1) dastlab OneID (id.egov.uz) – Yagona identifikatsiya tizimi
saytiga kiring va
“Ro‘yxatdan o‘tish” tugmachasini bosing;
2) saytlarda rо‘yxatdan о‘tish sizga avval o‘tilgan
darslardan ma’lum bo‘lganligi uchun ro‘yxatdan
o‘tish jarayonini mustaqil bajaring;
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida uMail.uz da pochta
qutisi
ochishga rozilik bildiring;
3) OneID (id.egov.uz) – yagona identifikatsiya tizimida rо‘yxatdan о‘tib bo‘lganingizdan
sо‘ng, foydalanuvchi nomi va parolini kiriting va “Kirish” tugmachasini bosing. OneID
(id.egov.uz) – yagona identifikatsiya tizimi oynasidagi “Shaxsiy ma’lumotlar” bandiga
o‘tib, ma’lumotlaringizni yangilab chiqing;
4)
Yagona portal – my.gov.uz saytiga kiring va
“Kirish” tugmachasini bosing;
5)
id.egov.uz tizimida rо‘yxatdan о‘tganligingiz
sababli o‘sha shaxsiy login
va parolingizni kiriting
va “Kirish” tugmachasini bosing;
6) agar login va parolda xato bo‘lmasa, quyidagi oyna ochiladi va siz portalning barcha
xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.
Agar siz id.egov.uz tizimida avval rо‘yxatdan
о‘tmagan bo‘lsangiz, foydalanuvchilar
kelishimi bilan
tanishib chiqing va “Rо‘yxatdan о‘tish” tugmachasini
bosing, so‘ngra:
– rо‘yxatdan о‘tish
oynasidagi tegishli
maydonchalarga:
· jismoniy shaxs sifatida shaxsiy identifikatsion raqamingizni (JSHSHIR). (JSHSHIR
bu – fuqarolik pasportingiz quyi qismidagi 14 raqam);
· pasportingiz seriyasi va raqamini;
·
elektron pochta manzilingizni;
· telefon raqamingizni kiriting va kodli SMS olish tugmachasini bosing.
Telefon raqamingizga kelgan SMS-kodni SMS orqali kelgan kod maydoniga kiriting,
sо‘ngra “Keyingi” tugmachasini bosing.
Ushbu oynada id.egov.uz tizimi uchun login va parolni kiriting va “Rо‘yxatdan о‘tish”
tugmachasini bosing.
id.egov.uz tizimida rо‘yxatdan о‘tganligingiz tо‘g‘risida
xabarnoma oynasi chiqadi va
sizning tizimda rо‘yxatdan о‘tganingiz tasdiqlanadi.