Quyosh energiyasidan foydalanishning hozirgi ko’rinishi va tahlili




Download 1.26 Mb.
bet2/4
Sana24.11.2022
Hajmi1.26 Mb.
#31568
1   2   3   4
Bog'liq
«Fizika – matematika» fakulteti «Fizika» kafedrasi
3.3-Namlab-issiqlikda-ishlov-berish, 06-laboratoriya-ishi, bxma 19, Water-quality-monitoring, 10-3, 1681302381, 3-ШАХСИЙ ТОПШИРИҚ (2)
2. Quyosh energiyasidan foydalanishning hozirgi ko’rinishi va tahlili.
Ma’lumki quyoshdan kelayotgan yorug’lik energiyasini issiqlik yoki elektr energiyasiga aylantirib, undan turli maqsadlarda foydalanish mumkin.
Quyosh energiyasini boshqa turdagi energiyalarga aylantirib beruvchi qurilmalar geliotexnik qurilmalar deyiladi.
Quyosh energiyasidan foydalanish istiqbollari bilan shug’ullanadigan soha esa geliotexnika deb ataladi. Yunonchada “Gelios” – “Quyosh” demakdir. Yer sirtiga yetib keladigan quyosh nurlari juda katta issiqlik manbai hisoblanadi. Manashu manbadan samarali foydalanish usullarini topish, turli qurilmalar, energiya manbalarini yaratish geliotexnikaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Ma’lumki, Quyosh Yer yuzini geografik kengliklar bo’yicha turlicha yoritadi. Yil davomida yerning 1m2 yuzasiga to’g’ri keladigan quyosh energiyasi 300 W/m2 dan 1340 W/m2 gacha o’zgarib turadi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida Quyosh energiyasidan foydalanish uchun geografik, optik va energetik jihatdan tabiiy sharoitlar bor. Jumladan, iyun oyida yorug’ kun uzunligi 16 soat, dekabrda esa 8-10 soatni tashkil etadi. Yozda oyiga 320-400 soat ochiq quyosh nuri to’g’ri keladi. Bu joylarda geliotexnik qurilmalardan foydalanish natijasi ko’p miqdordagi yoqilg’i va boshqa manbalardan olinayotgan energiya tejalishi mumkin.
Endilikda jahonda tiklanuvchi energiya manbalariga qiziqish kundan kunga oshib bormoqda. Bunda birinchi navbatda quyosh, shamol va bioenergiya manbai hisoblangan tiklanuvchi energiya manbalarining raqobatbardoshligi sezilarli darajada o’sdi. Ushbu tiklanadigan energiya manbalari tez orada energiya bozorining asosiy qismini tashkil etishidan dalolat beradi.
BMT Atrof muhit muhofazasi va taraqqiyot xalqaro komissiyasining hisobotida “Kelajak rivojlanishi, ravnaqi shunday energiyalardan foydalanish formasi, ya’ni, doimiy o’sib, tiklanib boruvchi va foydalanish imkoniyati mavjud bo’lgan energiyalarga bog’liq bo’lib qoladi”, deya qayd etilganligini e’tirof etish joizdir.
Tiklanadigan energiya manbalaridan biri bu - quyosh energiyasi bo’lib, O’zbekiston quyosh energiyasidan foydalanishning barcha iqtisodiy yo’nalishlari bo’yicha afzalliklarga egadir. Shulardan kelib chiqqan holda, “O’zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Samarqand viloyatida fotoelektr stansiyasining qurilishi bo’yicha pudratchi tanloviga qaratilgan 310 mln AQSH dollari qiymatiga teng tender hujjatini tayyorlash yakuniga yetmoqda. Bu Markaziy Osiyo mintaqasida bunyod etilajak birinchi quyosh stansiyasi bo’ladi.
Loyihada har yili 200 mln kVt soat elektr energiya ishlab chiqaruvchi 100 MVt quvvatga ega bo’lgan geliostansiya qurilishi nazarda tutilgan. Stansiyaning ishga tushirilishi 2019- yilning mart oyiga rejalashtirilgan.
Mutaxassislarning hisob- kitobiga ko’ra, O’zbekistondagi quyosh energiyasi salohiyati neft ekvivalentida 50.9 mlrd. tonnaga tenglashtiriladi va bu hozirgi paytga qadar respublikada tadqiq etilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarining 99.7% tashkil etadi. Muhimi bu borada ilmiy ishlar ham izchil olib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013- yil 27- maydagi “2013-2017 yillarda O’zbekiston Respublikasida atrof muhit muhofazasi bo’yicha harakatlar dasturi to’g’risida”gi qarori ijrosi doirasida “Eko-energiya” ilmiy- tadqiqot markazi tomonidan ayni kunlarda navbatdagi loyiha o’zlashtirildi. Qashqadaryo viloyatidagi Kasbi, Kitob va Shahrisabz tumanlarining chekka qishloqlari - Komilon, Yuqori Maymanoq, Varganzadagi qishloq ta’lim hamda tibbiyot muassasalariga quyosh batareyalari o’rnatildi.
2015- yilda dunyo bo’ylab sayohatni amalga oshirishi ko’zda tutilayotgan quyosh batareyalari asosida ishlovchi Solar Impulse 2 samalyoti Shvetsariyadagi Payem aerodromidan birinchi marotaba parvoz qildi. Bu antiqa havo laynerining qanoti Boeing 747 nikiga qaraganda uzunroq, og’irligi esa atigi 2.3 tonnani tashkil etadi, bu esa o’rtacha avtomobil og’irligidan biroz ko’proq xolos.

1.2.1-chizma. Quyosh batareyalari bilan ishlaydigan samolyot

1.2.2-chizma. Quyosh batareyalari bilan ishlaydigan samolyot umumiy ko’rinishi (Solar Impulse 2 samolyoti)


Samolyotning ustki qismida 17 mingta quyosh batareyalari joylashgan bo’lib, ular 4 ta elektr motorni harakatga keltiradi. Nazariy jihatdan samolyot to’liq quvvatlangan tarzda 140 km/s tezlikda uchishi mumkin bo’lgan litiy (Li) batareyalarini quvvatlantiradi.


Birinchi Solar Impulse 2 samolyoti bir qancha jahon rekordlarini o’rnatdi. Shunga asoslanib, u 2010-yilda bir sutka mobaynida parvoz qilgan quyosh energiyasida boshqariluvchi tarixdagi birinchi samolyotga aylangan.
Quyoshli O’zbekistonda esa geliotexnikadan samarali foydalanishning imkoni katta.
O’zbekistonda Quyosh energiyasidan azaldan foydalanib kelingan. Odamlar qadimdan meva va sabzavotlarni quyosh nurida quritib kelganlar. Masalan, uzumni oftobda quritib, eng yuqori sifatli mayizlar tayyorlaganlar. O’rik, qovun, olma, shaftoli va boshqalarini quritib, ularning qoqisi tayyorlangan.
Qadimda buyuk mutafakkirlarimiz quyosh issiqligining Yer yuzida bo’ladigan hodisalariga aloqadorligi haqida fikr yuritganlar. Masalan, Abu Ali Ibn Sino o’zining “Donishnoma” kitobida “Linzaning alanga oldirishiga sabab, uning bir tomondan kelayotgan nurlarni bir nuqtada yig’ishidadir. Bu nuqta kuchli yoritiladi va kuchli isiydi”, deb yozadi. Ibn Sinoning tavsiyasiga binoan, quyosh nuri havoni tozalab turishi uchun Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda uy binolarning hamma qismiga quyosh nuri tushib turadigan qilib solishgan.

Download 1.26 Mb.
1   2   3   4




Download 1.26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyosh energiyasidan foydalanishning hozirgi ko’rinishi va tahlili

Download 1.26 Mb.