Ma’lumki, elektron hukumatning muhim tarkibiy qismlaridan biri bu – Yagona
identifikatsiya tizimi, ya’ni OneID hisoblanadi. Ushbu tizim 2016-yilda ishga tushirilgan bо‘lib,
id.gov.uz sayti orqali foydalanuvchilarga yaxshi tanish.
Tizim samaradorligini oshirish, foydalanuvchilarga yangi imkoniyat va qulayliklar yaratish
maqsadida Yagona identifikatsiya tizimining yangi versiyasi о‘z faoliyatini boshlagan.
AMALIY TOPSHIRIQLAR.
№
Topshiriqlar
1-topshiriq. Elektron hukumat portali bilan tanishish.
1)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portali saytiga kiring (gov.uz). “Hukumat”
menyusidan “Umumiy ma’lumot” bandini tanlang va portal haqidagi umumiy
ma’lumotlar bilan tanishing;
2)
yangi qabul qilingan hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot oling;
3)
portal orqali qaysi va qancha davlat organi o‘z xizmatlarini taklif qilishini aniqlang;
4)
“O‘zbekiston” menyusidan O‘zbekiston Respublikasining milliy bayramlari, doimiy
aholisi soni qancha kishini tashkil etishi to‘g‘risida ma’lumot oling;
5)
“Davlat organlari” menyusidan “Davlat organlari ishonch telefonlari” bandini tanlang
va Asaka bankining ishonch telefonini aniqlang.