• Bajardi: Xakimov Oybek 044-20 sto Toshkent 2024 Mavzu: O‘zbekistonda atmosfera ekologiyasining muammolari.
  • Mavzu: O‘zbekistonda atmosfera ekologiyasining muammolari. Bajardi: Xakimov Oybek 044-20 sto' Toshkent 2024 Mavzu: O‘zbekistonda atmosfera ekologiyasining muammolari




    Download 42,41 Kb.
    bet1/2
    Sana20.08.2024
    Hajmi42,41 Kb.
    #269718
      1   2
    Bog'liq
    MI


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi

    EKOLOGIYA


    fanidan


    Mustaqil ish
    Mavzu: O‘zbekistonda atmosfera ekologiyasining muammolari.
    Bajardi: Xakimov Oybek 044-20 sto'


    Toshkent 2024


    Mavzu: O‘zbekistonda atmosfera ekologiyasining muammolari.

    Reja:


    1. O‘zbekiston iqlimi keskin quruqlashib borishi

    2. O‘zbekistonda atmosfera ekologiyasida muammo sabablari

    3. O‘zbekistonda atmosfera ekologiyasining muammolarga qarshi kurash

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan Adabiyotlar

    \
    O‘zbekiston iqlimi keskin quruqlashib bormoqda. Kuzda yomg‘ir, qishda esa qor yog‘ishi sezilarli darajada kamaydi.Yoz oylarida anomal issiq harorat kuzatilmoqda, Yil davomida yurtimizga kirib keladigan sovuq havo oqimi 2 barobargacha qisqardi. Bularning barchasi global iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘lib, havo va tuproqda suv tanqisligini kuchaytirib, mintaqamizga ham jiddiy ta’sir qilayotganini anglatadi.


    Cho‘llanish – yerning ekin ekilmaydigan yaroqsiz holga kelish jarayoni. U qashshoqlikni keltirib chiqaruvchi omillardan biri hisoblanadi. Bunda qurg‘oqchil iqlimli o‘lkalarda ekologik tizimlar buziladi, o‘simlik va hayvonot olami populyatsiyasiga salbiy ta’sir kuchayadi. Dunyoni tabiiy-iqtisodiy inqirozga olib keladi.Ana shunday cho‘llangan suvli hududlarning 87 foizi oxirgi 300 yil ichida yaroqsiz holga kelgan. Yana ham yaqin tarixga nazar tashlasak, cho‘llanishning 54 foizi oxirgi 100 yilga to‘g‘ri keladi. Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrikada bu jarayon hamon davom etmoqda. Shuningdek, dunyo aholisining o‘sib borishi – cho‘llanishning asosiy sabablaridan biri. Chunki odamlar soni ko‘paygani sari oziq-ovqat va moddiy boyliklarga talab ham oshadi. Bu esa yerdan ko‘proq hosil olish kerakligini anglatadi. Natijada dehqonchilik maydonlari ayovsiz ishlatilib, yaroqsiz holga keladi.Sho‘rlanish, qurg‘oqchilik kabi boshqa ekologik muammolarning eng oxirgi natijasi cho‘llanish hisoblanadi. Shu bois ularni nisbatan tezroq bartaraf etsa bo‘ladi.
    Cho‘llanishni to‘xtatish esa birmuncha qiyin, chunki bunday hududda yerlar unumdorligini yo‘qotadi. Hech qanday maqsadda foydalanib bo‘lmaydi, ya’ni qishloq xo‘jaligi, chorvachilik maqsadida foydalanish uchun yaroqsiz bo‘ladi. Bunday hududlarda faqat yantoq, saksovulga o‘xshagan o‘simliklar o‘sadi, lekin iste’molga yaroqli mahsulot olib bo‘lmaydi.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududining 70 foizi cho‘llangan.Cho‘llanishga olib keladigan yana bir omil – qishloq xo‘jaligining oqilona tashkil qilinmaganidir. Ikkinchidan, qishloq xo‘jaligi chorva mollarining noto‘g‘ri o‘tlatilishi ham bunga sabab bo‘ladi. Chorva mollarini o‘tlatish jarayonida hayvonlar o‘simliklarni ildizi bilan yeb yuboradi. Bu esa degredadsiya jarayonini yanada tezlashtiradi. Orol dengizining hozirgi holati.Dengiz choʻl mintaqasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv bugʻlangan. Oʻtgan asrning boshlaridan suv sathi pasaya boshlangan. Masalan, 1911—1960-yillar davomida Orol dengiziga daryolardan yogʻin bilan birga bir yilda, oʻrtacha 65 kub, km suv kelib turgan; suv yuzasidan esa 66,10 kub, km suv bugʻlangan. Shunday qilib, har yili dengiz 1 kub km 50 yil davomida esa 50 kub, km suvni yoʻqotgan. Suv sathi ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan boshlab sugʻoriladigan ekin maydonlarining kengaytirilishi, Amudaryo va Sirdaryo suvlarining sugʻorishga ishlatilishi tufayli keskin kamaya boshlagan.
    Oʻtgan 40 yildan koʻproq vaqt davomida Orol dengizining maydoni deyarli 4-marta, suv sathi 1,8-marta, undagi suv hajmi 9- martaga yaqin kamaydi. Dengiz suvining shoʻrlanishi 9-10 g/l dan 70-84 g/l gacha ortdi. Hozirgi kunda dengiz chuqurligining kamayishi yiliga 80-110 sm ni tashkil etadi. Oʻtgan 40 yil mobaynida qirgʻoq chizigʻi 80–100 km pasaygan. Buning oqibatida 4,5 mln gektardan oshiqroq dengiz tubi ochilib qoldi. Hozirgi kunda Orol dengizi uch qismga boʻlinib ketgan. Uning sayoz kichik shimoliy qismining suvi kuchsiz minerallashgan (8-13 g/l), birmuncha kattaroq sayoz sharqiy qismi ancha kuchli shoʻrlangan (68-72 g/l). Orol boʻyi hududining ekologik muammolari.Orol dengizi asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv oladi. Soʻngi yillarda Sirdaryo suvi suv omborlarini toʻldirishga va sugʻorishga foydalanilishi tufayli Orol dengiziga etib bormaydigan boʻldi. Amudaryo va uning irmoqlarida suv omborlari qurilib, koʻp miqdordagi suv kanallar orqali ekin dalalariga oqiza boshlandi.
    Buning oqibatida Zarafshon, Surxondaryo va Qashqadaryo Amudaryoga etib bormaydigan boʻlib qoldi. Hozirgi davrda Amudaryodan suv oladigan kanallarning umumiy uzunligi 170 ming km dan, suv omborlari soni 50 tadan oshib ketdi. Ularning suv sigʻimi 16-17 mld kubokilometrni tashkil etadi. Suv zahiralaridan nooʻrin foydalanish – Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimlaridagi hududlarda sizot suvlarining koʻtarilib, tuproqdagi namlik bugʻlanishining koʻchayishi va buning oqibatida tuproqlarning shoʻrlanishining ortishiga olib keldi. Orol boʻyi hududlarida esa sizot suvlari yuzasi pasayib, er yuzasi shoʻrhok tuproq bilan qoplana boshladi.Orol dengizi suv sathining pasayishi bilan qirgʻoq chizigʻi 100 km dan ortiqroq orqaga chekindi. Dengiz tubi oʻrnida 4 mln gektardan ortiq maydonni egallagan yosh Orolqum choʻli paydo boʻldi. Ana shunday qilib, Amudaryo va Sirdaryo suvidan nooʻrin foydalanish 20 asr oxirida 3 mln dan koʻproq aholi yashaydigan hududda „Orol fojiasi“ deb atalgan global ekologik halokatni paydo qildi. Orol dengizi oʻrnida paydo boʻlgan Orolqum mayda tuz va tuproq zarrachalari bilan qoplangan. Shamol esganida tuz va tuproq zarrachalaridan iborat chang havoga koʻtarilib, uzoq masofalarga tarqaladi.
    Ayrim maʼlumotlarga qaraganda Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sugʻoriladigan maydonlarning har gektariga bir yil davomida 250 kg, ayrim hududlarda 500 kg gacha tuzli chang yogʻiladi. Qurigan dengiz tubidan bir yil davomida 15 mln dan 75 mln tonnagacha chang koʻtarilishi mumkin. Tuzli chang toʻfonlarning kengligi 40 km ga; uzunligi 400 km ga etadi. Tuzli chang Orolqumdan oʻnlab, hatto yuzlab km masofaga tarqalib, tabiiy oʻtloqlar, vohalardagi ekinlar, bogʻlar, shaharlar va qishloqlar ustiga yogʻiladi. Orol changi hatto Tyanshan va Pomir togʻlari choʻqqilaridagi muzliklarga ham etib borib, u yerdagi muzliklarning erishini tezlashtirib yuborgan. Choʻllanish va shoʻrlanishning tezlashuvi oqibatida soʻnggi yillarda 50 ming gektarga yaqin ekin maydoni qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqsiz boʻlib qoldi. Noqulay ekologik vaziyat qishloq xoʻjalik ekinlari hosilini va chorva mahsulotlari etishtirishning keskin kamayishiga olib keldi. Orol dengizining quriy boshlashi iqlimga ham taʼsir koʻrsatdi, Iqlim yanada kontinentallashib, qishqi harorat oʻrtacha ikki gradusga pasaydi, yozgi harorat esa ikki gradusga koʻtarildi. Buning natijasida sovuq kunlar erta tushib, ekinlarning pishib etilishi kechika boshladi. Orol boʻyi hududida vujudga kelgan ekologik tanglik aholi salomatligiga ham taʼsir koʻrsata boshladi.
    Aholi oʻrtasida yurak-qon tomir, oshqozon- ichak, nafas olish organlari kasalliklari (oʻpka sili, astma, bronxit) koʻpaydi. Hududda kamqonlik kasalligi 60 yillarga nisbatan deyarlik 20-marta oshganligi kuzatilgan. Ekologik tanglik Orol boʻyi tabiati, oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga ham katta ziyon etkazdi. Suv zahiralarining kamayishi va shoʻrlanishi natijasida yaylovlarda chorva uchun oziq boʻladigan oʻsimliklar turi va sifati kamayib, oʻtloqlar maydoni deyarlik uch martaga qisqardi. Amudaryo va Sirdaryo suvining kamayishi, suv toshqinlarining boʻlmasligi, daryolarning suv bosadigan qirgʻoqlarida yastanib yotadigan toʻqaylardagi xilma-xil oʻsimliklarning qurib, yoʻq boʻlib ketishiga olib keldi. Ularning oʻrnini qurgʻoqchilikka chidamli yulgʻun, shuvoq kabi choʻl oʻsimliklari egallamoqda. Toʻqaylarning yoʻqolishi koʻplab oʻsimlik va hayvon turlarining qirilib ketishiga sabab boʻldi. Oʻtgan 20 asrning ikkinchi yarmida Amudaryoning quyi qismidagi toʻqaylarning buzilishi bilan bu joylardan yoʻlbars, buxoro bugʻusi yoʻqolib ketdi. Janubiy Orol boʻyidagi 60 dan ortiq qushlardan 10 ga yaqin turi yoʻqolib borayotgani va 42 turidan ortigʻi „noyob“ turga aylanayotgani haqiqatdir. Shoʻrlanishning keskin ortishi tufayli Orol dengizi tobora oʻlik dengizga aylanib bormoqda. Orol dengizi va Orol boʻyida suv havzalarda tarqalgan 28 tur baliqlardan 12 turi, jumladan Amudaryo kurakburun, Orol moʻylovdori yoʻqolib ketayotgan va noyob turlarga kiritilgan. Global ekologik muammolar yechimi. Havo tarkibida karbonat angidridning oshishi, chiqindi gazlarning me'yoridan ortiq havoga chiqarib tashlanishi oqibatida issiqxona effekti hosil bo‘lib, bugungi kunda jahon hamjamiyatini tashvishga solayotgan jiddiy ekologik muammo — global iqlim o‘zgarishi yuzaga keldi.
    O‘zbekistonda atmosfera ekologiyasi bilan bog‘liq muammolar turli omillarga bog‘liq bo‘lib, mamlakatning ekologik barqarorligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Asosiy muammolar quyidagilardan iborat:


    1. Download 42,41 Kb.
      1   2




    Download 42,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: O‘zbekistonda atmosfera ekologiyasining muammolari. Bajardi: Xakimov Oybek 044-20 sto' Toshkent 2024 Mavzu: O‘zbekistonda atmosfera ekologiyasining muammolari

    Download 42,41 Kb.