|
Mavzu: Ong falsafiy muammo sifatida Reja: Ong haqida tushuncha Ong falsafasi Ong falsafiy muammo sifatida
|
bet | 2/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 87,2 Kb. | | #246359 |
Bog'liq ongTil va ong. Ong nafaqat insonning mehnat faoliyati, balki odamlar o`zaro aloqasi va muloqotining universal vositasi – til bilan ham uzviy bog`liqdir. Aniq, tushunarli nutqning paydo bo`lishi, nafaqat ijtimoiy munosabatlar, balki insonning o`zi, uning ongi rivojlanishining butunlay yangi va qudratli vositasiga aylandi, chunki biologik omil (irsiyat)dan tashqari odamlarda til yordamida yanada qudratliroq omil – tajriba va ijtimoiy muhim axborot berishning ijtimoiy usuli paydo bo`ldi. Bu turli avlodlar va tarixiy davrlarning bilimlari, an`analari, madaniyatlarining vorisiyligini ta`minladi, so`nggi zikr etilgan hol esa, o`z navbatida, tilning yanada rivojlanishi va takomillashuviga turtki berdi va zamin hozirladi.
SHunday qilib, mehnat, ong va til bir-biri bilan shu darajada uzviy bog`landiki, ulardan har birining kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishini bir-biridan alohida tasavvur qilish mumkin emas. Bunda til insonning fikrlash faoliyati amalga oshuvchi muhim shakl hisoblanadi, mehnat esa, o`z navbatida, tilni rivojlantiradi va boyitadi.
Xullas, individning ongi ijtimoiy belgilangandir, ya`ni u faqat jamiyatda shakllanadi va undan tashqarida paydo bo`lishi mumkin emas. U nafaqat kelib chiqishiga ko`ra, balki borliq usuli jihatidan ham ijtimoiy hodisa hisoblanadi, chunki odamlarning xulq- atvori, harakatlarida namoyon bo`ladi, ularning faoliyat yo`nalishini belgilaydi.
Olamda nimaiki mavjud bo`lsa, ularning hammasi birgalikda keng ma`noda «yaxlit dunyo»ni tashkil etadi va uni ba`zan «haqiqiy borliq» deb ham atashadi. Forobiy barcha mavjud narsalarning yig`indisi dunyoni tashkil qiladi, «hamma narsaning umumiy jinsi olamdir»10 va «olamdan tashqarida hech nima yo`qdir»11 deb hisoblagan. YAxlit holda butun dunyoning asosida nima yotadi? Bu savolga javob berishda faylasuflar turli xil kontseptsiyalarda fikr yuritishadi. Bu joyda asosan uch xil muhim kontseptsiyani ko`rsatish mumkin. Ularga monistik,dualistik va plyuralistik kontseptsiyalar kiradi.
|
| |