;
mahsulot va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish.
3. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
ariza beruvchi — o‘lchash vositalarini (shu jumladan, standart namunalarni) metrologik attestatsiyadan o‘tkazishdan manfaatdor bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
ijrochi — O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbarligidagi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan davlat metrologiya xizmati organi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
|
| |