Mavzu: O`qitishda interfaol metodlar. Reja




Download 24,47 Kb.
bet1/2
Sana13.05.2024
Hajmi24,47 Kb.
#229662
  1   2
Bog'liq
O`qitishda interfaol metodlar.


Mavzu:
O`qitishda interfaol metodlar.

Reja:
1.O`qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish haqida.
2.Interfaol ta`lim metodlari.
3. Interfaol mashg’ulot samaradorligi omillari


O’qitishning zamonaviy metodlari haqida
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.
O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.
Metod aslida yunoncha, ”metodos“ so'zidan olingan bo‘lib, „bilish va tadqiqot yo ‘li“, „nazariya“, „ta’limot“ kabi m a’nolam i bildiradi1. M etodika (yurt, „methodike") biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish m etodlarining, usullarining yig'indisi yoki o ‘qitish usullari haqidagi ta ’limot2 — ta ’lim berish m etodlari, yo'llari va vositalari haqidagi fandir.
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risidagi ilmdir. Metodika maktab oldiga qo'yilgan ta ’lim va tarbiyaviy vazifalardan kelib chiqib, ona tilini o'rgatishning vazifalarini va m azm unini belgilaydi, ta’lim-tarbiya berish jarayonini tekshiradi, shu jarayonning qonuniyatlarini va ta’lim berish usullarining ilmiy asoslangan tizimini belgilaydi. Metodika fani quyidagi masalalarni o'rganadi:
1. O'qitishning vazifalari va mazm unini aniqlaydi. Nimani o'qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang'ich sinflar ona tili kursining dasturlarini, ta ’lim mazmunini belgilab beradi, o'quvchilar uchun darsliklar va qo'llanm alar yaratib, ularni takomillashtirib, sam aradorligi va muvofiqligini doimiy nazorat qilib boradi.
2. O'qitish metodlari, tamoyillari, usullari, dars va uning turlarini, o'quvchilar amaliy ishlari - mashqlar va yozma ishlaming izchil tizimini ishlab chiqadi, ya’ni „Q anday o'qitish kerak?" savoliga javob tayyorlab beradi.
3. O'quvchilarga ona tilidan bilim berish va ko'nikm a hosil qilishda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali shart-sharoitlar haqidagi masalalarni hal qiladi, ya’ni „ Nega xuddi mana shunday o'qitish kerak?“ savoliga javob tayyorlaydi. Eng foydali materiallarni, metodlarni o'rganadi, tanlangan m etodlarni asoslaydi, tavsiyalarni eksperimental tekshiradi.
Bugungi kunda jamiyatimizda yangi ijtimoiy munosabatlarning shakllanishi, ta’limning jahon ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi zamonaviy pedagogik texnologiyalarda yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. Bu yondashuvlar o’z navbatida o’quv jarayonining tashkiliy va metodik jihatlariga muayyan ijobiy o’zgarishlar olib kirmoqdaki, ularning ko’pchiligi pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat bilan uzviy bog’liq.
Har bir darsni o’ziga xos usul asosida o’tish, o’quvchining fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, uning qalbida ilmga muhabbat uyg’otish o’qituvchining mahoratiga bog’liq. Muallimning mahoratini oshirishga xizmat qiluvchi vositalardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalardir. Zamonaviy pedagogik texnologiya – hozirgi zamon didaktikasi va pedagogikasi taraqqiyotining mahsuli. Har bir zamonaviy pedagog mavjud pedagogik texnologiyalarni o’z darslarida qo’llasa, albatta ijobiy natijaga erishadi. Bugungi kun o’qituvchisining maqsadi barkamol yoshlarni tarbiyalash, ularga puxta ta’lim-tarbiya berish, zarur axborotlar bilan ta’minlash, mustaqil fikrlashga o’rgatish, bilim va hayotiy ko’nikmalar hosil qilish, ular qalbida vatanparvarlik, xalqparvarlik tuyg’ularini qaror toptirishdan iborat.
Bu ezgu maqsadlarni ilg’or pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida o’tilgan mashg’ulotlarda amalga oshirish mumkin. Innovatsion texnologiya – ta’lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo’llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullari. Uning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida o’qituvchi va bilim oluvchi faoliyatiga yangilik, o’zgartirishlar kiritish bo’lib, interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta’lim jarayonida qatnashayotgan har bir bilim oluvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi.
Bu usullardan foydalanganda bilim olish qiziqarli mashg’ulotga aylanadi.
Ko’p yillar davomida an’anaviy dars o’tish ta’limning asosiy shakllaridan biri bo’lib keldi. An’anaviy darsda o’qituvchi faol, o’quvchi esa passiv ishtirokchiga aylanadi. Bu esa o’quvchining mustaqil fikrlashi, izlanuvchanlik qobiliyati rivojlanishiga to’sqinlik qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan bir paytda bunday darslar yaxshi samara bermaydi. Bugungi davr talabi dars jarayonini noan’anaviy tarzda mazmunli tashkil etish, o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning o’quv jarayonidagi faolliginita’minlashni taqozo etadi.
Ona tili o'qitish metodikasi o'zbek tilining m a’lum qismini nazariy ^gallashni nazarda tutadi, shuning uchun ham fonetika va fonologiya, leksikologiya va frazeologiya, so ‘z yasalishi va etimologiya, grammatika — morfologiya va sintaksis, stilistika, shuningdek, orfoepiya, grafika, orfografiya kabi fanlar ona tili metodikasining muhim asosi hisoblanadi. Fonetika va fonologiya grafika bilan bog'liq holda savod o'rgatish metodikasini ishlashda, elem entar o'qish ko'nikmasini shakllantirishda asos bo'lib xizmat qiladi. Fonetika va grafikaning fonetik tamoyil asosida yoziladigan imlo qoidalarini o'zlashtirishda ham ahamiyati katta. Husnixat metodikasi grafika nazariyasiga tayanadi. Leksikologiyani bilish maktabda lug'at ishi (m a'nodosh va zid ma’noli so'zlarga oid xilma-xil mashqlar o'tkazish, ko'p m a’noli so‘zlar, ularning m a’no bo‘yoqlari ustida ishlash) ni to ‘g ‘ri tashkil etish uchun juda muhimdir.SCIENCE AND INNNoan’anaviy darslarni tashkil etishda interfaol metodlar muhim bo’g’in hisoblanadi. Ular o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro faol munosabatlarida tashkil etiladigan mashg’ulot turidir. Bunda o’qituvchi va o’quvchi o’zaro hamkorlikda ishlaydi. Fikrlar to’qnashuvi yuzaga keladi. O’quvchining erkin fikrlash jarayoni yangi pog’onaga ko’tariladi. O’qituvchi shu tarzda o’quvchilarni faollashtiradi, o’zlashtirishi past o’quvchilar dunyoqarashi va tafakkurini boyitib boradi.
Ta’lim uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, uning sifati darsda qo’llanilgan metodlarga bog’liq. Darsning mazmunli o’tishi, unda qanday metodlardan foydalanilgani va natijaga erishilgani o’qituvchining mahorati, bilim darajasini belgilaydi. Darsda metodlar to’g’ri tanlansa, maqsadga tez va oson erishiladi. Interfaol metodlarni tanlash har bir darsning didaktik maqsadidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bu esa o’qituvchidan har doim bir xil usulda emas, dars mavzusiga mos metodlar asosida dars o’tishni talab etadi.
Buning uchun o’qituvchi doimo o’z ustida ishlashi, bilim va kasbiy malakasini oshirib borishi, ilm-fan yangiliklaridan xabardor bo’lishi va o’z faoliyatida ulardan samarali foydalanishi lozim. O’qituvchi bir vaqtning o’zida ijodkor, aktyor va fan bilimdoni bo’lsa, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda darsning mazmuni, o’quvchilarga yetkazish usul va shakllari, vositalarini oldindan belgilab, mavzuga mos metodni tanlasagina dars samaradorligi yuqori bo’ladi.
Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo’lib,
ularning aksariyati tajriba-sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan. Keng qo’llaniladigan usullar – “Klaster”, “Aqliy hujum”, “Davom ettir”, “Taqdimot”, “Blits-so’rov”, “Muammoli vaziyat” kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish mumkin. Darsning o’tilgan mavzuni so’rash qismida “Sinkveyn”, “Teskari test”, “Aql charxi” metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida “Insert”, “Pinbord”, “Zinama-zina”, “Bumerang” texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida “Venn diagrammasi”, “Baliq skeleti”, “Nima uchun?”, “Qanday?”, “Konseptual jadval”, “Nilufar guli” kabi grafik tashkil etuvchilar hamda “Tushunchalar tahlili”, “T-jadval”, “Rezyume”, “Kungaboqar”, “Charxpalak” metodlarini, uyga vazifa berishda “FSMU”, “Klaster”, “BBXB” metodlarini qo’llash dars samaradorligini ta’minlab, o’quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi.
Ona tili va adabiyot darslarida ham yuqorida sanab o’tilgan interfaol metodlardan tashqari “Ha… yo’q”, “Ta’rif egasini top”, “Men kimman?”, “Domino” kabi didaktik o’yinlardan foydalanish mumkin. O’yin vaqtida o’quvchilar o’zini erkin tutadi, bilimini namoyon etgisi keladi. Natijada o’quvchida ishonch, qat’iyat paydo bo’ladi. Munozaraga kirishishni o’rganadi. Fikrini asoslashga odatlanadi. Bunda o’quvchilarning yoshi, bilim darajasi inobatga olinishi lozim.
So'zning tarkibi va so'z yasalishini o'rganishda metodikaga so'z yasalishi, etimologiya, grammatika asos vazifasini bajaradi. Morfologiya va sintaksis mavhum til hodisalarini shakllantirishni, til qurilishi haqida tushuncha hosil qilishni to 'g 'ri tashkil etishga, grammatik tushunchalardan to 'g 'ri yozuv masalalarini hal qilish uchun foydalanishga imkon beradi. Grammatikadan bilimi bo'lmagan o'quvchilarda imlo va punktuatsiyadan ko'nikma va malakalarni shakllantirish mumkin emas. Gramm atika o'quvchilar nutqini o'stirishda muhim o'rin tutadi,
chunki grammatika so'z shakllarini to'g'ri tuzish, so'z birikmasi tarkibidagi so'zlarni o'zaro to'g'ri bog'lash va gapni to'g'ri tuzishga o'rgatadi. To'g'ri yozuvga o'rgatish metodikasining rivojlanishida o'zbek tili imlosi nazariyasini hisobga olish talab etiladi. O'qish metodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi, chunki o'quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar, ularga adabiyotshunosIikdan nazariy m a’lumot berilmaydi, amm o m etodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini, ularning o'quvchilarga ta ’sirini, ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g'oyaviy mazmuni, uning mavzusi va sujeti, kompozitsiyasi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olishi zarur.
O’qituvchi va o’quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asaosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan bo’lib, bunda ishlatiladigan texnologiya o’quvchilarning bilim saviyasi, guruh tabiati va sharoitga qarab tanlanadi.
“Charxpalak”. Ushbu texnologiya o’quvchilarni o’tilgan mavzularni esga olish,
mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to’g’ri javob berish va o’z-o’zini baholashga o’rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o’qituvchi tomonidan barcha o’quvchilarning bilimlarini baholashga qaratilgan. Bu usulni qo’llashdan maqsad
o’quvchilarni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o’z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o’zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlash, boshqalar fikriga hurmat bilan qarash, ko’p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o’rgatishdir. Ushbu texnologiya ona tili va adabiyot darslarining boshlanishi va oxirida yoki biron-bir bo’lim tugallanganda o’tilgan mavzuning o’quvchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash uchun mo’ljallangan.
“Charxpalak” texnologiyasi quyidagicha amalga oshiriladi:
- o’quvchilar sharoitga qarab guruhlarga ajratiladi;
- tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi;
- belgilangan vaqt ichida guruhlar tarqatmadagi topshiriqni bajarib, uning o’ng burchagiga guruh raqamini, chap burchagiga esa o’zining ramziy belgisini qo’yib ushbu tarqatmani keying guruhgam “charxpalak aylanmasi” yo’nalishida almashtiradilar;
- boshqa guruh a’zolari ham tarqatmadagi vazifani bajaradilar va o’zgartirishlar kiritadilar;
- materialning oxirgi almashishidan so’ng har bir guruh o’zi ilk bor to’ldirgan tarqatmani o’z ramziy belgisi asosida tanlab oladi;
- o’qituvchi tarqatma materialda berilgan vazifalarni o’qiydi va jamoa bilan birgalikda to’g’ri javobni belgilaydi yoki tarqatma materialdagi vazifalar ekranda yoritilib, to’g’ri javob aytib o’tiladi;
- har bir o’quvchi to’g’ri javob bilan belgilangan javoblaridagi farqlarni aniqlaydilar va o’zlarini baholaydilar.
“Taqdimot” usuli. Ushbu usulda ma’lum bir mavzu yoki bo’limlar yakunida o’tkaziladigan takrorlash darslarini tashkil qilish mumkin. Bunda o’quvchilar yakka tartibda, juftlikda yoki guruhlarda ishlab, berilgan mavzu bo’yicha mustaqil izlanib, materiallar to’playdi, ularni saralaydi, asosiylarini tanlab olib taqdimot qiladi. Masalan “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” mavzusida taqdimot darsi o’tkazilganda o’quvchilarni avvaldan guruhlarga bo’lib, quyidagi yo’nalishlar bo’yicha taqdimot qilish topshiriladi:
1-guruh. Alisher Navoiy hayoti va faoliyatini xronologik jadval asosida
tushuntiring.
2-guruh. Alisher Navoiy ijodini “Klaster” usuli asosida tushuntiring.SCIENCE
3-guruh. Alisher Navoiy lirikasini “Kungaboqar” usuli asosida tushuntiring.
4-guruh. Alisher Navoiyning “Xamsa” asarini konseptual jadval asosida
tushuntiring.
Har bir guruh berilgan yo’nalishlar bo’yicha darslik va qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib ma’lumot to’playdilar va slayd yoki chizmalar orqali taqdimot qiladilar.
“Taqdimot” darslari orqali o’quvchilarda quyidagi ko’nikmalarni shakllantirishga erishish mumkin:
- o’z fikrini og’zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qilish;
- axborot manbalaridan foydalana olish, zarur ma’lumotlarni izlab topish, tahlil qilish, saralash orqali ma’lumotlar bazasini yarata olish;
Ona tili o'qitish tamoyillari quyidagilar.
1. Til materialiga, nutq organlarining o‘sishiga, nutq malakalarining to‘g‘ri rivojlanishiga e’tibor berish tamoyili. N utq, til qonuniyatlariga, oz bo'lsa-da, e ’tibor bermaslik amaliy nutq faoliyatini egallashga salbiy ta ’sir ko'rsatadi. Masalan, fonetik ko'nikmalarga yetarli e ’tibor berilmasa, imloviy savodxonlikka putur yetadi. Bu ta ’lim tamoyili tildan olib boriladigan mashg'ulotlarda eshituv va ko'ruv ko'rsatmaliligini ta ’minlashni va nutq organlarini mashq qildirishni (gapirib berish, ifodali o ‘qishni, ichida gapirishni) talab etadi.
2. Til ma’nolarini (leksik, gram m atik, morfemik, sintaktik m a’nolarini) tushunish
tamoyili. So‘zni, m orfemani, so‘z birikmasini, gapni tushunish borliqdagi m a’lum voqeahodisalar o'rtasidagi bog‘lanishni aniqlash demakdir. Til m a’nolarini tushunish tamoyiliga amal qilishning sharti tilning ham m a tom onlarini, tilga oid barcha fanlar (grammatika, leksika, fonetika, orfografiya, uslubiyat)ni o ‘zaro bog'langan holda o'rganish hisoblanadi. Masalan, morfologiyani sintaksisga tayangan holdagina o'rganish, o'zlashtirish mumkin. Sintaksisni o'rganishda esa morfologiyaga suyaniladi, orfografiya fonetika, grammatika, so'z yasalishiga suyanadi va hokazo. So'zni morfemik tahlil qilish uning m a’nosini tushunishga yordam beradi.
Tilning ham m a tomonlari birbiri bilan o'zaro bog'langan bo'lib, o'qitishda buni albatta hisobga olish kerak.
3. Tilga sezgirlikni o'stirish tamoyili. Til — juda murakkab hodisa, uning tuzilishini,
izchil tizimini fahmlab olmay turib, sal bo'lsa-da, uning qonuniyatlarini, o'xshashliklarini o'zlashtirm ay turib, uni yodda saqlab bo'lmaydi. Bola gaplashish, o'qish, eshitish bilan til materiallarini yig'adi, uning qonunlarini o'zlashtiradi. Natijada kishida tilga sezgirlik (til hodisalarini tushunish) xususiyati shakllanadi.
4. Nutqning ifodaliligiga baho berish tamoyili. Bu tamoyil til hodisalarini tushunmay turib savodli yozish, nutq madaniyati vositalarining xabar berish vazifasini tushunish bilan bir qatorda, uning ifodaliligini (uslubga oid) tushunishni, m azm uninigina emas, balki so'z va nutq birliklarining, tilning boshqa badiiy-tasviriy vositalarining hissiy bo'yoqdorligini ham tushunishni ko'zda tutadi. Bu tamoyilga amal qilish uchun, birinchi navbatda, badiiy adabiyotlardan, shuningdek, tilning uslubiy xususiyatlari aniq ifodalangan boshqa matnlardan foydalanish talab etiladi. Bu esa m atn m azm uni va uning o'ziga xos ,,noziklik“larini ham anglab yetishga yordam beradi.
5. Og'zaki nutqni yozma nutqdan oldin o'zlashtirish tamoyili. Bu tamoyil ham kishi
nutqining rivojlanishiga ta ’sir etadi va til o'qitish metodikasini tuzishda xizmat qiladi. Metodika tamoyillari, didaktika tamoyillari kabi, o'qituvchi bilan o'quvchining maqsadga muvofiq faoliyatini belgilashga, ularning birgalikdagi ishlarida qulay yo'nalishni tanlashga yordam beradi, metodikaning fan sifatida nazariy asoslash elem entlaridan biri bo'lib xizmat qiladi.
Bugunning dolzarb muammolaridan biri ta’lim tizimi sifatini yaxshilash va o’quvchilarga sifatli ta’lim berish. Buning uchun pedogoglardan interfaol metodlardan unumli foydalanish, to’g’ri tanlov va o’quvchilarda qiziqish uyg’otish talab etiladi. Shu bilan birga pedagog ko’proq o’z ustida ishlashi, yangi interfaol metodlarni izlab topishi asosiy masalalardan biri bo’lib xisoblanadi. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarnimustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.
Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’lgan yondashuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:
 ta’lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish-o’rganish;
 ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirilishi;
 ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;
 ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad va extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;
 ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo’llab-quvvatlanishi;
 amalda bajarish orqali o’rganilishi;
 ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Shunday qilib, fanlarni o’qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol metodni sinchiklab o’rganish va amalda qo’llash o’quvchi-talabalarning fikrlashini kengaytiradi hamda muammoning to’g’ri yechimini topishlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. O’quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o’quvchi-talabalarning bilim, ko’nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga erishiladi.
Yuqorida aytilganlardan interfaol ta’lim metodlarini tegishlicha tahlil qilish va shu asosda ularni tasniflash zarurati ma’lum bo’ladi. Quyida ushbu masala yuzasidan umumiy mulohazalarni keltirib o’tamiz.
Bu metodlarni tasniflashda ularni interfaol metodlar, interfaol ta’lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajratish mumkin. Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi:
 Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O’quv keyslari”), “Blist-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b.
 Interfaol ta’lim strategiyalari: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va boshqalar. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategic yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.
 Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqalar. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg’ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko’rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham ko’proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo’lib, ularning orasida boshqa farqlar yo’q.
Interfaol metodlarni tanlashning navbatdagi mezoni ularning ta’lim mazmuni xususiyatiga mos kelishdir. Metod mazmuni harakatlanish qismi sifatida ham aniqlanadi. Shu boisdan bu mezonning hisobga olinishi shubhasiz. Bir metod yordamida mavzu mazmuni to’laroq ochib berilsa, boshqasi uni ijobiy o’zlashtirishga imkon tug’diradi. Interfaol metodlarning tanlashning yana bir mezoni ularning talabalar o’quv imkoniyatlariga to’liq mos kelishi, ya’ni samarali o’quv faoliyati uchun ichki va tashqi shart- sharoitlarining birligini ta’minlashdir. Interfaol o’qitish metodlaridan foydalanishda pedagogning xususiy imkoniyatlariga mos kelishi lozim. Bu pedagogning o’qitish metodlari nazariyasi va amaliyoti bilan o’qitsh jarayoning qonuniyatlari bilan bilish nazariyalari ta’lim mazmuni nazariyasi va boshqa mavjud qonunlar bilan qurollanganllik darajasini hisobga oladi. Interfaol metodlarni tanlash mezonlaridan keyingisi-ularning o’quv jarayonini tashkil etish shakllari bilan mos kelishidir. O’qitishning yalpi, guruhli va individual shakllari turlicha metodlarni talab etadi. Misol uchun debat metodi ikki talaba o’rtasidagi bahs hisoblansa, “aqliy hujumda” guruhdagi barcha talabalarning ishtiroki zarur bo’ladi. Interfaol metodlarning pedagogik texnologik prinsiplariga mos kelishi umumlashtiruvchi mezon hisoblanadi.
XULOSA
Bugungi kunda dunyoda turli xil zamonaviy pedagogik texnologiyal mavjud bo’lib, o’qitish jarayonida eng samaralisini tanlash birinchi navbatda dars beruvchi o’qituvchiga bog’liqligini yaqqol ko’rishimiz mumkin. Shunday ekan, o’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqa omillarni e’tiborga olgan xolda tanlash ta’lim sifatini yanada oshirishga asos bo’lib xizmat qiladi.



Download 24,47 Kb.
  1   2




Download 24,47 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: O`qitishda interfaol metodlar. Reja

Download 24,47 Kb.