|
-modda. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati
|
bet | 3/7 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 410,95 Kb. | | #236756 |
Bog'liq 1-mustaqil ish 4-modda. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati - Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
- Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanilishini ta’minlash;
- davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari asosida O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish;
- xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan erkin foydalanish uchun sharoit yaratish;
- davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir-biriga mosligini va o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlash;
- axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarilishini tashkil etish;
- axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini shakllantirishga ko‘maklashish;
- dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag‘batlantirish;
- tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratish;
- kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni rag‘batlantirish.
5-modda. Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solish - Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ amalga oshiradi.
6-modda. Maxsus vakolatli organ - Maxsus vakolatli organ:
- davlat axborot resurslarini shakllantirish ishlarini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
- axborotlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish davlat dasturlarini ishlab chiqadi;
- davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari yaratilishiga ko‘maklashadi;
- axborotlashtirish sohasidagi standartlar, normalar va qoidalarni ishlab chiqadi;
- axborot tizimlari va axborot texnologiyalarining texnika vositalari hamda xizmatlarini sertifikatlashtirish ishlarini tashkil etadi;
- yuridik va jismoniy shaxslarning o‘z axborot resurslari hamda axborot tizimlari muhofaza etilishini ta’minlash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
|
| |