2.
“Barcha xizmatlar” bo‘limidan “Ma’lumotnomalar” xizmat turini, ochilgan ro‘yxatdan esa
“Tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani olish” identifikatorini tanlang;
“Tug‘ilganlik haqida ma’lumotnomani olish” yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqing;
“Xizmatdan foydalanish” tugmachasini bosing va xizmatdan foydalanish uchun so‘ralgan
anketa savollariga to‘g‘ri va aniq
javoblarni kiriting;
hamma savollarga javob berilgandan so‘ng “Yuborish” tugmachasini bosing. Bu xizmat
to‘lovlidir. To‘lovni amalga oshirganingizdan so‘ng, ariza keyingi bosqichga o‘tadi.Davlat
xizmatlari agentligining viloyat hududiy boshqarmasi fuqarolik holati dalolatnomalarini
yozish avtomatlashtirilgan tizimiga so‘rov yuboriladi va to‘lovni amalga oshirganingizdan
so‘ng, sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz PDF formatida ekranda ko‘rsatiladi. Endi siz
ushbu sertifikatni chop etishingiz yoki istalgan elektron shaklda so‘rov yuborgan har
qanday muassasaga topshirishingiz mumkin.