Mavzu: О‘zbekiston Respublikasi yagona davlat xizmatlari portallari bilan
ishlash.
Reja:
1. Elektron hukumat nima? U bizga nima uchun kerak?
2. Tugilganlik haqidagi guvohnomani “Yagona portal” xizmatlari orqali qanday olish mumkin?
Ishning maqsadi.
https://gov.uz/uz
yagona davlat xizmatlari portallari bilan ishlashni o’rganish.
Tayanch tushunchalar. Elektron hukumat – davlat organlari tomonidan
fuqarolarga axborot va
xizmatlarni yetkazib berish uchun Internetdan foydalanish.
Elektron davlat xizmati – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda
ko‘rsatiladigan davlat xizmati.
Yagona portal – O‘zbekiston Respublikasi Yagona interfaol davlat
xizmatlari portalining
qisqartirilgan nomi.
Asosiy qisim
Hozirgi
vaqtda
davlat
va
fuqarolar
o‘rtasidagi
о‘zaro
munosabatlar
axborotkommunikatsiya texnologiyalari (AKT) vositasida amalga oshirilmoqda. Jumladan,
2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat Portali (https://gov.uz/uz) ning ishga tushirilishi
mamlakatni raqamlashtirish yo‘lidagi ilk qadamlardan bo‘ldi
.
Raqamli texnologiyalarga asoslangan davlat xizmatlari, eng avvalo, jamiyatning barcha qatlami
(pensioner, ishchi,
ishbilarmon, davlat xizmatchisi va boshqalar) va davlat xizmatchilari
o‘rtasidagi “masofa”ning kamaytirilishi,
shuningdek, davlat hokimiyati organlari tomonidan
aholiga mahalliy talablarga mos barqaror
va arzon narxlarda ochiq, shaffof va sifatli xizmat
ko‘rsatilishiga olib keldi.
Elektron hukumat prinsiplari quyidagilardan iborat: davlat
organlari faoliyatining
ochiqligi va shaffofligi; ariza beruvchilarning elektron davlat
xizmatlaridan teng huquqda
foydalanishi; elektron davlat xizmatlarini “bir darcha” prinsipi bo‘yicha ko‘rsatish; davlat
organlari
hujjatlarini bir xillashtirish; elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan
foydalanish; elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini muntazam
takomillashtirib borish;
axborot xavfsizligini ta’minlash va h. k.