|
Mavzu. O‘rnatilgan tizimlarda xotiraning tashkil etilishi
|
bet | 2/4 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 1,27 Mb. | | #254717 |
Bog'liq 7-маъруза.Xotiraga bevosita ega bo’lishning apparat vositalari (1)
Xotiraga tug‘ridan to‘g‘ri K/Ch asosida ruxsat berish
To'g'ridan-to'g'ri xotiraga kirishni boshqaruvchi vosita (direct memory access-DMA) bu ma'lumot bloklarini to'g'ridan-to'g'ri xotira qurilmaga uzatadigan maxsus vosita hisoblanadi. DMA boshqaruvchisi shina vazifasini bajaradi.
Protsessor (DMA-xotiraga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirish)da bevosita ishtirok etmaydi. DMA boshqaruvi va protsessorlar shina bilan birgalikda foydalanishi kerakligi sababli, shina uskunalari kirishni boshqarishi kerak. DMA boshqaruvchisi manzil registrini va hisoblagichini dasturlaydi.
DMA uchun ISA shinasi DRQx va DACKx dan foydalanadi, PCI shinasida esa DMA uchun REQx va GNTx ishlatiladi.
Birlamchi xotira odatda xotira tizim ostisining bir qismi hisoblanib, uchta komponentlardan tashkil topgan (1-rasm)
Bular
- xotira mikrosxemasi;
- adress shinasi;
- ma’lumot shinasi.
2. Xotiraning integral sxemasi.
Umuman olganda, xotiraning integral sxemasi uch bo‘limdan tashkil qilingan:
xotira massivi,
adress deshifratori
ma’lumot interfeysi.
Xotira massivi aslida ma’lumot bitlarini saqlovchi fizik xotiradir. Protsessor va dasturchi xotiraga bir o‘lchovli massiv sifatida murojaat qilganida, xar bir massiv yacheykasi baytlar qatorini tashkil etadi va qatordagi bitlar soni o‘zgarishi mumkin. Aslida esa, xar bir yacheykasida 1 bit axborotni saqlay oladigan yagona qator va ustunlarga ega adreslangan xotira yacheykalaridan tashkil topgan ikki o‘lchamli fizik xotiradir. (4-rasm),
Xotira ikki o‘lchovli massivi ichida xar bir elementlar joylashuvi odatda, ustun va qatorlar parametrlaridan tashkil topuvchi, xotira fizik adresi deb nomlanadi.
|
| |